Bolalarni o‘z ota-onalaridan majburan ajratish borasidagi tashabbuslar Daniya hukumati dunyoqarashi insoniyatni masxaralovchi va musulmonlarni tahqirlovchi dunyoqarash ekanligini ko‘rsatmoqda

46
0

Bolalarni o‘z ota-onalaridan majburan ajratish borasidagi tashabbuslar Daniya hukumati dunyoqarashi insoniyatni masxaralovchi va musulmonlarni tahqirlovchi dunyoqarash ekanligini ko‘rsatmoqda

Daniyaning (TV2) televizion kanali 15 yanvar kuni «Hukumat (shahar va qishloq) munitsipalitetlariga ekstremist oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni oilasidan tortib olish vazifasini yuklaydi» nomli maqolani e’lon qildi. Shuningdek, maqolada Daniya hukumati «Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar ekstremist oilada o‘sayotgani ma’lum bo‘lgan taqdirda ularni yashayotgan joylaridan ajratib olish bo‘yicha munitsipalitetlarga qonun qoidalar ishlab chiqarish» bo‘yicha kengash tashkil qilayotgani tushuntirilgan.

Ushbu jirkanch tashabbus xorijiy janggarilarga qarshi qonunni uzaytirish bahonasi ostida taqdim qilinmoqda. Shuningdek, u «radikal oila» kabi umumiy iboralar bilan taqdim qilinmoqda. Bu esa, ilmoniy liberalizm qadriyatlarini inkor qiladigan musulmon oilalarga qarshi kurashga yo‘l ochadi. Siyosatchilar Islom va musulmonlar haqida gapirgan paytlarida «ekstremizm» va «radikalizm» terminlarini umumiy shaklda bo‘rttirib gapiradilar.

Bu narsa bosh vazira Mette Frederikson yangi milodiy yil boshida so‘zlagan nutqidan bir necha hafta o‘tib ro‘y bermoqda. Aksar tahlilchilar uning nutqini musulmon farzandlarni oilasidan ajratishga chaqiriq bo‘ldi deb izohlashgan edi.

Siyosiy tahlilchi rejissyor Lars Fon Trier vaziraning yangi yil munosabati bilan so‘zlagan nutqini shunday izohladi: «Biz bosh vaziraning so‘zlarini tushunishda adashmasligimiz kerak. Chunki bolalarning ota-onalariga nisbatan keskin chora ko‘rish uslubi «getto loyihasi»ning davomidir. Bundan tashqari, oilalaridan majburan tortib olinadigan va tarbiyalash uylariga yuboriladigan bolalarning aksariyati chet ellik va migrantlarning bolalari bo‘ladi. Bu bilan yangi demokratik sotsiologik saqofiy kurashga yo‘l ochildi. Zero, birinchi marta sotsiolog demokratlar hujum pozitsiyasida bo‘ladi.

Bu bayonotlar insoniyatni masxaralovchi va musulmonlarni tahqirlovchi dunyoqarashdan dalildir. Bolaning ota-onasi bilan qolish huquqidan mahrum qilish yoki buning aksi bir shaxsni boshqa bir shaxsga zarar etkazishini oldini olish uchun qatl qilish kabidir. Biz o‘tmishda Daniya va boshqa Evropa davlatlari o‘zlaridan boshqa odamlar yoki boshqacha fikrlaydiganlarga nisbatan hazorat nomi ostida nima ishlar qilganini ko‘rganmiz. Ularning insoniyatga nisbatan masxaraomuz dunyoqarashlari o‘zgarmagani aniqdir.

Aksar daniyalik oilalarda jinsiy zo‘ravonlik, mast qiluvchi ichimliklarga ruju qo‘yish va boshqa zo‘ravonliklar kabi xatarli muammolar tarqalgan. Lekin hukumat shunga qaramay bu muammolarni e’tiborga olmaslik va o‘zini bilmaslikka olish yo‘lini tanlagan. Bosh vazira bu oilalarga «bolalarni majburiy tortib olish amaliyotini tatbiq qilish» lozim deb ishonmaydi. Munitsipalitetlar 2018 yilda bolalarni oilalaridan ajratish bo‘yicha 3871ta amaliyot joriy bo‘lgan. Hukumatlar bu amaliyotlarni izohlash uchun 7354ta dalil keltirgan. Ularda yuztadan faqat ettitasida ota-onani yomon muomalada bo‘lgani va yuztadan faqat oltitasida jismoniy jarohat, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa zararlar etkazilgani aytilgan.

Ular bolalarni shunday majburlash yo‘li bilan o‘z oilalaridan ajratib olish haqida gapirishmoqdaki, uni eshitgan odam hayvon bolasini hayvonot bog‘idagi o‘z enasidan ajratib olish haqida gapirishyapti deb o‘ylaydi. Ayon bo‘lishicha, Daniya bosh vazirligi Xitoydagi kabi davlat qurish haqida o‘ylamoqda. Zero, Xitoy hukumati zobitlar bu oila Xitoy oilasiga yot va u ekstremist oila deb qaror qilsa, musulmon bolalarni o‘z oilalaridan ajratishi mumkin.

Albatta biz barcha musulmonlarni musulmon diasporalarga nisbatan qo‘llanayotgan bunday dushmanona rejalarga qarshi turishga chaqiramiz. Darhaqiqat, biz o‘tmishda Islomga qarshi qonunlar ishlab chiqilganiga guvoh bo‘lganmiz. Ehtimol, agar musulmonlar ularning jamiyatiga singib ketishga rozi bo‘lmasalar, bolalarni ota-onalardan ajratib olish amaliyotidan ularni qo‘rqitish quroli o‘rnida foydalanilar. Biz bugun Xitoyda aynan shuning guvohi bo‘lmoqdamiz.

Hizb ut-Tahrirning Skandinaviyadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.