Ey G‘annushiy hazratlari! Sen Usmoniylar qo‘mondoni Sinan posho haqqiga maqtov aytishdan oldin, ilmoniy rejimni emas, Usmoniy Xalifalikni maqtamog‘ing darkor!

360
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey G‘annushiy hazratlari!

Sen Usmoniylar qo‘mondoni Sinan posho haqqiga maqtov aytishdan oldin, ilmoniy rejimni emas, Usmoniy Xalifalikni maqtamog‘ing darkor!

Nahza harakati raisi Tunis vakillar palatasi spikeri Roshid G‘annushiyning Turkiya ziyorati Nahza harakatidan bo‘lgan muvaqqat «Jamaliy hukumati»ning tarqatilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi va ayrim xalq vakillari ayni ziyorat atrofida talay savollarni ko‘tarishdi. G‘annushiy o‘zining Turkiya safarini oqlab, bayonotida Turkiyaning Usmoniylar zamonidagi Tunis va uning ahliga qilgan yaxshiliklari haqida gapirdi. Milodiy 1574 yilda Usmoniy Xalifalik qo‘mondoni Sinan poshoning Tunisdagi Ispaniya bosqinchiligiga qarshi kurashib, ispanlarni quvib chiqarishga hamda Tunis ahlini halok qilayotgan va o‘zlaridan oldingilar qismatiga duchor etayotgan inkvizitsiyadan qutqarishga muvaffaq bo‘lganini eslatdi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, Roshid G‘annushiyga quyidagilarni eslatdi:

«Ushbu buyuk nusratni qo‘lga kiritgan qo‘mondon Sinan poshoning orqasida davlat bor edi… U Usmoniy Xalifalik davlati bo‘lib, Tunis ahliga bu yaxshiliklarni, avvalo Alloh Subhanahu va Taoloning yordami bilan o‘sha davlat qilgan. Chunki o‘sha davlat Rosululloh ﷺning

«إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ، يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Shubhasiz, imom-Xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», degan so‘zlarining tasdiqi sifatida, musulmonlarni turli adovatlardan himoya qilgan. Shuning uchun ushbu Usmoniy qo‘mondonni maqtashdan oldin, u tuzgan siyosiy tuzumni, ya’ni, Ummat daxlsizligini saqlab turgan g‘amxo‘r boshqaruvchi Xalifalik tuzumini maqtamoq darkor. Ushbu Xalifalikni yiqitgan Mustafo Kamolni ham, anavi ilmoniy turk rejimini ham emas. Holbuki, turk rejimi Shom ahlini qasddan yordamsiz qoldirib, ularning qo‘zg‘olonlariga qarshi amerikaliklar va ruslar bilan til biriktirdi!». Bayonot so‘nggida Nahza harakatidagi musulmonlarga bunday deyildi:

Siz haqiqatdan o‘z diningiz va qo‘zg‘oloningizga xolis ekansiz, o‘z islomiy asl maqsadlaringizga qayting. Chunki qo‘zg‘oloningiz ilmoniylikka va uning malaylariga qarshi edi. Biz sizni biz bilan birgalikda Rosululloh ﷺning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilishi to‘g‘risidagi xushxabarlarini ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilishga, bu bilan bu dunyo va oxirat yutug‘iga erishishga chaqiramiz.

Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.