Qoʻrqoqlarning koʻzi uygʻoq

508
0

Qoʻrqoqlarning koʻzi uygʻoq

2019 yil 19 avgust kuni dunyodagi katta armiyalarning oltinchisi boʻlmish Pokiston armiyasining bugungi qoʻmondoni general Bajvaning oʻz mansabida ishlash muddati uch yilga uzaytirildi. Bosh vazir esa: “Ushbu qaror mintaqadagi bugungi xavfsizlik holatiga qarab chiqarildi”, deb bayonot berdi. Bosh vazir tilga olgan holat Amerika va Hindistonga yem boʻlishdir. Holbuki, kuchli musulmon armiyasiga yetakchilik qiladigan shaxs mintaqadagi xavfsizlikni Alloh va Rosuli rozi boʻladigan yoʻl bilan taʼminlaydi, bosib olingan Kashmirdagi musulmonlar chaqirigʻiga javob beradi, Kashmirdagi qarshilik harakatini qurollantiradi va qurolli kuchlarni hal qiluvchi jangda qatnashishi uchun u yerga yuboradi. Ana oʻshanda takbirlar sadosi ostida Srinagarda Xalifalik bayrogʻi tiklanadi. Oʻsha gʻolib qoʻmondon orqali birinchi nusrat keladi, uning ortidan esa Hindiston bilan boʻladigan jangda gʻalaba ketidan gʻalaba keladi. Xolis musulmon qoʻmondon Afgʻonistondagi Tolibon harakatini salibchi kuchlar bilan muzokara tuzogʻiga tushib qolishdan ogohlantirishi lozim. Zero, ushbu salibchi kuchlar Bajva bilan Amerika harbiy kuchlari mintaqada qolishi toʻgʻrisida siyosiy ittifoq tuzgan.

Musulmon qoʻmondon Allohning diniga boʻlgan nusrat roʻyobga chiqishi uchun Afgʻoniston Tolibon harakatini toʻla kuch bilan jihodni davom ettirishiga qiziqtirishi kerak. Taqvodor qoʻmondon odamlarni Xalqaro Valyuta Fondi va kofir kapitalizm qoyasi ostida qiynayotgan demokratiya “asoschilarining yordami”ga chek qoʻyadi. Shuningdek, Alloh yuborgan hukmlar bilan boshqarishga yordam beradi. Ana oʻshanda odamlar Pokistondek sof yurtda Alloh rizq qilib bergan turli neʼmatlardan bahramand boʻladilar.

Shuning uchun biz Ummat arslonlariga yetakchilik qilishga loyiq boʻlgan yetakchiga muhtojmiz. Bundan ozrogʻiga rozi boʻlsak, oʻzimizni baloga giriftor qilgan boʻlamiz. Chunki Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

“إِذَا وُسِّدَ الأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ”

“Agar ish oʻz egasidan boshqasiga topshirilsa qiyomatni kutaver”. Buxoriy rivoyati.

Ey Pokiston armiyasidagi sara kishilar! Haqiqiy qoʻmondon Xolid ibn Valid oʻlim toʻshagida yotar ekan, shunday degan edi: “Yuzdan ortiq janglarda boʻldim, badanimda qilich, nayza yoki kamon oʻqi tegmagan joy qolmadi. Afsuski tuya oʻlgani kabi toʻshagimda, burnim yerga ishqalib oʻlmoqdaman, lekin qoʻrqoqlar koʻzi uygʻoqdir”. Ey Alloh qilichining avlodlari! Buyuk Islomiy Ummat diniga yordam bering, xolis faoliyat qilayotganlarga nusrat bering. Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik loyihasi sohiblari boʻlmish Hizb ut-Tahrirga yordam bering. Ana oʻshanda sizlarni yetaklashga loyiq boʻlgan hamda nusrat va Alloh yoʻlida shahid boʻlish sari sizni yetaklaydigan solih qoʻmondonlar siyratini takrorlaymiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.