Falastin borasida qilinayotgan til biriktiruv

721
0

Falastin borasida qilinayotgan til biriktiruvga qarshi turishini daʼvo qilayotgan rejim Islomga, Islom daʼvatini yetkazuvchilarga va Falastin ahliga qarshi urush qilmoqda

Trampning koʻz-qarashiga muvofiq Falastin masalasini yoʻq qilishga qaratilgan Bahrayn seminarini oʻtkazish uchun belgilangan kun yaqinlashar ekan, Falastin rejimi xavfsizlik xizmati xodimlari Hizb ut-Tahrir aʼzolarini shafqatsizlarcha qamoqqa olishni davom ettirmoqda. Siyosiy faoliyat olib borishda oʻz huquqidan foydalanayotgan, maʼrufga buyurish va munkardan qaytarishda oʻz sharʼiy vazifasini ado etayotgan yigitlarni qamoqqa olish davomida ularning eng oddiy qonuniy huquqlariga ham eʼtibor berilmadi. Chunki, xuddi bosqinchi kuchlar armiyasi kabi ish tutgan xavfsizlik xizmati xodimlari xonadon hurmatiga ham rioya qilmay, tun yarmida eshiklarni sindirib uylarga bostirib kirishdi hamda ayollar va bolalarni qoʻrqitishdi.

Gʻarbiy Qirgʻoqning turli muhofazalaridan qamoqqa olingan 40 nafardan ortiq Hizb aʼzolarining qamoqqa olinganiga oʻn kun boʻldi. Biroq, ularning koʻpchiligi hanuz ozod qilinmadi va ularning kafolat evaziga ozod etilishi ham rad etib kelinmoqda. Bu esa, qamoqqa olishlarni davom ettirish mahkamaga, ehtimolki, Falastin rejimining oʻziga majburan yuklanganini koʻrsatadi.

Rejim Falastin masalasi yoʻq qilinishiga qarshi chiqishini daʼvo qila turib, ayni shu til biriktiruvga qarshi chiqqan Hizb aʼzolarini qamoqqa oldi. Falastin rejimi bu masalani Amerikaning til biriktiruvi, deb hisoblashini daʼvo qiladi. Biroq uning harakatlari va shu kunlarda amalga oshirayotgan ishlari uning daʼvosi yolgʻonligini koʻrsatmoqda. Chunki bu rejim Oslo kelishuviga hamda Falastining asosiy qismi yahudiylarga berilishiga asoslanib ish tutib kelmoqda. U yahud vujudini himoya qilib, ularning xavfsizligini taʼminlashga jon-jahdi bilan harakat qiladi. Rejim rahbari ham xavfsizlik kelishuvini muqaddas, deb bilib, Falastin ahlining diniga qarshi kurashadi, ularning or-nomusini oyoq-osti qilib, hatto oziq-ovqatlarini talon-toroj qiladi. U sunʼiy ravishda ogʻir sharoitni paydo qilish orqali Falastin  ahlini koʻchirishga harakat qilib kelmoqda hamda oʻz rahbarlari hamyonini toʻldirish uchun odamlarni qashshoqlashtirmoqda. Bulardan maqsad, oʻzlarining beparvoliklari va Falastin masalasini yoʻq qilish loyihasi boʻyicha yurishlari davomiyligini kafolatlashdir. Bu rejim uning ishini fosh qilgan hamda xiyonati va buzgʻunchiligini ochgan kishilarning barchasini qamoqqa olib ularga zulm qiladi.

Ahvoli shu boʻlgan rejimning Falastin masalasini yoʻq qilishga qaratilgan fitnaga qarshi chiqishiga ishonish mumkinmi?! Rejimning barcha boʻgʻinlarini nazorat qilayotgan, amerikalik general Dayton tayyorlab mashgʻulotdan oʻtkazgan xavfsizlik xizmati xodimlarining Amerika rejalarini muvaffaqiyatsizlikka uchratishiga ishonsa boʻladimi?! Amerika ularni shu rolni ado etishlari uchun tayyorladimi?!

Asl basharasi fosh boʻlgan, Falastin ahli oldida yana-da tubanlashgan bu rejim Bahrayn seminariga qarshi chiqishini daʼvo qila turib, ayni shu paytda ushbu xoinlik seminarida ayrim rejimlarning ishtirok etishini “tushunishini” aytmoqda.

Oslo kelishuvi asosida paydo boʻlgan bu rejim Falastin ahliga vayronagarchilikdan boshqa narsani olib kelmadi. Mana u bugun Falastin ahlini iqtisodiy halokatga, axloqiy buzuqlikka va siyosiy xiyonatga yetaklamoqda, ularga qarshi dushmanlar bilan til biriktirib, oʻzlarining loyihalariga qarshi chiqqan xolis kishilarni qamoqqa olmoqda. U falastin ahlining xolis kishilarini gapirtirmay qoʻyaman, deb oʻylayapti. Biroq bu xayoldir. Chunki, biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari qamoqqa olingan yigitlarimizga, Nabiy ﷺning Isro maskaniga nisbatan u amalga oshirgan jinoyatlarga jim qarab turmaymiz. Agar u Hizb aʼzolarining qamoqqa olinishi Hizbni fitna va xiyonatlarni fosh qilishdan mashgʻul qilib qoʻyadi deb oʻylasa, xomxayollik qilibdi.

Rejimdan va uning xavfsizlik xizmati xodimlaridan kuchliroq boʻlganlar ham Hizbning qatʼiyatini sindira olmagan. Rejim har qancha zolimlik qilsa ham uning makr-hiylalari bizga aslo ziyon yetkaza olmaydi. U oʻzining zulmlari bilan dunyoda sharmandalikka va Ummatning gʻazabiga uchraydi. Oxirat azobi esa, qattiqroq va alamliroqdir.

Biz shuni taʼkidlamoqchimizki, Asr kelishuvi, ikki davlat yechimi va bitta davlat yechimi kabi mustamlakachilarning barcha loyihalari Falastinga nisbatan qilingan xiyonatdir. Til biriktiruvchilarning shovqin-suroni va ularning don kixotlikka (xomxayollikka) asoslangan janglari jasorat emas. Chunki, Falastinning bir qarichiga boʻlsa ham beparvolik qilish jinoyat va xiyonatdir. Bu xiyonatni dunyodagi hech bir xitob va shior chiroyli qilib koʻrsata olmaydi. Chunki uning hukmi yetti osmon ustidan kelgan.

Ammo, muborak Falastin zaminiga kelsak, u Islomiy Ummat masalasidir. Bu zamin Ummat bagʻriga qaytarilishi lozim. Toki, u oʻz paygʻambarining Isro maskaniga nisbatan javobgarlikni oʻz zimmasiga olsin. Albatta Ummat va uning millionlagan armiyasi Aqsoni tozalab uni ozod qilishga hamda muborak Falastin zaminidan yahud vujudini sugʻurib tashlashga tashnadir. Biz bu kunni juda yaqin deb bilamiz. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?

فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَىٰ أَن تُصِيبَنَا دَائِرَةٌ فَعَسَى اللَّهُ أَن يَأْتِيَ بِالْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِّنْ عِندِهِ فَيُصْبِحُوا عَلَىٰ مَا أَسَرُّوا فِي أَنفُسِهِمْ نَادِمِينَ

“Bas, Siz dillarida maraz boʻlgan kimsalar: “Bizga biron balo yetishidan qoʻrqamiz”, degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini koʻrasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga gʻalaba bersa yoki oʻz huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar” [Moida 52]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.