Sudan va Jazoirdagi qoʻzgʻolon talablari zulm koʻtarilib, adolat qaror topishiga olib boradimi?!

192
0

Sudan va Jazoirdagi qoʻzgʻolon talablari zulm koʻtarilib, adolat qaror topishiga olib boradimi?!

Sudan va Jazoirda qoʻzgʻolon koʻtargan odamlarning asosiy talablari zulmdan, uning oqibatlari-yu sabablaridan va zolimlardan qutulishni hamda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy… barcha sohada adolat qaror topishini talab qilish boʻldi. Xoʻsh, xorlik va zulmga qarshi koʻtarilgan bu qoʻzgʻolonchilar hurmat-izzat va adolatning qaror topishi uchun toʻgʻri yoʻlni tutishdimi?!

Shubhasiz, ushbu ikki yurtdagi maydonlarda va turli axborot vositalarida, rasmiy va norasmiy tashkilotlarda xorlik va zulmga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonchilar harakatiga nazar solgan kishi afsuski, bir narsaning guvohi boʻladi. Yaʼni, ularning aksari fuqarolik davlati va erkinliklarni talab qilishyapti, harbiy boshqaruvdan qutulib, oʻrniga armiya tashqarisidagi fuqarolik boshqaruvi tiklanishiga, armiya vazifasi esa, qoʻzgʻolon va uning yutuqlarini mudofaa qilishi lozimligiga chaqirishyapti. Bas, bu fikr va talablar, avvalo, xalq istagini roʻyobga chiqaradimi? Xuddi Misr, Liviya, Tunis va Shomda shunday boʻlgani kabi, xalqning qutulmoqchi boʻlgan oʻrasiga yana qayta qulamasligini, zulmning battar kuchaymasligini kafolatlaydimi?!

Alloh Subhanahu va Taolo bizga taʼlim sifatida bunday dedi:

أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَى تَقْوَى مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَمْ مَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىَ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ وَاللَّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Bas, (bu) binolarini Allohdan qoʻrqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolarini yemirilayotgan jar yoqasini qurib olib, shu sababli oʻzi ham jahannam oʻtiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas”  [Tavba 109]

Yana bunday dedi:

﴿فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَى  وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى

“Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yoʻldan ozmas va baxtsiz boʻlmas. Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot boʻlur va Biz uni qiyomat kunida koʻr holda tiriltirurmiz” [Toha 123-124]

Rosululloh ﷺ ham bunday marhamat qildilar:

“لَقَدْ تَرَكْتُكُمْ عَلَى الْمَحَجَّةِ الْبَيْضَاءِ (أي الطريق الواضحة البينة)، لَيْلُهَا كَنَهَارِهَا لا يَزِيغُ عَنْهَا بَعْدِي إِلاَّ هَالِكٌ”

“Men sizlarga ochiq-oydin yoʻlni qoldirib ketyapman. Uning tuni kunduzdek yorugʻdir. Mendan keyin bu yoʻldan yurgan hech bir kishi adashmaydi, faqat halokatga mahkum kimsagina adashadi”. (Imom Ahmad rivoyati).

Ha albatta, Alloh va Rosulining kalomi haq. Agar faqat musulmon yurtlarigagina emas, butun olamga nazar tashlaydigan boʻlsak hamda taraqqiyoti, ilm-fan va madaniyatda ilgʻorlikka erishgani bilan maqtanayotgan Yevropa va Amerikaga qarasak ularning xalqlari haqiqiy erkinlikka yetishganini koʻramizmi?! Bu davlatlar iqtisodi, siyosat, ijtimo sohalarida adolat va xotirjamlikni qaror toptira olishganiga guvoh boʻlamizmi?!

Agar mavjud voqelikka nazar tashlasak – fikriy jihati nosogʻlomligidan tashqari – zulmning eng jirkanch suratda ekaniga va zulmdan jafo chekish turli manzaralarda namoyon boʻlayotganiga guvoh boʻlamiz. Hatto bu manzara 2011 yili Yevropa va Amerikaning mingdan ziyod shaharlarida xalq namoyishi boʻlib oʻtib, Uoll-Stritni, biznes va moliya markazlarini bekor qilishni talab qilish darajasiga yetdi. Krizislar ham Yevropa, ham Amerikani barobar oʻz domiga tortmoqda. Bu davlatlar kapitalistik tuzum paydo boʻlgandan beri oʻzlarini krizislardan qutqarolmay keladi. Yevropaning eng taraqqiy topgan davlatlarida har oyda minglab oʻz joniga qasd qilish va hech bir sababsiz suiqasd qilish holatlari kuzatiladi… Insonlarning siyosiy va iqtisodiy hayoti ustidan zoʻravonlik qilayotgan kapitalist sinf esa, atigi 2 %ni tashkil qiladi… Frantsiyadagi namoyishchilar oylab koʻchalarni aylanib, fuqarolik qonunlari va zoʻravon boshqaruv sababli kelib chiqqan zulmga barham berilishini talab qilishdi. Shu kunlarda Britaniyada… yoki Amerikaning ayrim shtatlarida ittifoqdan chiqish urinishlari kuzatilmoqda va bu ularning ittifoqiga tahdid solmoqda.

