Hizb ut-Tahrirdan muborak Qurbon hayiti tabrigi

90
0

Hizb ut-Tahrirdan muborak Qurbon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,

Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Bismillahir Rohmanir Rohim. Nusrat va g‘oliblik bashoratin bergan, oyati karimalar ila ogohlantirgan butun olamlar parvardigori Allohga hamdu sano bo‘lsin. Qalblarga orom, zehnlarga nur baxsh etuvchi, ahvollarimizni isloh qiluvchi bir shariatni bizlarga meros qilib qoldirgan, diyorlarni bepoyon, er yuzini obod, millat va elatlarni o‘zaro birodar qiluvchi Xalifalikni bizlarga in’om etgan sayyidimiz Muhammad mustafoga, u kishining ahli-oilalari va sahobalariga salotu salomlar yog‘ilsin.

Hayit namozidan so‘ng qo‘l berib ko‘rishganlarning tabassumi ila, musulmonlar xonadonida bolajonlarning quvonchi ila, zulhijjaning o‘n kunligi hosilini yig‘ib olayotgan itoatkor bandalarning sevinchi ila, qodir kishilarning Aziz va Jabbor zot uchun qilgan qurbonliklari ila, Baytullohga etib borganlarning haj ibodatidagi sururi ila xush kelding muborak iydul qurbon… Xush kelding, qalblarga bergan sururing ila… Xush kelding, shodga to‘lgan xushxabar ila…

Men muborak Qurbon hayiti munosabati bilan insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh Ummatiga Hizb ut-Tahrir a’zolarining maxsus tabrigini yo‘llayotganimdan mamnunman. Alloh Taolodan bugungi hayit quvonchini yaqinda kelajak yorug‘ kun va aniq nusrat shodligiga aylantirishini so‘rab qolamiz.

O‘z navbatida xossatan o‘zimning nomimdan hamda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari nomidan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani hayit bayrami bilan muborakbod etaman. Alloh Taolodan amirimizga da’vat etakchiligida va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun nusrat talab qilishda muvaffaqiyat berishini so‘rab qolamiz.

Ey musulmonlar!

Darhaqiqat, Alloh Taolo xalqlarga o‘z oralaridan ularning voqeligini yaxshi tushunadigan, hissiyotlariga ta’sir qiladigan va ularning ahvolini tushuntirib beradigan kishilarni chiqarib beradi. Alloh ularni o‘z xalqiga murojaat qilish va nasihat yo‘llashga qodirlik ne’mati bilan siylagan ekan, o‘z navbatida ular insonlar qalblari va aqllarini asir etib, bu bilan jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilarga aylanadilar. Biz vazifalari ne chog‘lik muhim ekanini eslatmoq hamda Ummatga o‘z haqqini tanitmoq uchun, bu hayitda xususan shunday insonlarga murojaat qilmoqchimiz.

Islomiy Ummatda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilarga:

Ey minbarlar, saytlar, qalamlar, sahifalar, kanallar, gazetalar, dasturlar egalari. Ey targ‘ibotga asoslangan va asoslanmagan media platformalari. Ey Islom, hayot va insoniyat ishlari borasida chuqur tafakkurga ega bo‘lgan, hayotning jiddiy sohalari bilan, ko‘ngil ochar o‘yinlar bilan ham shug‘ullanayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vakillari, biz sizlarga Islom Ummati xalqlari orasida maslahat berish, fikr bildirish va hissiyotlarni boshqarish vazifasini o‘z zimmasiga olgan insonlar, degan e’tiborda ushbu hayitda murojaat qilyapmiz… Zero, Rosululloh ﷺ bejiz bunday demaganlar:

«أَيُّمَا دَاعٍ دَعَا إِلَى شَيْءٍ كَانَ مَوْقُوفًا مَعَهُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، لاَ يُغَادِرُهُ وَلاَ يُفَارِقُهُ، وَإِنْ دَعَا رَجُلٌ رَجُلاً»

«Biror da’vatchi bir narsaga da’vat qilgan bo‘lsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan to‘xtatiladi. Hatto bir odam bittagina kishini chaqirgan bo‘lsin, uni tark ham etolmaydi, ajralib ham ololmaydi», dedilar, so‘ng ushbu oyati karimani tilovat qildilar:

﴿وَقِفُوهُمْ إِنَّهُمْ مَسْئُولُونَ﴾

«Ularni (to Mening farmonim bo‘lmaguncha) to‘xtatib (do‘zaxga tashlamay) turinglar! Chunki ular (avval hayoti dunyoda qilib o‘tgan ishlari to‘g‘risida) so‘ralguvchidirlar» [Soffat 24]

Ishonchimiz komilki, quyidagi uchta haqiqat Islomiy Ummat xalqlarida jamoatchilik fikriga aylandi.

Birinchi haqiqat: bugungi kunda Ummat Alloh Azza va Jalla insoniyat uchun tanlagan hayot manhaji Islom ekanini anglab etdi.

Ikkinchi haqiqat: bir asrlik kurashdan so‘ng o‘zining kuch-qudrati va farovonligi Islomiy Xalifalik bilan chambarchas bog‘liqligini ham anglab etdi.

