AQSh askarlarining Saudiyaga joylashtirilishi tasdiqlandi

519
0

AQSh askarlarining Saudiyaga joylashtirilishi tasdiqlandi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Amerika qoʻshinlarining Saudiyaga kirishini maʼqulladi. Bu haqida Saudiya Mudofaa vazirligining vakili rasmiy xabar agentligi SPAga maʼlum qildi. “Mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va barqarorlikni mustahkamlash uchun Vashington va Riyod birgalikda harakat qilmoqda”, deya bayonot berdi Saudiya Mudofaa vazirligining vakili.

AQSh OAV xabarlariga koʻra, prezident Donald Tramp Saudiya Arabistoniga 500 nafargacha askar yuborishni rejalashtirmoqda.

Amerika qoʻshinlari oxirgi marta Saudiya Arabistoniga 2003 yilda yuborilgan edi. Koʻrfaz urushi tufayli 1991 yilda amerikalik harbiylar bu yerga joylashtirilgan va oʻsha paytda AQSh havo kuchlari Riyodning janubida joylashgan aviabazasidan turib Iroqqa hujumlar uyushtirgan edi.

Endi esa AQSh Eronni “olaboʻji” qilib koʻrsatib, Eronga qarshi “Mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va barqarorlikni mustahkamlash bahonasida arab davlatlariga yana kirib kelmoqda. AQShning bunday Arab davlatlarini istagan yoʻliga yurgʻizish siyosati yangilik emas. Germaniyalik siyosatchi doktor Yurgen Todenxofer Al-Jazira telekanalining “cheksiz” koʻrsatuvida arab davlatlari bilan Eron oʻrtasida urush vahimasini qoʻzgʻash Gʻarb uchun juda qoʻl kelishini alohida taʼkidlagan edi.

Prezident Obama davrida baʼzi siyosiy maqsadlarga koʻra, AQSh bu siyosatdan ortga chekingan edi. Ammo Tramp mamuriyati bu siyosatni yana qayta jonlantirdi. Turli xabarlar orqali AQSh va Eron oʻrtasidagi nizolar goʻyo muntazam ravishda kuchayib borayotgandek koʻrsatilmoqda. Masalan oʻtgan oy oxirida Eronning “inqilob gvardiyasi” AQShga oid uchuvchisiz samolyotni urib tushirganligini eʼlon qilgan boʻlsa, oʻtgan payshanba kuni Hurmuz boʻgʻozida AQSh Eronning uchuvchisiz samolyoti urib tushurilganligini maʼlum qildi. Shunday hodisalar orqali goʻyo bu ikki mamlakat oʻrtasidagi tanglik kuchayib borayotgandek koʻrsatilmoqda.

Lekin bu daʼvolarning barchasi soxtaligi va  Eronning  AQShga  malayligi  juda koʻp hollarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Masalan, AQSh Iroq va Afgʻonistonni bosib olishida Eron faol rol oʻynadi. Chunki Eron Tolibon harakatini agʻdarib tashlash va u yerdagi al-Qoida harbiy lagerlarini vayron qilish uchun amerikaliklarga homiylik qildi. Bu haqida Eronning sobiq prezidentlaridan biri Ali Akbar Rafsanjoniy ochiq bayonot bergan edi.

“Eron kuchlari Tolibonga qarshi jang qildi va uning yanchilishiga oʻz xissasini qoʻshdi. Agar Eron kuchlari Tolibonga qarshi jangga kirmaganda edi, amerikaliklar Afgʻoniston botqogʻiga botib qolishgan boʻlardi, Eron xalqi va armiyasi boʻlmaganida, Tolibonni hukumatdan agʻdarolmagan boʻlishini Amerika unutmasligi kerak”, degan edi Rafsanjoniy.

Eron Amerikaga zid ravishda bir qadam ham tashlay olmaydi. Faqat uning mintaqadagi loyihalari va rejalarini ijro etuvchi rolni ado etadi xolos. Yaʼni, agar AQSh aralashmasa, Eron arab davlatlarini tilka pora qilib tashlaydi, degan bir tasavvurni paydo qilmoqda. Arab davlatlarining hokimlari esa Eronga qarshilik koʻrsatish bahonasida (isroil) bilan hamqorlik qilish yoʻnalishida ketyapti. Bu narsa ulardan (isroilni) davlat sifatida tan olishni va aloqalarni yaxshilashni talab qiladi.

Ammo haqiqat shuki, musulmonlar atrofda yuz berayotgan siyosiy voqelarni teran anglab, bunday soxta fitnalarni oldini olish uchun hokimlarini muhosaba qilishlari lozim. Bunday fitnalarga butunlay chek qoʻyish esa, roshid Xalifalik davlatini tiklash bilangina amalga oshadi. Shuning uchun musulmonlar tafriqaga boʻlinmay, Allohning shariatini hayotga qaytaradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun bor kuchlari bilan harakat olib borishlari lozim.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.