Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Ummatning Shomdagi qo‘zg‘oloni harakatini tuzatish uchun da’vat ishlarini olib bormoqda

78
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Ummatning Shomdagi qo‘zg‘oloni harakatini tuzatish uchun da’vat ishlarini olib bormoqda

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Ummatning Shomdagi qo‘zg‘oloni oqimini to‘g‘rilash uchun da’vat ishlarini olib bormoqda. Hizb hozirgi harakatlarni mustahkamlashga chaqirdi. Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:

«So‘nggi paytlarda Shom qo‘zg‘oloni tushib qolgan holat uning ushbu yo‘lda bergan shuncha qurbonliklariga aslo munosib emas. Xususan, jangchi guruhlardagi etakchilarga berilayotgan mollar ularning qaror va istaklarini tortib olishdan boshqa maqsadda berilmayotgani bugun hammaga ma’lum bo‘lib qoldi. Hatto bu etakchilar Shom ahliga tazyiq o‘tkazish, zulm qilish, bostirib, zo‘ravonlik qilish bilan shug‘ullanadigan bo‘lib qoldi. Vaholanki, Shom ahli aynan shu kabi illatlarga qarshi ko‘tarilgandilar. Bu qilmishlar Shom ahlini qayta harakatga undadi». Bayonotda yana quyidagilar ta’kidlandi:

«Ushbu qayta boshlangan harakat ham, xuddi jilovlanib, so‘ng to‘g‘ri yo‘lidan burib yuborilgan avvalgi harakatlar holiga tushib qolmasligi uchun, uni mustahkamlamoq va buning uchun uning o‘zgarmas asoslariga diqqat qaratmoq lozim. Uning o‘zgarmas asoslari – rejimni ag‘darish va Rosululloh  bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdan hamda kufr davlatlaridan ozod bo‘lishdan iboratdir. Ushbu o‘zgarmas mustahkam asoslarni amalga oshirish uchun esa, avvalo o‘zlarini «donor», deya atayotgan davlatlar, xossatan, Shom qo‘zg‘oloniga qarshi til biriktirayotgani hammaga ayon bo‘lib qolgan Turkiya bilan aloqalarni uzish, keyin, Islom aqidasidan balqib chiqqan aniq siyosiy loyihani qabul qilish hamda xolis ongli siyosiy etakchilikka ergashish zarurdir. Zero, ushbu etakchilik xolis insonlar sa’y-harakatini Rosululloh ning royalari ostiga birlashtirish uchun hamda harakatni haqiqiy roshid Xalifalik loyihasi bo‘lgan ushbu siyosiy loyiha bo‘yicha boshqarib borish uchun faoliyat qilmoqdalar. Qo‘zg‘olonni omonlik qirg‘og‘iga etkazish uchun uning oqimini to‘g‘rilash maqsadida tashlanadigan eng muhim qadam ham mana shudir.

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.