Da’vatni hamma qodir bo‘lganicha ko‘tarib chiqadi

467
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Da’vatni hamma qodir bo‘lganicha ko‘tarib chiqadi

Omir hoji Job (عامر الحاج جاب)ning savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum amirimiz. Men davlat barpo qilishga harakat qilish haqida so‘ramoqchiman. Bu ish uchun mening imkoniyatlarim yo‘q.

Javobingizni kutaman.

Menga yo‘l ko‘rsatishingizni istayman, nima qilay, kim bilan bo‘lay, bilmay qoldim. Sizdan Alloh haqqi so‘rayapman, nima qilay?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Birodar, Alloh hech bir jonga imkoniyatidan ortiq narsani yuklamaydi. Da’vat ishlarida odamlarning imkoniyatlari har xil bo‘lib, uni puxta ado etish va chiroyli etkazishda bir-birlaridan farq qiladilar. Shuningdek, ilmiy va fikriy o‘zlashtirishda, masalalarni hikmat bilan bayon qilishda ham o‘zaro farqqa egalar. Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridan ma’lumotlarni miyalariga joylashda ham odamlarning imkoniyati turli xil. Bular insoniyatda bor narsalar. Alloh tomonidan yuklatilgan vazifalar esa, mana shu imkoniyatlarga qarab ado etiladi. Bularning barchasi Qur’oni Karim va hadisi shariflarda aniq bayon qilingan.

Alloh Subhanahu bunday demoqda:

لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا

«Alloh hech bir jonga imkoniyatidan ortiqcha narsani yuklamaydi» [Baqara 286]

Yana bunday demoqda:

لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَا آتَاهَا

«Alloh hech bir jonga, O‘zi unga ato etganidan ortiqcha narsani yuklamaydi» [Taloq 7]

Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilmoqdalar:

«لَا تَحْقِرَنَّ مِنْ الْمَعْرُوفِ شَيْئًا وَلَوْ أَنْ تَلْقَى أَخَاكَ بِوَجْهٍ طَلْقٍ»

«Andak ma’ruf ishni ham arzimas sanamang, hatto birodaringizni ochiq chehra bilan qarshi olishingiz bo‘lsa ham». (Imom Muslim rivoyati). Yana bunday deganlar:

«بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً»

«Mendan bitta oyat bo‘lsa ham etkazinglar». (Imom Buxoriy rivoyati). Zayd ibn Sobit Nabiy ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«نَضَّرَ اللهُ اِمْرِءًا سَمِعَ مِنَّا حَدِيثًا فَحَفِظَهُ فَبَلَّغَهُ فَرُبَّ حَامِلِ فِقْهٍ لَيْسَ بِفَقِيهٍ»

«Bizdan bitta hadisni eshitib, yodlab qolib, boshqaga etkazgan kishining yuzini Alloh nurli qilsin. Zero, ba’zan bilimni etkazayotgan kishining o‘zi faqih bo‘lmaydi». (Tabaroniy «Kabir»da rivoyat qilgan).

Birodarim! Siz qo‘lingizdan kelgancha ma’rufga buyurib, munkardan qaytaring. Bitta yoki ikkita oyat bo‘lsa ham etkazavering. Zero, bunda Qur’oni Karimni va hadisi sharifni yodlaganlardan bo‘lishingiz shart emas. Hatto ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish ishida ham imkoniyatingizga qarab ado etavering. Allohdan yordam so‘rab, Unga tavakkal qiling. Zero, Alloh solih amal qilguvchilarni do‘st tutgay.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

24 ramazon 1441h

17 may 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.