Qirg‘izistonda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi

295
0

Qirg‘izistonda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi

Bishkekdagi Birinchi may tuman sudi 17 sentyabrь kuni sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lpo‘nbaevni 15 noyabrgacha hibsda saqlash haqida qaror qabul qildi.

Cho‘lpo‘nbaev Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash davlat xizmati tomonidan 15 sentyabrь kuni qo‘lga olingandi. U o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Moliya politsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rahbarlari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda, konsulьtatsiya xizmati olish uchun o‘zini oqlamagan shartnoma tuzganlik, buning ortidan davlat byudjetiga 9 million so‘mga yaqin (taqriban 115 ming AQSh dollari) zarar keltirganlikda gumonlanayotganini ma’lum qilgan.

Kosmosbek Cho‘lpo‘nbaev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida 2018 yil 20 aprelidan 2020 yil 1 apreligacha ishlagan.

Shu yil iyulida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash davlat xizmati Qirg‘izistonda koronavirus yoyilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan tekshiruv boshlagan paytda K. Cho‘lpo‘nbaev so‘roqqa chaqirilgan.

31 mart kuni mamlakat Xavfsizlik kengashi majlisida prezident S. Jeenbekov koronavirus kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ishni ko‘ngildagidek bajarmagani uchun COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Respublika shtabi va Sog‘liqni saqlash vazirligini tanqid qilgan. Shundan so‘ng Xavfsizlik kengashi tavsiyasiga binoan bosh vazir o‘rinbosari Altinay O‘murbekova hamda sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lpo‘nbaev ishdan olingan.

Izoh: Kosmosbek Cholponbaev sud hukmi bilan ikki oyga qamoqqa olindi.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi ham, boshqa vazirliklar singari korruptsiya va xiyonatga botib qolgan. U tizimlarda kim ishlashidan qat’iy nazar, tarmoqlarning barchasi mutlaq buzuq mexanizmlar ta’siri ostida qolgan.

Prezident va hukumat bir qancha sobiq amaldorlarni qamash bilan boshqaruvdagi buzuq mexanizmni saqlab, uni oqlamoqchi bo‘lishadi. Lekin yangi kelganlari ham, ko‘p o‘tmay avvalgilar yurgan yo‘ldan yurib, jinoyat yo‘liga tushib qolishadi. Chunki har bir vazirlik yoki biror mamlakat tarmog‘idagi korruptsiyaviy jinoyat hokimiyatning ta’siri, qo‘llovi yoki sherikchiligi ostida amalga oshadi.

Shuning uchun sobiq amaldorlar o‘zlashtirib olgan pullar ortga qaytarilmaydi. Chunki har bir korruptsiyaviy jinoiy ishlari ortidan o‘zlashtirilgan pullar, boshqaruv sistemasiga ko‘ra shu ishga aloqador amaldorlar yoki ishni yuqoridan nazorat qilib qo‘llab turgan amaldorlar bilan baham ko‘riladi. Lekin jinoyat o‘sha tarmoqni etaklab kelayotgan amaldor imzosi bilan amalga oshirilgani bois, ishni o‘sha amaldorni jinoiy javobgarlikka tortish bilan to‘xtatishga harakat qilishadi.

Korruptsiya – jamoiy jinoiy javobgarlik bo‘lib, u hokimiyatga aloqador uyushgan to‘dalar tomonidan amalga oshgan jinoyatlarga aytiladi. Hech qaysi amaldor ortida davlat rahbarlari yoki boshqa kuchliroq quvvatlar turmasa, amaldor mansabidan foydalanib o‘z holicha yuzlab million dollarlik jinoyatlarga qo‘l ura olmaydi.

Birodarlar, qachongacha bular bizning mol mulklarimizni talon-taroj qilishadi. Jinoyatchilarni o‘zlari qo‘lga olgunlaricha ularni jinoyatlariga sukut qilishadi, sherik bo‘lib mansablaridan suiste’mol qilishadi. Qachongacha bizni aldab, korruptsiyaga botib bo‘lgan boshqaruv sistemalarini oqlash maqsadida  zaiflarini jinoiy javobgarlikka tortib kuchlilari yana qonimizni so‘rishda davom etishadi! Butun boshqaruv tizmi, sistemani javobga tortish vaqti kelmadimi?!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.