AQSh “Tolibon” harakati bilan muzokaralarni kuchaytirdi

160
0

AQSh “Tolibon” harakati bilan muzokaralarni kuchaytirdi

AQSh “Tolibon” harakati  bilan tinchlik muzokaralarini kuchaytirdi. Navbatdagi muzokara Katar markazi Doxa shahrida bo‘lib o‘tyapti. Muzokaraga “Tolibon” harakatining etakchilari ishtirok etmoqda. Qo‘shma Shtatlar delegatsiyasiga AQShning  Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod etakchilik qilmoqda.

Tolibon harakatining rasmiy vakili Suhayl Shahin o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida muzokara avval to‘xtagan joyidan qayta boshlanganini va bir qator masalalar muhokama qilinib, kelishuvga imzo chekilganini yozgan.

Ma’lumki, bu masala 2001-yilning oxirida AQSh Tolibonni kuch bilan hokimiyatdan qulatgandan so‘ng boshlangan edi. AQSh 11-sentyabrdagi “terrakt” bahonasida ushbu amalga qo‘l urdi. Bugungi kunda Afg‘oniston masalasi AQSh uchun ulkan dardga aylandi. Chunki, 18 yildan buyon milliarddagan dollar sarflagan rasmiy hukumat xalqning qo‘lloviga ega bo‘la olmadi. Aksincha, kun sayin holsizlanib bormoqda.

Afsuski, bugunga kelib “Tolibon” vakillari ham 18 yillik mehnatning samarasini yo‘qqa chiqarish holatida turibdi. Chunki, u kufr bilan kelishuv sari kadam tashlay boshladi. AQSh shuncha vaqtdan buyon jang bilan eta olmagan g‘alabaga, siyosiy tuzoqlar bilan etishga harakat olib bormoqda.

Aslida, Amerikaning tinchlik rejasi – Tolibon harakatini zayiflatish va uni parchalab, o‘ziga bo‘ysundirishga qaratilgan siyosiy hiyladir. Bu bir tarafdan eng uzun afg‘on urushida yuzaga kelgan Amerikaning mag‘lubiyatini g‘alabaga aylantirsa, boshqa tarafdan bugungi AQSh ma’muriyatining 2020-yil kayta saylanishiga yordam beradi. Shuning uchun, Amerikaning Afg‘onistonda har qanday suratda turushi xuddiki saraton kasalligi kabidir, uni tag tomiri bilan qo‘porib tashlash kerak. Amerika har qanday “chiroyli” takliflarni o‘rtaga qo‘ymasin, ularning barchasi musulmonlar uchun tuzoqdan o‘zga narsa emas!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.