Usmoniylar siyosatga qaytmoqdami?

766
0

Usmoniylar siyosatga qaytmoqdami?

“Musulьmanskaya Turtsiya”  saytida chop qilingan “Usmoniylar siyosatga  qaytmoqda”, nomli maqolada 1924 yilda barcha imtiyozlaridan mahrum qilingan Usmoniylar saltanati  oʻz vatanida yana siyosiy maydonga qaytib kelayotgani davo qilindi. Maqolada yozilishicha, Usmoniylar Imperiyasi hukumatdan chetlatilgandan soʻng oradan 50 yil oʻtib, aniqrogʻi 1974 yildan boshlab tarixiy vatanlariga qaytib kela boshlagan. Birinchilardan boʻlib Shohzoda Horun Abdulkarim Usmonoʻgʻli Turkiyaga qaytib kelgan.

Maqolada jumladan shunday soʻzlar keladi: “Sulton Abdulxamidning nabirasi Shohzoda Horun Abdulkarim Usmonoʻgʻli oxirgi Xalifaning vorisi va bugunlik kunda “Usmoniylar Imperiyasining Sardori” hisoblanadi. Vatanlariga qaytishgach Usmoniylar oilasi uchun siyosatga aralashish man etildi. Ammo Rajab Toyyib Erdugʻon qudrat boshiga kelgandan boshlab vaziyat tubdan oʻzgardi. Bir necha oʻn yillar mobaynida yurtdan quvgʻin qilingan Usmoniylar oilasi Turkiya fuqaroligini qoʻlga kiritishga imtiyoziga ega boʻlishdi. Turkiya jumhuriyatida haqiqiy demokratiya mavjudligi eʼtibori bilan, har qanday fuqaro oʻz Partiyasini tuzishi va siyosiy faoliyat olib borish huquqiga ega. Shu imtiyozdan foydalanib usmoniy Saltanatning bir avlodi (Horun Abdulkarimning oʻgʻli Shohzoda Abdulxamid Kayixon) “Yangi rifoh” (Yeniden Refah) partiyasini tashkil kilishga muyassar boʻldi. Shohzoda Abdulxamid Kayixon bobokaloni Sulton Abdulhamid II. taʼsis etgan “DARÜLACEZE”, xayriya jamiyati kengashining aʼzosi. Ayni paytda Shohzoda Kayixon  “Saltanatning soʻnggi asri” (Devlet Son Yüzyıl).  Nomli tarixiy kinoserial ustida ish olib borayapti. Ushbu film Turkiyaning “TRT 1” televideniyasida namoyish  etilib, Usmoniy Imperiya haqiqatlarini oshkor qiladi. Shohzoda Qayixon Usmoniylar avlodidan rasmiy ravishda siyosiy partiyaga aʼzo bulgan birinchi voris hisoblanadi. 4 yildan soʻng Turkiyada navbatdagi Parlamentlik saylovlari boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Ehtimolga koʻra unda  usmoniy vorislar tuzgan  partiya ishtirok etadi. Saylov Turk halqining yangi partiyada boʻlgan ishonch darajasini koʻrsatib beradi”.

Izoh :

 Bizningcha bu narsaga kufr sistemasi ancha ilgari tayyorgarlikni boshlagan ekan. Tobora  siyosiy manyovrlari zaiflashib, qarib qartayib borayotgan Erdogan janoblari oʻzlari uchun oʻrinbosar gʻamini allakachon ilojini qilgan ekan, biz bir-birimiz bilan bahslashib  sezmay qolibmiz. Suriyadagi jangda magʻlub bulayotgan kufr olami, endi Musulmonlarning  oʻchmas tuygʻularini inobatga olib, kelajakda Musulmonlar uchun ular orzu qilib, faxrlanayotgan haqiqiy “Usmoniylar davrini” muhayyo qilib bermoqchi koʻrinadi. Beixtiyor shu xayolga bordim, zero dunyoning qaysi burchagida bulmasin, haqiqiy Musulmon oʻtgan oʻsha saodatli, adolatli davrni qoʻmsab yashaydi. Shuning uchun, kelajakda kufr olami Xalifa vorislari qoʻli bilan jirkanch loihalarini joriy qilish niyatida boʻlyapti. Bu narsani vaqt koʻrsatadi, ammo bizdan talab kilinayotgan narsa hushyor boʻlishlik!

 Millatchilik, mahalliyparastlik, ajdodlari bilan faxrlanishni Shariat keskin qoralaydi va katta xato deb biladi.

Bizga afrikalik  habash birodar boʻladimi, usmoniy avlodi buladimi, saljuqiy avlodi yoki somoniylar avlodi buladimi,  Islomni mabdʼa sifatida olib kelsa va agar unda Xalifaning shartlari topilsa jon dilimiz bilan bayʼat berib, dunyo va oxirat ishlarida unga itoat kilamiz insha Alloh.

Ammo agar uning boshkaruvi nosharʼiy bulsa, kufr nizomiga asoslangan bulsa va Shariatni Paygʻambarlik minhoji asosida olamga tatbiq qilmasa, hatto agar Sulton  Sulaymonning chinakam vorisi bulsa ham, uni toʻgʻri deb bilmaymiz va unga bayʼat berishni harom ishlardan deb hisoblaymiz.

Munavvara  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.