Demokratiyadan voz kechish vaqti kelmadimi?!

37
0

Demokratiyadan voz kechish vaqti kelmadimi?!

Axir demokratiya bayrogʻini qachonlardir koʻtarib chiqqan kishini ham shu demokratiya oʻldirdi-ku!!!

Misr televideniyesi ishdan boʻshatilgan sobiq Misr prezidenti Muhammad Mursiyning 2019 yil 17 iyun dushanba kuni sud zalida vafot etganini xabar qildi. Xabarda taʼkidlanishicha, Muhammad Mursiy Hamas bilan aloqa qilganlik borasida sud qilinayotgan paytida kutilmaganda yurak xuruji oqibatida vafot etgan.

Doktor Mursiyni Alloh rahmat qilsin. Zero, Alloh Azza va Jalla u kishini Misrda gʻayriislomiy qonunlar bilan hukm yuritayotgan rahbarlik paytida oʻlim topishidan saqladi. U kishi barcha kinonalik musulmonlarning qonini ichayotgan qattol rejim qoʻlida olti yil muzlum, asir holatda vafot etdi. Biz Allohdan Muhammad Mursiyga Misr prezidenti boʻlgani uchun yoki ayrimlar daʼvo qilayotgandek, demokratiya va qonuniylik shahidi boʻlgani uchun rahmat soʻrayotganimiz yoʻq. Balki u ham rejim tomonidan turmada eʼtiborsizlik bilan qaralib, qasddan oʻldirilgan bir musulmon Ummat farzandi boʻlgani uchun rahmat soʻrayapmiz. Muhammad Mursiyning bundan boshqacha oqibatni tanlash imkoniyati bor edi, hatto qamoqdalik chogʻida ham. Biroq u kishi Sisiy va uning rejimi zoʻrlab joriy qilgan gʻayriinsoniy hayotni, yaʼni mazlumlikni tanladi. Bizning aytar soʻzimiz shuki, haqni izlab, soʻng xato qilgan kishi bilan, botilni izlab, uni topgan kimsa barobar emas. U kishini Alloh rahmat qilsin, uning va Ummat farzandlarining qotillariga esa, laʼnati boʻlsin.

Toʻgʻri, marhumning vafoti Ixvonul Muslimin jamoasiga yechim, murosa va ehtimolli yon berish eshigini ochishi mumkin va bunga yaqin qoldi, deb bilamiz. Biroq – Alloh rahmat qilsin – u kishining oʻlimida Islomni tatbiq qilish uchun faoliyat qilayotgan har bir inson bilmogʻi lozim boʻlgan bir qancha ibrat, nasihat hamda haqiqatlar bor: Birinchisi shuki, shu demokratiyaning oʻzi demokratiya bayrogʻini koʻtarib chiqqanlarni bir kun kelib oʻldirib yuboradi va oʻz fidoiylarining goʻshtini yeydi. Qolaversa, zolimlarga orqa qilish-tayanishning oqibati dahshatli halokat boʻlib, ularga orqa qilgan har bir kimsa bu halokatdan omon qolmaydi. Shuningdek, kim Islom bilan hukm yuritmaydigan hukumatlarga aralashadigan boʻlsa, tamom bu narsa na Islomga yordam beradi va na daʼvatga. Buni ming bor tajribadan oʻtkazdinglar. Bunga aralashganlarning oqibati kofirga malaylikdan hamda kufr qonunlarini tatbiq qilishdan boshqasi boʻlmadi. Bunday holatni ishdan olinishidan oldin Umar Bashirda, Erdoganda, hatto hukmronlik paytida mana shu Mursiyda ham oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Oʻshanda biz Mursiyga nasihatlar qilgandik, ammo quloq solmagan, Alloh gunohini magʻfirat qilsin.

Ey Kinonadagi musulmonlar!

Baʼzilar Muhammad Mursiyning qonuniyligi haqida ogʻiz koʻpirtirayotgan ekanlar, bu qonuniylik uning oʻzi bilan oʻlib ketdi, hatto oʻlimidan oldin hokimiyatdan agʻdarilgan paytdayoq oʻlib boʻlgan. Oʻshanda sizning vazifangiz bunday qonuniylikka ham, qonuniylikni keltirgan demokratiyaga ham mutlaqo ishonmaslikdan iborat edi. Chunki siz talab qilayotgan qonuniylik bu emas. Bu sizni avrab-aldab berilgan va amerikaparast armiya safingizni buzib, qoʻzgʻoloningizni oʻgʻirlagan, keyin oʻzingizni qirib tashlagan “qonuniylik”dir! Shuning uchun, endi, niyatingizni yangilab, Amerika malaylari oʻgʻirlagan qoʻzgʻoloningizni qayta boshlashingiz hamda oldingizdagi qulay fursatdan oqilona foydalanishingiz vojibdir. Haqqingizni yarimtaki emas, butun talab qiling, Amerika va malaylari changalida qolgan hokimiyatingizni sugʻurib olib, uning badboʻy kapitalizmi-yu nufuzini yurtingizdan supurib tashlang. Talab va gʻoyangiz Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdan boshqa narsa boʻlmasin. Bunga erishmaguningizcha undan hargiz voz kechmang va yon bermang. Bu sizning hayot-mamot masalangiz boʻlsin. Chunki haqiqiy qonuniylik mana shu. Demokratiya Gʻarb istayotgan qonuniylik esa, sizni avrab, oʻsha tomonga tortdi va oʻz Islomingiz, qonuniyligingiz, roshid Xalifaligingizdan burib yubordi. Zotan, sizning najotingiz boʻlmish ushbu Xalifalik loyihasini sizga Hizb ut-Tahrir taqdim etmoqda.

Ey Kinona armiyasi safidagi xolis harbiylar!

Bu rejimning har bir xatosi va qator xatolariga sukut qilganingiz va mazlumu bechoralarga yordam bermaganingiz uchun siz javobgarsiz. Zero, sizning qoʻlingizda kuch-qudrat bor va bilingizki, Alloh sizga ato etadigan mukofot anavi Sisiy berayotgan maosh va unvonlardan yaxshidir. Aslida, uning berayotgan maosh va unvonlarini bir pora, deyish mumkin. Shular bilan u zimmangizni (qalbingizni), itoatingizni, Kinona ahliga qarshi sodir etayotgan barcha jinoyatlariga nisbatan sukutingizni sotib olgan. Bu narsalar sizga zarracha naf bermaydi va biror narsada Allohdan behojat qila olmaydi. Alloh huzuridagi neʼmat esa, afzal va boqiydir. Bas, shunday boʻlgach, arzimas narsalarni boqiy narsaga almashing, bu yuvindixoʻr rejimni ildizi bilan qoʻporib tashlash orqali Alloh va Rosuliga yordam bering. Qoʻlingizni Hizb ut-Tahrir aʼzolari qoʻliga berib, birgalikda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo eting. Ushbu davlatgina Misr ahli istayotgan va uning uchun qoʻzgʻalgan barcha narsani ziyodasi bilan beradi. Bundan ham aʼlo narsa esa, sizga hatto maloikalar ham havas qiladigan Robbingiz rizosidir. Allohim, buni kechiktirmasdan, tezroq ato etgin.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar. Bilinglarki, Alloh kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va albatta Uning huzuriga toʻplanursizlar”          [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.