Afg‘oniston tarixiy tanlov qarshisida: yo Xalifalikni barpo qilish yoki insonlar o‘ylab topgan tuzumlar tomon talpinish

315
0

Afg‘oniston tarixiy tanlov qarshisida: yo Xalifalikni barpo qilish yoki insonlar o‘ylab topgan tuzumlar tomon talpinish

Xalifalikni barpo etish fursatini qo‘ldan boy bermang

Tez va kutilmagan ro‘y bergan o‘zgarishlar Afg‘onistonni shunday bir nuqtaga olib kelib qo‘ydiki, mamlakatda ko‘plab siyosiy partiyalar, qabila rahbarlari va nufuzli odamlar yana Afg‘onistonning kelajak tizimi borasida qaror qabul qiladigan bo‘lishdi.

Hizb ut-Tahrirning Afg‘onistondagi matbuot bo‘limi barcha siyosiy etakchilar, qabila oqsoqollari, sobiq mujohidlar va hokimiyatdagi guruhlarni ogohlikka chaqirib, Afg‘oniston tarixiy imkoniyat, ya’ni yo Allohning dinini qoim qilib, Xalifalikni o‘rnatish yoki inson o‘ylab topgan tuzumlar tomon talpinib, o‘tmishdagi achchiq tajribalarni takrorlash imkoniyati qarshisida turganini bildiradi.

Hozirgi vaqtda AQSh, Evropa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa davlatlari bir qator siyosiy partiyalar bilan birgalikda ozgina islomiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, xalqaro qonunlarga bo‘ysunadigan, milliy chegaralar bilan chegaralanadigan, ilmoniylik bilan Islom aralashtirilgan sheriklik boshqaruvini tiklash ustida ish olib bormoqda. Toki, Afg‘onistonda tiklanajak tizim xalqaro hamjamiyat uchun maqbul bir tizimga aylansin. Bunda albatta boshqaruvdagi shaxslar o‘zgaradi-yu, lekin boshqaruv qonunlari, asoslari va tuzilishi o‘z joyida qoladi. So‘nggi bir necha o‘n yillar mobaynida bunday manipulyatsiyalar Afg‘onistonni fuqarolar urushi, vayronagarchilik va siyosiy tartibsizliklarga giriftor qildi. Bu esa, albatta keyingi tartibsizliklarga yo‘l ochadi.

Bir tarafdan, aksar afg‘onlar islomiy davlatni barpo etishni, Islom boshqaruvini tiklashni istaydilar. Bu juda ham qulay fursat bo‘lib, bosqinchilarga qarshi ko‘p yillik siyosiy, fikriy va harbiy kurash ortidan erishildi. Shuning uchun soddalik bilan qo‘ldan boy bermaslik kerak. Zero, siyosiy partiyalar va nufuzli amaldorlarning xatolari sababli bunday fursat bir necha bor qo‘ldan boy berilgan.

Hizb ut-Tahrir yana bir bor barcha siyosiy etakchilarni, etnik nufuz egalarini va guruhlarni Qo‘shma Shtatlar, Evropa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa davlatlarining Afg‘oniston kelajagi borasida tuzayotgan rejalarini keskin rad etishga hamda afg‘on xalqining islomiy boshqaruv yo‘lida bergan shuncha qurbonliklarini savdoga qo‘ymaslikka chaqiradi.

Bas, Allohning ansorlari bo‘lishdek ushbu qulay fursatni g‘animat biling. Dinni g‘olib qilish sahobalar yo‘lidan yurishni istaydigan, foniy lazzatlardan jannatni afzal ko‘radigan kishilar uchun buyuk imkoniyatdir.  Dono kishi uchun bu qanday ajoyib fursatdir!

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Afg‘onistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.