Qirg‘iziston XVFdan yordam so‘radi

347
0

Qirg‘iziston XVFdan yordam so‘radi

26-mart kuni prezident Sooronbay Jeenbekov Xalqaro valyuta fondidan (XVF) koronavirus tarqalishini oldini olish uchun Qirg‘izistonga moliyaviy yordam ko‘rsatishni so‘radi. Bunday iltimos bilan Jeenbekov XVFning Qirg‘izistondagi doimiy vakili Tigran Pogosyan bilan uchrashuvi chog‘ida murojaat qilgan.

Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuvda koronavirusning Qirg‘iziston iqtisodiga ko‘rstauvchi salbiy ta’siri va uni oldining olish uchun moliyaviy yodam masalasi muhokama qilingan.

XVF vakili Tigran Pogosyan hozir favqulodda moliyalashtirishning turli variantlari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Yordam miqdori ma’lum qilinmadi, ammo, hukumatdagi manbalarining qayd etishicha, so‘z 125 million dollar haqida bormoqda.

Bundan tashqari, Soronbay Jeenbekov shu kuni Osiyo taraqqiyot banki va Evroittifoq kabi xalqaro institutlardan ham moliyaviy yordam so‘radi.

26-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bosh vazir o‘rinbosari Erkin Asrandievning ma’lum qilishicha, koronavirusga bog‘liq vaziyat tufayli joriy yil davlat byudjetiga 27-28 milliard som tushmay qolishi mumkin. Bu orada, mamlakat Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi byudjet tushumlari kamayib ketishi xatarlarini hisoblab chiqishmoqda. Hozircha, byudjetga 28 milliard somga (350 million dollar) yaqin mablag‘ tushmay qolishi mumkin deb tahmin qilinmoqda.

Izoh: Aslida koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin ham Qirg‘izison iqtisodi yaxshi ahvolda emas edi. Moliya vaziri Baktigul Jeenbekova 2019-yil 28-oktyabr kuni bergan bayonotida 2020-yili Qirg‘iziston davlat byudjetidagi kamomad 9 milliard 953 million som (142,5 million dollar)ni tashkil etishini ma’lum qilgan edi. To‘g‘ri, koronavirus tahdidi va bu tahdidni olamiy vahimaga aylantirilishi ko‘plab davlatlarni, shu jumladan, shundoq ham nochor bo‘lgan Qirg‘iziston iqtisodini yanada abgor ahvolga solib bormoqda.

Har narsani moddiy manfaat ustiga qurishga asoslangan Xalqaro valyuta fondi yoki tashkilotlar tomonidan beriladigan yordam va qarzlar hech qachon beminnat, evazsiz bo‘lmaydi. Berilayotgan yordamlar evaziga har biri o‘z manfaatlariga mos shartlarni qo‘yishi tabiiy. Aslida bu illatga qarshi hech qanday qarz olmay, ichki resurslardan to‘g‘ri foydalanish orqali ham qarshi turish mumkin edi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.