Uchinchi haqiqat: Islomiy Ummat sahobai kiromlar zamonidagi kabi islomiy roshid boshqaruvning qaytishini intizorlik bilan kutmoqda. Hatto agar bu ishning amalga oshish yo‘lini anglab etsa va ishonch hosil qilsa, buning yo‘lida kurashishga, o‘zining va farzandlarining jonini fido etishga tayyor turibdi.

Bu uch haqiqat Islomiy Ummat xalqlarida jamoatchilik fikriga aylanganiga bizning ishonchimiz komil. Lekin bu haqiqatlar Ummatning najot yo‘lidagi harakatlarini tartibga solishga kifoya qilmaydi. Balki Ummat til biriktiruv va muammolarga yuz tutgan paytda, islomiy mafkura tafsilotlarini o‘rgatadigan insonlarga muhtoj. Shu erda Islom Ummati farzandlarida jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilarning vazifasi islomiy mafkura tafsilotlari bilan Ummatni boyitishdan iboratdir. Biz shu o‘rinda ayni mas’uliyatli ishning ahamiyati va jiddiyligini ko‘rsatadigan misollarni keltirib o‘tmoqchimiz.

Misol uchun, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilar orasidagi Islom Ummati birlashishini istaydigan shaxs ham vatanparvarlikni siyosiy g‘oya sifatida ommaga taqdim etilishini ma’qullaydi. Yoki islomiy yurtlar suverenitetini, masalan, boshqa yurtlardan kelgan musulmonlarga fuqarolik berish yoki fuqarolikdan mahrum qilish qonunlarini hurmat qilish kerakligini ta’kidlaydi. Vatanparvarlik hamda undan kelib chiqqan suverenitet qonunlari xavfli siyosiy g‘oyalar ekanini, bulardan Islom Ummati birligiga zarba berish ko‘zlanganini unutib qo‘yadi. Vaholanki, buning o‘rniga vatanparvarlikni harom deb bilib, ommani uning xataridan ogohlantirmog‘i kerak edi. Shuningdek, inson o‘z xalqi va ularning manfaatlariga sodiqligini BMT qonunlari bo‘yicha emas, balki Islom shariati bo‘yicha namoyon etishi kerakligi to‘g‘risida ommaga fikr berish uchun o‘zini etarlicha saqofat bilan boyitishi, bunda dangasalik qilmasligi lozim edi.

Bu kabi beparvoliklarga yana bir misol, musulmon yurtlaridagi biror shahar harbiy hujumga uchragan paytda, media kontent yaratuvchilari o‘z xolisliklarini ko‘rsatib, tajovuzkorning hujumini qoralamoqdalar va hujumga uchraganlarga hamdardlik bildirmoqdalar. Biroq, kofir qo‘shinning hujumiga musulmon qo‘shinlarni harakatga keltirish bilan javob beriladi, degan to‘g‘ri fikrni Ummatga singdirish o‘rniga, G‘arbdagi jamoatchilik fikrini noqulay ahvolga solib qo‘ygan kampaniyalar bilan Islomiy Ummatdagi jamoatchilik fikrini chalg‘itishmoqda. Keyin esa, dunyo davlatlarini, ayniqsa, mustamlakachi kofir G‘arb davlatlarini urushni to‘xtatish uchun aralashishga chaqirmoqdalar! Vaholanki, ularning vazifasi islomiy yurtlar musulmonlarning kazarmalarida biqinib yotgan qo‘shinlarni safarbar etish bilan mudofaa qilinadi, degan to‘g‘ri fikr asosida Ummatdagi jamoatchilik fikrini shakllantirish edi.

Ey Ummatda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilar!

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizlarga Islomiy Ummat oldidagi mas’uliyatingizni, bu mas’uliyat Ummatga sof islomiy fikrni berishdan iboratligini eslatmoqchimiz. Hizb ut-Tahrir islomiy qonunchilik manbalaridan dalilning quvvati asosida istinbot qilingan fikriy-siyosiy materiallarni sizlarga havola qilmoqda. Unda Hizb fikriy va siyosiy muammolarga oid shar’iy qarashlarni hamda Ummat oldida turgan zamonaviy muammolarning shar’iy echimlarini taqdim etmoqda. Ey minbarlar egalari, ey jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilar, ehtiyot bo‘ling. Ummatga nafs-havodan olingan siyosiy tajribalarni berishdan ehtiyot bo‘ling. Aks holda, o‘zingizni ham, o‘zingiz bilan birga odamlarni ham yo‘ldan ozdirasiz. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

ليَحْمِلُواْ أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَمِنْ أَوْزَارِ الَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ أَلاَ سَاء مَا يَزِرُونَ

«Ular (bu yolg‘on so‘zlarni, boshqa odamlarni yo‘ldan ozdirish uchun va oqibatda) qiyomat kunida, o‘zlarining barcha gunohlariga hamda o‘zlari jaholat bilan yo‘ldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismiga) javobgar bo‘lish uchun (aytgandirlar). Ogoh bo‘lingiz, ular juda yomon yukni (ya’ni, gunohlarni) orqalab olibdilar» [Nahl 26]

Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illalloh, Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.

Hayitingiz muborak bo‘lsin.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.