Bozorlar, sport zallari ochildi, masjidlar esa yopiq

355
0

Bozorlar, sport zallari ochildi, masjidlar esa yopiq

Qirg‘izistonda 25 maydan koronavirusga qarshi kurash doirasida kiritilgan karantin cheklovlari engillashtirildi. Jumladan, virusga qarshi sanitar me’yorlarga qat’iy rioya qilingan holda jamoat transport ishi tiklanadi, buyum bozorlari, yozgi kafelar va restoranlar ochildi.
Shuningdek, teatr, muzey, ko‘rgazma zallari va kutubxonalar faoliyati tiklanadi.
Poytaxt Bishkek meriyasi tezkor shtab qarorlari asosida 25 maydan ruxsat beriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga sport zallari, trenajyor zallari, fitnes-klublar va basseynlarni kiritgan. Bundan tashqari, kontaktli, jamoaviy sport turlari uchun mo‘ljallangan sport markazlari ishlashiga ham ruxsat berildi.
Shtabda sanitar-gigiena me’yorlari va qoidalari – xonalarni dezinfektsiya qilish, niqob va qo‘lqop taqish, sanitayzer va antiseptiklar o‘rnatilishi hamda sanitar masofani saqlashga rioya qilinishi shart hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Izoh: Ma’lumki, qirg‘iz hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bahonasi bilan barcha korxona va jamoat joylarini yopib, mamlakatda favqulotda holat joriy etgan paytda masjidlar birinchilardan bo‘lib yopilgan, juma namozlari to‘xtatilib, musulmonlarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari taqiqlangan edi. Mana oradan ikki oydan oshiq vaqt o‘tdi, masjidlar xuvullab yotibdi, musulmonlar jamoat bo‘lib Allohga ibodat qilish baxtidan mahrumligicha qolishmoqda. O‘tgan vaqt davomida hukumat karantin choralarini yumshatib, ayrim faoliyat turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berayotgan bo‘lsada ammo masjidlarni ochish bo‘yicha hozircha biror harakat kuzatilmadi. Hukumat navbatdagi bosqichda odamlar eng ko‘p yig‘iladigan bozorlar, sport markazlari, istirohat bog‘lari faoliyatiga ruxsat berdi, afsuski, bu safar ham masjidlar masalasi mavhumligicha qoldirildi.
Aslida jamoat yig‘ilidagan joylarning eng pokiza va ozoda joyi masjidlar hisoblanadi. Chunki, musulmonlar masjidlarga g‘usul qilib poklanib, tahorat olgan holda kelishadi. Bundan tashqari, hukumat iddao qilayotgan “ijtimoiy masofani saqlash” masalasi, shaxsiy gigiena borasida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Sababi bu erga musulmonlar biror narsa sotish yoki sotib olish, xordiq chiqarib, behuda gaplar uchun emas, Allohga ibodat qilish uchungina yig‘ilishadi. Bunga bir kecha-kunduzda 1 soatdan oshiq vaqt ketmaydi.
Insonda tana ehtiyojlari bo‘lgani kabi, ruhiy ehtiyojlar ham mavjud va ular insondan o‘z ehtiyojlari qondirilishini talab qiladi. Buning yo‘li esa Allohga qullik qilish, ibodat va duo bilan Unga yaqinlik xosil qilishdan iborat. Musulmonlar o‘rtasida ruhiy muhit va bog‘liqlikning paydo qiladigan joy bu – masjiddir. Ammo ikki oydan beri musulmonlar besh vaqt jamoat namozlarida, juma namozlarida, hatto, Ramazon oyida ham taroveh va xatmi Qur’onlarda jamlanib bu muhit mazasidan bahramand bo‘la olishmay kelmoqda.
Bolalarga ta’lim beruvchi tashkilotlar uyushmasi 25-may kuni hukumatga yo‘llagan murojaatida, xususiy bolalar bog‘chalari faoliyatiga ruxsat berishni talab qilib chiqdi. Murojaatda barcha xususiy bog‘chalar nima bo‘lishidan qat’iy nazar 1-iyundan boshlab o‘z faoliyatlarini boshlashini va agar ularga qarshi biror chora ko‘rilsa hukumat binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi.
Biz musulmonlar “podshohning amri vojib”, “barchasi uchun muftiy va muftiyot javob beradi” deb o‘tiraversak, rasmiy hukumat masjidlar faoliyatiga ruxsat berishni oxiriga qadar surib boraveradi. Chunki, hukumat pandemiya bahonasi ostida Islom va musulmonlar, islomiy qadriyatlarga qarshi kurash olib borayotgan kofir g‘arb qo‘lidagi qo‘g‘irchoqdan boshqa narsa emas. Ularning ko‘rsatmalaridan chetga chiqa olmaydi. Shu sababli ham biz musulmonlar hukumatning bu munkar ishiga sukut saqlab o‘tirmay masjidlar ochilishini talab qilaylik va bu yo‘lda o‘z imkoniyatimizdagi barcha tinch uslub va vositalarni ishga solaylik. Biz talab qilmasak hukumat xali beri masjidlar ochilishiga ruxsat bermaydi.
Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.