Aqso masjidi ostida kavlangan tunel

881
0

Aqso masjidi ostida kavlangan tunel

Kuni kecha yahudiylar Aqso masjidi ostida kavlangan tunelning ochilish marosimini oʻtkazishdi. Marosimda yahudlar bosh vaziri Binyamin Netanyahuning xotini bilan birga AQShning Isroildagi elchisi Devid Fridman va AQShning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Jeyson Greyenblatt ham, qoʻllarida kavlash asboblari bilan ishtirok etishdi.

Yahudiylar uzoq yillardan buyon muborak Aqso masjidining ostida kavlash ishlarini davom ettirib keladi. Ularning daʼvosiga koʻra, u yerda buyuk yahudiy ibodatxonasi mavjud boʻlib, uning qoldiqlarini topish uchun kavlashmoqda. Biroq, uzoq vaqt qazishlariga qaramasdan yahudiylarning Muqaddas yerga doir oʻtmishi haqida birorta ham dalil topilgan emas. Ular esa oʻjarlik bilan bu qazish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Yahudiylar Aqso masjidi ostidan oʻz tarixlariga oid hech bir qoldiq topa olmagan boʻlsa-da, qazishni davom ettirishdan koʻzlagan maqsadlari Aqso masjidining poydevorini vayrona holatga keltirish ekanligi aytilmoqda. Ular ushbu maqsadlari yoʻlida biroz boʻlsa-da muvaffaqiyatga erishganligini aytish mumkin. Chunki xabarlarga koʻra, tartibsiz kavlash natijasida Aqso masjidi hovlisining koʻp joylarida choʻkishlar hosil boʻlgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.