Bajva-Imron rejimi Trampni qayta saylash kampaniyasiga qo‘shilmoqda

395
0

Bajva-Imron rejimi Afg‘onistonni Amerika hukmronligiga bo‘ysundirish va mintaqadagi musulmonlarga qarshi xiyonat qilish orqali Trampni qayta saylash kampaniyasiga qo‘shilmoqda

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Shvetsariyaning Davos shahrida 2020 yil 21 yanvarda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum yakunida Amerika prezidenti Tramp bilan uchrashdi. Bosh vazir unda Islom va musulmonlarning dushmani bo‘lgan Amerikaga musulmonlarga ozor berishi uchun yo‘l ochib berdi. Tramp qayta saylovga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Imron Xon Amerikaning Afg‘onistondagi kuchlari uchun kelishuv tayyorlayotganiga ishora qilar ekan, shunday dedi: «Barchamiz u erda tinchlik bo‘lishini xohlaymiz. Tolibon va hukumat o‘rtasidagi muzokaralarda Afg‘onistondagi o‘tish davriga tayyorgarlik ko‘rilmoqda». Bajva-Imron rejimi uzoq va yaqinni ko‘ra olmaganidan resurslarga boy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Afg‘onistonda Amerika askarlari va maxsus kuchlar qolishini kafolatlash uchun ittifoq tuzishga harakat qilmoqda. Afg‘oniston olamdagi yagona atom quroliga ega islomiy yurt ostonasida joylashgan. Amerikaning qo‘rqoq qo‘shinlari o‘n sakkiz yil jang qilib uni egallay olmadi. Pokiston rejimi esa, mintaqada tebranib turgan Amerika hukmronligiga o‘z xizmatini taklif qilmoqda. Shuningdek, Amerikaning Afg‘onistondagi manfaatlarini ta’minlashga harakat qilmoqda. Ayni paytda vaziyat Amerikaning vayron qiluvchi harbiy vujudini mintaqadan chiqarib yuborishni talab qiladi.

Ey Pokiston musulmonlari! AQSh bilan ittifoq tuzish bizni kuchayishga olib bormaydi. Balki bizni tashqi siyosatda zaiflashtiradi. Yirik mustamlakachi davlatlar bilan boshqa davlatlar o‘rtasida imzolanayotgan kelishuv va shartnomalar doim buyuk davlatlar foydasiga bo‘ladi. Bu kabi kelishuvlar mustamlakachining vositasi bo‘lib, buyuk davlatlar ular orqali xalqaro maydonda o‘zini kuchaytiradi. Bu kelishuvlar katta falokat bo‘lib, Pokiston bir necha yillardan beri Amerika manfaatini ta’minlash uchun ular tufayli o‘zini vayron qilmoqda. Xoinlar bu kelishuvlar tufayli G‘arb oldida alohida siyosiy va harbiy martaba hamda ulkan shaxsiy boylikka ega bo‘lmoqda. Albatta Islom kofirlar bilan harbiy ittifoq tuzishni harom qilgan. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لاَ تسْتَضِيئُوا بِنَارِ الْمُشْرِكِينَ»

«Mushriklar olovi bilan yoritilmang». (Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati). Hadisdagi نار kalimasi ularning urushdagi vujudidir. Rosululloh ﷺ quyidagi hadisiga ko‘ra ham kofirlar bilan ittifoq tuzish haromdir. U kishi aytadilar:

«لا نَسْتَعِينُ بِالْكُفَّارِ عَلَى الْمُشْرِكِينَ»

«Biz mushriklarga qarshi kofirlardan yordam so‘ramaymiz». (Musannif ibn Abu Shayba). Bu masalada bizda ixtiyor yo‘q. Biz yirik davlatlar bilan ittifoq tuzishni to‘xtatib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash orqali olamshumul kuchga aylanishimiz lozim. Albatta yolg‘iz Xalifalik biz bilan urushayotgan, yurtlarimizni bosib olayotgan va mana shu ishda boshqalarga yordam berayotgan davlatlar bilan tuzilgan ittifoqlarni parchalaydi. Shuningdek, u islomiy yurtlarni birlashtirib, dunyodagi birinchi davlat bo‘ladi. Bundan tashqari olamdagi etakchi davlatga aylangan chog‘da Islom va musulmonlarning manfaatini ta’minlash uchun xalqaro vaziyatni o‘zgartiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.