Pokiston rejimi Afg‘oniston va Kashmirga qarshi Amerika hamda Hindiston bilan til biriktirmoqda

88
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi Afg‘oniston va Kashmirga qarshi Amerika hamda Hindiston bilan til biriktirmoqda

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Deutsche Welle gazetasiga bergan intervьyusida regional xavfsizlik haqidagi ko‘z-qarashlarini bayon qildi. Afg‘onistonga bog‘liq masalalarda esa, «Biz Tolibonni, Amerikani va Afg‘on hukumatini tinchlikka erishishga chaqiramiz» deya ta’kidladi. Bosib olingan Kashmir masalasida esa: «Hindiston ekstremistlar tomonidan boshqariladigan yadroviy mamlakatdir, besh oydan oshdiki Kashmir qamalda» deya taassuf bildirdi. Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi: Pokistonning hozirgi rejimi, xuddi oldingi rejim kabi musulmonlarni katta xatarga duchor qildi. Vashington Afg‘onistonni bosib olgan paytda qabilalar tomonidan qattiq qarshilikka uchraganida Pokiston rejimi qarshilik harakatini tugatish uchun harbiy kuchdan foydalandi.

Bugun Amerikaning qo‘rqoq kuchlari egilib Afg‘onistonda qolish uchun yolvora boshlaganida Pokiston rejimi uning obro‘sini saqlab qoladigan kelishuvda vositachi sifatida harakat qilmoqda. Bosib olingan Kashmir masalasida bayonotda quyidagicha qo‘shimcha qilinadi: Pokistondagi ketma-ket kelgan rejimlar har qanday amaliy yordamga to‘sqinlik qilib, Kashmirdagi qurolli qarshilik harakatining ortidan pichoq urib kelishdi. Endi esa, «vazminlik» tamoyiliga rioya qilib, Kashmirdagi qarshilik harakatining ochiqchasiga ko‘ksiga pichoq urmoqda. Shuningdek, Hindiston bosh vaziri Modiga Kashmir musulmonlariga to‘liq hujum ochish imkonini bermoqda. Bayonot yakunida Pokistondagi musulmonlarga quyidagicha murojaat yo‘llandi: Biz mustamlakachilarning qonun va talablariga bo‘ysunuvchi hukmdorlarga mubtalo bo‘lgan ekanmiz, doim ziyon ko‘ramiz va umidsizlikka tushaveramiz.

Yagona echim Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilishdir. Chunki, musulmonlar yurtlarini mustamlakachilarning halokatli qonun va talablari to‘ridan faqat Xalifalikkina xalos etadi. Shuning uchun, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqaradigan Xalifalikni qayta tiklashga bor kuchlarini sarflab harakat qilish musulmonlarga vojibdir.

Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.