Musulmonlar masjidlarning ochilishini talab qilishyapti

387
0

Musulmonlar masjidlarning ochilishini talab qilishyapti

Internetdan ijtimoiy tarmoqlar orqali Qirg‘iz va O‘zbek tillarida video va yozma talablar aktsiyasi qizg‘in tus olmoqda. Musulmonlar o‘zlari uchun farz bo‘lgan jum’a namozini to‘xtatilganidan norozi ekanlarini ifoda qilib, vidio murojaat orqali hokimiyatga talab bilan chiqishlar ko‘payib boryapti.

Koronavirus vahimasi qalbakidir! Lekin haqiqiy vabo kelganida ham, shariy hukmga muvofiq masjidlarda jum’a namozi ta’qiqlanishi mumkin emas. Shuning uchun Musulmonlar hokimlarini muhosaba qilib, ularni haromdan to‘xtatishga harakat qilishlari farz.

Qirg‘iz hukumati 25-maydan bir qator muassasalar ochilishiga ruxsat berilganini rasman e’lon qildi. Shuningdek, o‘sha kundan ommaviy transport qatnovlari ham qaytadan yo‘lga qo‘yiladi. Lekin masjidlar ochilishi haqida hukumat ro‘yxati ichida hech qanday malumot yo‘q!  Muftiyot tomonidan ham, hozirgacha bu haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Avval hokimiyat tomonidan yuqorida aytilgan muassasalar 21-maydan ochilishi haqida aytilgan edi. Keyinchalik muddatning uzaytirilishini Musulmonlar ramazon hayit kuniga bog‘lashmoqda. Ya’ni hukumat atayin hayit namozi o‘qilmasligi uchun, muddatni 25-may ya’ni 23 yoki 24-may kunlari kutilayotgan hayit namozidan keyinga uzaytirdi deb tahlil qilinmoqda. Nima bo‘lganida ham, Musulmonlar talabni kuchaytirishmasa, hukumatlar yillar mobaynida masjidlarni zanjirband qilib turaverishadi.

Karantin yoki undan keyin joriy qilinishi kutilayotgan barcha uslub va rejimlari, bir necha maqsadlar sari yo‘naltirilgan. Shulardan biri Islom qadriyatlarini tahqirlash va Musulmonlarni doimiy qo‘rquv va nazorat ostida ushlab turish uchun qulay sharoitlar yaratib olishdir! Ogoh bo‘laylik birodarlar, karantin va “pandemiya” kufr manfaatiga xizmat qilib, ibodat va e’tiqodlarimizni sindirib yuborish uchun harakat qiladi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.