Ey Shom ahli! Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlang va qoʻzgʻoloningizga qarshi toʻqilayotgan fitnalarni barbod qiling

500
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Shom ahli! Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlang va qoʻzgʻoloningizga qarshi toʻqilayotgan fitnalarni barbod qiling

Baladi Nьyus sayti (hijriy 1440 yil 5 shavvol, milodiy 2019 yil 8 iyun shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Asad rejimi kuchlari bilan Rossiya kuchlari Idlib muhofazasi yaqinidagi shahar va qishloqlarni zambarakalar, raketalar va samolyotlar yordamida bombardimon qilishni boshladi. Bu Joriy oy boshida Suriya shimoliy mintaqalarida boshlangan harbiy amaliyotlar doirasida oʻtkazilmoqda.

Baladi Nьyus agentligining Idlibdagi muxbiriga koʻra, shanba kuni rejimning harbiy samolyotlari Hubayt, Kufri Avid, Karsaa, Maar Tahrima kabi shahar va qishloqlarga hamda Idlib janubidagi Hass atroflariga raketalar otdi. Berilgan zarbalar fuqarolar orasida hech qanday qurbonlar keltirmagan boʻlsa-da, biroq moddiy ziyonlarni keltirib chiqardi.

Muxbirimiz – rejimga qarashli vertolyotlar Idlib janubidagi Maarrati Noʻmon shahrining Homidiya rayoniga portlovchi bochkalar tashlaganini, halok boʻlganlar qayd etilmaganini maʼlum qildi.

Xususan, Rossiya harbiy samolyotlari ham Idlib janubidagi Shahshabo togʻli mintaqasida joylashgan Tramla va Kavkaba shaharlarini nishonga olib, havo hujumlarini uyushtirdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Qonxoʻr rejim va adovatchi Rossiyaning harbiy samolyotlari “alangali yer” siyosati doirasida yuzlab havo hujumlarini sodir etib, minglab bomba va raketalar yogʻdirib kelishmoqda. Shunga qaramay, odamlar oʻzlaridagi oz imkoniyatlari bilan boʻlsa ham ularga qarshi turib, oldinga siljishlarini qiyinlashtirmoqdalar. Keyin, baʼzi hududlarni tashlab chiqishga toʻgʻri kelsa, baʼzilarini goh u tomon, goh bu tomon oʻz nazoratiga olyapti. Shom zaminida guvoh boʻlayotganimiz bu hodisalar barchaga oydek ravshan boʻlib qolgan haqiqatlarni koʻrsatmoqda. Gap shundaki, qonxoʻr rejim kuchlarida zaiflik va askarlarda maʼnaviy holsizlik yuzaga kelgani hamda qarshi jang olib borib, jangni oʻz foydalariga hal etish imkoniyatlarini yoʻqotishayotgani yaqqol koʻrinib qoldi. Holbuki, rejim oʻzining butun quruqlik va havo kuchlarini safarbar qilib, kengkoʻlamli bombardimonlarni sodir etyapti. Agar AQSh va Rossiya rejasi asosida xalqaro yordamlar berilmay, Eron va uning tarafdorlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri regional qoʻllab-quvvatlov koʻrsatilmaganda edi, bu rejim erta qachon tugab bitgan boʻlar edi.

Shunday ekan, Shom ahlining vazifasi shundan iboratki, ular Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlab, oʻzlariga qarshi toʻqilayotgan fitnalarga qarshi tursinlar, aslo umidsizlikka tushmasinlar. Aksincha, harakatga kelishlariga sabab boʻlgan haq ustida sobit turishda davom etib, atroflaridagi xolis aka-ukalariga qoʻshilsinlar. Shu bilan birga, ongli tarzda harakat qilishlari, Robbimiz rozi boʻladigan va aqidamizdan balqib chiqqan loyiha boʻlmish Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish loyihasini mahkam ushlashlari kerak. Bu loyihani kufr, istibdod va jinoyatga asoslangan rejim xarobalari uzra amalga oshirish uchun shu loyiha asosida harakat qilishlari lozim. Buni Robbimiz diniga nusrat-yordam berish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun U Zotning roziligini koʻzlab amalga oshirish lozim. Faqat shundagina ikki dunyo baxti va muvaffaqiyatiga noil boʻlamiz.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.