Nazarboyev isteʼfoga chiqdi

200
0

Nazarboyev isteʼfoga chiqdi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda sodir boʻlayotgan namoyishlar fonida qozogʻistonliklarga murojaat qildi.
Tokayev mamlakat televideniyesi orqali qilgan chiqishida Qozogʻiston Xavfsizlik kengashi rahbari boʻlganini eʼlon qildi. Ushbu kengashga 2019 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev butun umrga rahbar boʻlgandi.
“Prezident sifatida men fuqarolarimiz xavfsizligi va tinchligini himoya qilishim, Qozogʻiston yaxlitligi haqida qaygʻurishim shart. Men tomonimdan qabul qilingan choralar koʻpmillatli Qozogʻistonning farovonligini taʼminlashga qaratilgan. Biroq hozircha bu choralar yetarli emas”, – dedi Tokayev.
U poytaxtni tark etmasligini maʼlum qildi.
“Nima boʻlishidan qatʼi nazar men poytaxtda qolaman. Xalq bilan birga boʻlish mening konstitutsion burchim. Qozogʻiston tarixidagi bu qora chiziqdan birgalikda va kuchliroq boʻlib chiqamiz. Tez orada siyosiy transformatsiya boʻyicha takliflar bilan chiqaman. Islohotlarni qoʻllash borasida oʻz pozitsiyamda sobit qolaman”, – dedi Tokayev.
Qozogʻiston prezidenti endilikda namoyishlarda sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga qarshi maksimal darajada qattiqqoʻllik bilan harakat qilinishini aytdi.
Qozoq hukumati suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshirishi ortidan 2-yanvar kuni Janaoʻzan shahrida boshlagangan norozilik namoyishlari tez orada deyarli butun mamlakat boʻylab tarqaldi. Dastlab gaz narxini tushirishni talab qilgan namoyishchilar keyinchalik siyosiy talablarni ham ilgari sura boshlashdi. Ular hukumat isteʼfosi va Qozogʻistonning brinchi prezidenti Nursulot Nazarbayevning siyosatdan butunlay ketish talabini qoʻyishdi.
4-yanvar kuni Tokayev mamlakatning yirik shaharlari Olmaota hamda Mangʻistau oblastida favqulodda holat eʼlon qildi, bu shaharlarda ham yonilgʻi narxi oshishiga qarshi norozilik aktsiyalari davom etmoqda.
5-yanvarda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev respublika hukumatining isteʼfosi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Alixon Smoilov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu kuni poytaxt Nur-Sultonda ham favqulodda holat tartibi joriy etildi va Nazarboyev isteʼfoga chiqqani xabar qilindi, ammo, norozilik namoyishlari tinganicha yoʻq…
Qozoq xalqi uzoy yillardan beri Nazarboyevning mustabid rejimi ostida yashab kelmoqda. Nazarboyev garchi rasmiy tarzda prezidentlikni Tokayevga topshirgan boʻlsada, amalda shu vaqtga qadar Qozogʻistonni bevosita boshqarib keldi. Tokayev shunchaki bir qoʻgʻirchoq boʻlib, qozoq xalqining pishib yetilib kelayotgan norozilik nafratini soʻndirish uchun sahnaga chiqarilgan aktyordan boshqa narsa emas edi.
Ammo qozoq xalqi shuni unitmasligi kerakki, shaxs va qiyofalar qanchalik oʻzgarmasin shu qiyofalarni bizning ustimizdan hukmronlik qilishlariga yoʻl ochib berayotgan buzuq kapitalistik tuzum qoʻporib tashlanmaguncha xalq roʻshnolik koʻrmaydi. Qirgʻizistonda bir emas uch marta amalga oshirilgan davlat toʻntarishlari bunga misol boʻladi. Ushbu toʻntarishlarda ham faqat shaxslar oʻzgardi tuzum esa qanday boʻlsa shundayligicha qoldi. Bu toʻntarishlardan xalqning ahvoli oʻzgarib qolmadi, aksincha borgan sari siyosiy va iqtisodiy inqirozlar botqogʻiga botib bormoqda. Shunday ekan qozoq xalqi ham shaxslar va qiyofalar oʻzgarishiga aldanib qolmay, haqiqiy oʻzgarish va inqilob sari harakat qilishlari zarur. Haqiqiy oʻzgarishning yoʻli esa qozoq musulmonlari qabul qilgan aqida va shu aqidadan kelib chiqadigan islomiy hayotni qayta boshlashlaridan iboratdir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.