«Birlashishni oldini olish» qonuni Falastin ahliga qiyinchilik tug‘diradigan va yahudiy vujudining demografik xavotirlarini aks ettiradigan irqchilik qonunidir

346
0

«Birlashishni oldini olish» qonuni Falastin ahliga qiyinchilik tug‘diradigan va yahudiy vujudining demografik xavotirlarini aks ettiradigan irqchilik qonunidir

Yahudiy vujudidagi Knesset 2021 yil 6 iyul seshanba kuni fuqarolik qonunidagi «Falastinlik oilalarning birlashishini oldini olish» bandini uzaytirishga ovoz berdi. Biroq uni amalga oshirish uchun talab qilingan sondagi ovoz berilmaganidan keyin, garchi hukumat koalitsiyasi tomonlari o‘rtasida uni to‘liq bir yil o‘rniga yarim yilga uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan bo‘lsa-da, yahudiy hukumati qonunni uzaytira olmadi. Chunki qonunni uzaytirishga ovoz berganlar bilan unga qarshi ovoz berganlar ovozi teng bo‘ldi. 1600ga yaqin falastinlikka yurtda yashash uchun ruxsatnoma berildi. Falastinlik oilalarning birlashishini oldini oladigan va ularning huquqini kamsitadigan ushbu qonun oqibatlaridan aziyat chekib kelayotgan oilalarga qo‘shimcha qulayliklar berilishini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi.

«Birlashish» to‘g‘risidagi qonun 2003 yilda qabul qilingan va o‘sha vaqtdan beri har yili yangilanishi uchun Knessetga taqdim etiladi. Ushbu qonun Falastin hududida yashovchi, er-xotinlardan bittasi G‘arbiy Qirg‘oq yoki G‘azo sektori shaxsiy guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda har yili yangilanib turadigan vaqtinchalik yashash ruxsatnomaga ko‘ra yashashiga ruxsat berilgan minglab falastinlik oilalarga taalluqlidir. Bu qonunga oxirgi marta 2007 yilda o‘zgartirish kiritilib, taqiq kengaytirildi. Bu bilan taqiq er-xotindan bittasi yahudiy vujudi «dushman» deb da’vo qilgan Eron, Livan, Suriya va Iroq kabi davlatlarning fuqarosi bo‘lsa ularning birlashishini oldini olishni ham o‘z ichiga oladigan bo‘ldi.

Ushbu adolatsiz qonun natijasida minglab falastinliklar aziyat chekmoqda va oilalar tarqoq bo‘lib ketmoqda. Chunki bu qonunga ko‘ra, er-xotin birgalikda bitta uyda yashay olmaydi. Bu esa, ko‘p hollarda bolalarni ota-onasi tirik bo‘lgani holda ularning bittasidan mahrum bo‘lishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasida, ta’lim olishda, erkin harakatlanish va sayohat qilishda har jihatdan cheklovlarga duch keladilar. Vaqtincha yashash ruxsatnomasini olishdagi ulkan moliyaviy xarajatlar ham ularni qiyin ahvolga soladi. «birlashishni oldini olish» qonuni bo‘yicha sud jarayonlarini hamda bu qonunning parlamentda ko‘rib chiqilishini kuzatib boradigan «tenglik» inson huquqlari markazidagi fuqarolik qonunidan aziyat chekayotgan oilalar komissiyasi rahbari Asmaxan Jabaliy shunday deydi: «Birlashishni oldini olish» qonuni bo‘yicha taqiqqa uchragan falastinlik oilalar soni taxminan 300 mingtaga etadi. Ular og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy holatda yashaydilar. Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, ularning 80 foizga yaqini qashshoqlikning eng quyi darajasida yashaydi. Ular sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, davolanish va ta’lim olish kabi hayotning eng oddiy qulayliklaridan ham mahrumdirlar. (Al-Jazira Net, 2021 yil 6 iyun).

Yahudiy vujudi bunday adolatsiz qonunni qabul qilishda «xavfsizlik masalasi» e’tiborga olinganini bahona qiladi. Aslida esa, bu qonun yahudiy vujudining demografik omildan, shuningdek, ayniqsa Quddus va uning atrofidagi mintaqalarda arab va musulmonlar soni ko‘payib borishidan qo‘rqayotganini aks ettiradigan irqchilik qonunidir. Falastinlik oilalarni ko‘chirishga, aholi punktlarini bo‘shatishga hamda Salvondagi Shayx Jarroh va Buston kvartallarini buzishga urinish ushbu ishning haqiqatini aks ettiradi.

Yahudiy hukumati taraflari o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar tufayli ushbu qonunning hozirgi shaklda qabul qilinmasligi yoki ushbu sessiyada taklif qilinayotgan tuzatishlar uning qayta kiritilmasligini yoki ushbu olalarning azoblari tugaganligini anglatmaydi. Yahudiy vujudi Falastin xalqiga qarshi jinoyatlar va qirg‘inlarni sodir etishdan o‘zini hech qachon tiymagan va tiymaydi ham. U ularning uylarini buzishni, shahar va qishloqlaridan ko‘chirishni hech qachon to‘xtatmagan va bundan keyin ham to‘xtatmaydi. Shuningdek, bu vujud musulmonlarning muqaddas joylarini oyoq-osti qilishdan va Rosululloh ﷺning Isro maskaniga tajovuz qilishdan ham tiyilmaydi.

Agar musulmonlar hukmdorlari xiyonati, jinoyatchi G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganida edi, yahudiy vujudi bunday jinoyatlarni sodir etishga jur’at qilolmagan bo‘lardi. Islom Ummatiga hamda uning orasidagi xolis quvvat ahliga o‘sha xoin hukmdorlarni qulatish, ularning taxtlari vayronalari ustiga payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ bashorat qilgan ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun darhol harakatga kelish vojibdir. Zero, Xalifalik Falastinni ozod etish va u erdan yahudiy vujudini sug‘urib olib tashlash uchun armiyalarni harakatga keltiradi.

﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ * وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur.. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»      [Rum 4-5]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.