Millatchilik kapitalizmning mahsulidir

169
0

Millatchilik kapitalizmning mahsulidir

Kapitalizm hazoratidagi “tabiiy huquq” va “ijtimoiy darvinizm” nazariyasiga koʻra millatchilik va irqchilik odatiy hol sanaladi. Yaʼni kapitalizmning hayotga boʻlgan koʻz-qarashidan irqchilik, millatchilik kabi yovuzliklar hamda ijtimoiy urush va mojarolar tabiiy ravishda kelib chiqadi. Shuning uchun Gʻarbning barcha yerlarida millatchilik mavjudligini koʻrish mumkin. Masalan demokratiyani butun olamga yoyishni daʼvo qilayotgan va inson huquqlari deya tinmay jar solayotgan Amerikada qoratanlilarga nisbatan irqchilik muomalari davom etib kelayotganiga 100 yildan oshdi va hozirda ham AQShning har yerida uchratish mumkin. Yevropada ham xuddi shunday, hatto davlat masʼullari va rasmiylar orasidan chiqqan baʼzi ashaddiy millattichilar oʻzining millattichiligi bilan faxrlanadi. Gollandiyada Gert Vilders, Rossiyada Vladimir Jirinovskiy, Brazilyada Antonio Borsanaro va hokazo kabi millatchilar partiya tashkil qilib, parlamentdan oʻrin egallashi, shuningdek Turkiya parlamentida ham millatchi partiyaning mavjudligi kapitalizm tatbigʻining tabiiy natijasidir.
Kapitalizm kirib borgan barcha joylarda, xususan Xalifalik davlati qulatilishi ortidan ellikdan ortiq davlatchalarga boʻlib tashlangan Islomiy oʻlkalarda millatchilik, irqchilik va vatanparvarlik illatlari atayin tiqishtirildi. Chunki ular musulmonlarni harbiy uslub bilan magʻlub qilish mutlaqo mumkin emasligi va undan koʻra ularni ichidan yemiradigan millatchilik, urugʻchilik tuygʻularini vujudga keltirish foydaliroq ekanligini tushunib yetishdi. Bundan koʻzlangan maqsad musulmonlar yurtlarida tafriqani kuchaytirish va qayta birlashib ketmaslikka yoʻl qoʻymaslikdir. Yaʼni Mustamlakachi Gʻarb vatanparvarlik va millatchilik ustida Musulmonlar bir birini qirgʻin qilishini istaydi.
Gʻarb oʻziga malay hokimlar va ommaviy axborot vositalari orqali Ummat ichiga millatchilik va vatanparvarlik kabi fasod fikrlarni tiqishtirishga muvaffaq boʻldi. Bu illatlar yuqorida guvoh boʻlganimizdek vaqti-vaqti bilan achchiq samarasini berib kelmoqda. Vaholangki, Rosululloh ﷺ ham bu sarqitlar haqida:
“لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبِيَّةٍ”
“Kim asabiyat (irqchilik, millatchilik, tarafkashlik)ka chaqirsa, u bizdan emas”,
“دَعُوهَا، فَإِنَّهَا مُنْتِنَةٌ”
“Uni uloqtirib yuboring, chunki u jirkanchdir”, deganlar.
Bunday illatdan qutulishning yagona yoʻli butun Islom Ummatini Xalifalik davlati soyasida birlashtirishdir. Shubhasizki, Xalifalik davlati irqchilik, millatchilik, vatanchilik kabi johiliy illatlarga uzil-kesil chek qoʻyadi. Zero Islomda regionlarga boʻlinish, irqchilik, millatchilik, rangga qarab ajratish, tabaqachilik, oʻzaro chegaralar degan narsaga aslo oʻrin yoʻq.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.