AQSh yangi grant dasturini e’lon qildi

175
0

AQSh yangi grant dasturini e’lon qildi

AQSh davlat departamenti Turkiya uchun yangi grant dasturini e’lon qildi. Demokratik qadriyatlarni mustahkamlash ushbu dasturning asosiy mavzularidan biridir.

Dasturdagi “demokratik qadriyatlarni mustahkamlash” bo‘limiga quyidagicha izoh berildi: Turkiyada inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalarga hurmatni kuchaytirish, jinsiy zo‘ravonlikka qarshi turish, LGBT (lezbiyan,  gey,  biseksual,  transgender)lar huquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va so‘z erkinligini qo‘llab quvvatlash, turk ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyatining inson huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish salohiyatini kuchaytirish lozim.

Izoh: G‘arb davlatlari o‘zlarining madaniyati va mafkuraviy g‘oyalarini Islomiy o‘lkalarga singdirish maqsadida mana shunday grant dasturlarini tez-tez tashkil qilib turishadi. Lekin nima uchun? Kapitalizmning manfaat ustiga qurilgan mabdaligini hech kim inkor qilmaydi. O‘zlarining bir tug‘ishgan aka-ukasi yoki opa-singlisiga bekorga bir tiyin sarflashni axmoqlik deb biladigan kapitalistlar nima uchun o‘z dushmaniga millionlagan mablag‘ ajratishmoqda?

E’tibor beradigan bo‘lsak, ushbu grantlar xususan ayollar masalalari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlarga beriladi. Ular “inson huquqlari”, “ayollar huquqlari”, “ozchilik huquqlari”ni himoya qilish nomi ostida asosan feminizm, besoqolbozlik, lezbiyanlik va shu kabi turli xil axloqsizliklarni himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda bunday tashkilotlar G‘arbning buzuq g‘oyalarini yoyish uchun davlat tarafidan ham keng qo‘llab quvvatlovga ega. Har qanday axloqsizlik va behayoliklar “so‘z erkinligi”, “fikr erkinligi” kabi yaltiroq atamalar bilan osongina niqoblab qo‘yiladi. Bu tashkilotlarning asl maqsadi muslima ayolni buzish orqali jamiyatni parokanda qilishdan iborat. Chunki ayolning roli oila va jamiyatni bino qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Musulmonlarning Islomdan uzoqlashib ketganidan foydalangan G‘arb davlatlari bu masalada ba’zi natijalarga erishdi. Hatto Turkiyada “Muslima ayollar feminist jamiyati” tashkil qilinib, feminizmning Islomga zid emasligi haqida muslimalarga tushuncha bera boshladi. Ahvol shu darajaga etdiki, o‘z axloqsizliklarini himoya qilish uchun namoyishga chiqqan ayollar “Biz g‘usl qilishni xohlamaymiz, biz junub holda sayr qilishni xohlaymiz”, “Tez-tez nomusimga tegishlarini xohlayman” degan behayo shiorlarni, hatto aytishga ham til bormaydigan behayo plakatlarni ko‘tarib chiqishdi. Xalifalikning qoq markazi bo‘lgan Istambulda sharaf nimaligini bilmaydigan sharafsiz besoqolbozlar “sharaf yurishi” o‘tkazdi.

Kapitalist davlatlar Islom o‘lkalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun emas, balki o‘zlarining mafkurasini yoyish va buning natijasida Musulmonlarni yanada o‘zlariga qaram qilish uchun mablag‘ ajratayotganligi mana shundan ko‘rinib turibdi. Agar Musulmonlar o‘z Islomiga qaytib, uni yaxshiroq o‘rgansalar edi, G‘arbning bundan ko‘zlagan maqsadini bilib olish qiyin bo‘lmas edi.

Alloh Taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً

Ular o‘zlari kofir bo‘lganlari kabi sizlar ham kofir bo‘lib, ular bilan barobar bo‘lib qolishlaringizni istaydilar. [Niso:89]

Shunday ekan, Musulmonlar G‘arbning bunday iflos mablag‘larini rad qilib, Islomni mahkam tutishlari va uni hayotga tatbiq qilishga shoshilishlari lozim. Aksincha, horlikdan qutilishning bundan boshqa yo‘li yo‘q.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.