ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

287
0

ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

 ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar – “Kavkaz-2020” mashg‘ulotlari doirasida ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, deb ma’lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

 “Sentyabrь oxirida “Kavkaz-2020” strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar taklif qilindi”, – dedi u ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunida.

 Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb e’lon qilishgan.

 Hozircha dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari qanday shaklda o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmagan.

 Izoh: Belorusda sodir bo‘layotgan voqealar rasmiy Moskvani shoshilinch choralar ko‘rishga undagan ko‘rinadi. Belorusda bo‘lib o‘tgan navbatdagi prezidentlik saylovidan boshlanib ketgan norozilik namoyishlaridan AQSh va Evropa davlatlari o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolish uchun jiddiy kirishishganini Rossiya o‘ziga nisbatan tahdid sifatida qabul qilyapti. Bundan tashqari, Litvaga AQSh harbiylari hamda zirhli og‘ir texnikasi etib kelib, Belarus bilan chegara yaqinidagi general Silьvestras Jukauskas nomli poligonda hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazishi ham uning tashvishiga qo‘shimcha bo‘ldi. Shu sababli ham Rossiya shu vaqtga qadar o‘tkazilmagan harbiy mashg‘ulotlarini shoshilinch o‘tkazishga harakat qilmoqda. Agar Rossiya faqat KXShTga a’zo davlatlar bilangina harbiy mashg‘ulot o‘tkazadigan bo‘lsa, u o‘zini mustamlakasi sifatida ko‘rishga odatlanib qolgan boshqa davlatlar chetda qolib ketadi. Chunki, KXShTga Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistongina a’zo xolos.

 Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) esa Xitoy bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston davlatlarini o‘zida jamlagan. Rossiyaning sobiq mustamlakalarin o‘z changalida ushlab qolish uchun tashkil etilgan va o‘n davlatni – Rossiya, Ozorbayjon, Armaniston, Bulorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni jamlagan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotining esa na siyosiy va na iqtisodiy jihatdan ta’siri bor. U ko‘proq ramziy hamkorlikni ifoda qiladi. Endi Rossiya bu tashkilotdan ham harbiy maqsadlari yo‘lida foydalanishga harakat qilib ko‘rmoqchi bo‘lyapti. Rossiya uchun ushbu davlatlarni o‘z nazorati ostida ushlab turishning yagona yo‘li sifatida faqat harbiy quvvatga suyanishdan iborat. Uning uchun boshqa yo‘l yo‘q. Harbiy ta’siri saqlab qolish hamda harbiy quvvatining namoyon etish uchun esa “terrorizm va ekstremizm” “tahdidi” eng ishonchili va sinovlardan o‘tgan vositadir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.