Evropa Ittifoqi O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratdi

316
0

Evropa Ittifoqi O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratdi

O‘zbekiston hukumati va Evropa Ittifoqi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligiga byudjet tomonidan qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha yordam ko‘rsatish maqsadida 40 million evro miqdorida moliyalashtirish shartnomasini imzoladilar.

“Taklif etilayotgan harakatlar O‘zbekiston hukumatiga agrar oziq-ovqat sektorini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi davlat strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish, fermerlar va agrobiznes korxonalariga yordam berish uchun davlat xizmatlarini kuchaytirishga ko‘maklashish uchun yordam beradi”, — deyiladi EI rasmiy xabarida.

Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays: “Qishloq xo‘jaligi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu mablag‘lar davlatga zamonaviy kommunal xizmatlarni yaratishda yordam beradi va Markaziy Osiyodagi qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etakchi ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchiga aylanadi ”, — dedi.

Izoh: Mustamlakachi davlatlar “rivojlanayotgan davlatlarga”, ya’ni, agrar davlatlarga ajratadigan mablag‘lar asosan qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, obodonlashtirish, suv ta’minoti… kabi sohalargagina qarz va yordam sifatida beriladi. Sababi, bu sohalarga qancha mablag‘ sarflanishidan qat’iy nazar o‘zini oqlamaydi. Aksincha bu mablag‘lar davlatlarni qarz botqog‘iga botirish, qarz yoki yordam bergan davlatga qaram bo‘lishi uchungina xizmat qiladi xolos. Mustamlakachi davlatlar hech qachon og‘ir sanoat, harbiy sanoat yoki mashinasozlikni rivojlantirish uchun mablag‘ ajratmaydi. Chunki bu sohalar ulkan daromad keltiruvchi manba bo‘lib, bu sohaga sarflangan har qancha mablag‘ hech qancha vaqt o‘tmay o‘zini oqlaydi va sarflangandan ko‘ra bir necha bor ko‘proq foyda keltiradi.

Etakchi davlatlar uchun o‘z ta’siri ostidagi davlatlar harbiy yoki og‘ir sanoatiga ega bo‘lishidan hech qanday manfaat yo‘q. Qolaversa shu davlatlar manfaatiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan BMT ham mustamlaka ostidagi davlatlarda og‘ir sanoatni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tuzilgan xalqaro qonun va me’yorlar bilan bu davlatlarni nazorat qilib keladi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.