Fikriy jihatga kelsak, bu borada omi ham, olim ham tushuna oladigan qisqa va loʻnda gapirishimizning oʻzi kifoya: toʻrtta erkinliklarga asoslangan va dinni hayotdan ajratish ustiga bino boʻlgan kapitalistik tuzum, cherkov va dindorlar zulmi sababli instinktiv reaktsiya bildirish natijasida paydo boʻldi va uning tarafdorlari cherkov quldorligiga qarshi erkinliklarni boshlab yuborishdi. Oqibatda, nafs-havoga, qosir aqlga qul boʻlishdi. Inson huquqlari tashkilotlari shaxsni jamoadan himoya qiladigan boʻldi va bunga cherkov va dindorlar zulmi sabab boʻldi hamda bunda shaxsga jamoaning tugʻyoni sabab boʻlganini daʼvo qilishdi.

Shunday ekan, shuncha narsalardan keyin ham, toʻgʻri yoʻlda yurgan va aqliraso musulmon farzandlarimiz orasida erkinlikni va demokratik fuqarolik boshqaruviga asoslagan fuqarolik davlatini istaymiz, deguvchilar boʻlishi aqlga toʻgʻri keladimi?! Eng oliy narsani eng tuban narsaga almashtirish aqldanmi?! Badboʻy balchiqdan yoki chiqindilar kanalidan sof zilol suv olishga urinish aqlga toʻgʻri keladimi?! Jazirama issiqda jonimizni qalin daraxt soyasidan olib qochib, olovga toblashimiz aqldanmi?!

Eng gʻalatisi shuki, maʼlumki qoʻzgʻolonchilar avvalo musulmonlardir. Ular Alloh Azza va Jallaning yagonaligiga eʼtiqod qiluvchi, kufr va kofirlarga rozi boʻlmay, kecha-yu kunduz Qurʼon tilovat qiluvchi, Baytulloh tavofiga shoshilib, Ramazon roʻzasini tutuvchi kishilardir. Ammo shunday boʻla turib, ular fuqarolik davlatini talab qilib yotishibdi… najot yoʻli shu deb oʻylashyapti! Ular xuddi chanqoqdan yolgʻon sarob sari yugurib, yetib borganda mashaqqat va azob-uqubatdan boshqa hech narsa topolmagan kishilarga oʻxshayaptilar. Shoir bunday deya toʻgʻri aytgan:

Sogʻlikni istaysiz-u, oʻzingiz

Tuzalish yoʻlidan yurmaysiz…

Kemani quruqlikda suzganin

Oʻzingiz hech koʻrganmisiz.

Choʻlda tashna holdan toygan

Ustiga esa, suv ortib olgan

Misoli tuya boʻlganmisiz?!

Qurʼonimiz bunday demoqda:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْراً أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالاً مُّبِيناً

“Alloh va Rosuliga bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron moʻmin va moʻmina uchun (Allohning hukmini qoʻyib) oʻz ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Rosuliga osiy boʻlsa, bas u ochiq yoʻldan ozish bilan yoʻldan ozibdi”          [Ahzob 36]

Bu bir jihatdan. Boshqa jihatdan esa, fuqarolik davlati va erkinliklar Islom diniga butunlay zid. Fuqarolik davlatiga taʼrif berib, bunday deyishgan: “Fuqarolik davlati – jamiyat istagini ifodalaydigan davlat boʻlib, uning qonun davlati boʻlishi va fuqarolik nizomidan kelib chiqishi erkinliklarni kafolatlaydi hamda turfa xillik va oʻzgaga rozi boʻlishni qabul qiladi. Fuqarolik davlati – vatandoshlikni oʻzidagi barcha fuqarolarning huquq va vazifalarining asosi deb biladi va nihoyat, bu davlat demokratiyaga va hokimiyatni tinch yoʻl bilan olish ayirboshlashiga amal qiladi”.

Demak, fuqarolik davlatida Qurʼonni hukmron qilish yoʻq, aksincha, unda fuqarolik qonunlari hukmron. Unda erkinliklarga keng yoʻl ochib qoʻyilgan.

Afsuski, Sudan va Jazoirdagi qoʻzgʻolonchilar boshqa yurtlarda boʻlib oʻtgan ishlardan saboq olishmadi. Bilʼaks, oʻzlaridan oldingi kishilar chaqtirgan kovakka barmoqlarini tiqishdi. Ular mana bunday deyayotgan Robbilarining xitobiga quloq solishmadi:

وَأَنَّ هَـذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيماً فَاتَّبِعُوهُ وَلاَ تَتَّبِعُواْ السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Albatta, mana shu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, shu yoʻlga ergashinglar! (Boshqa) yoʻllarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yoʻlidan uzib qoʻyar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi” [Anʼom 153]

Rosululloh ﷺning ushbu vasiyatlariga ham quloq tutishmadi:

“لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin bitta kovakdan ikki marta chaqtirmaydi”. (Imom Buxoriy rivoyati).

Soʻzimiz nihoyasida Sudan va Jazoirdagi birodarlarimizga nasihat qilib, bunday deymiz: Oʻn uch asr mobaynida sizga yaxshilik keltirgan, sizdan xorlik va zulmni daf qilgan, sizni insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga aylantirgan birdan-bir tuzum Islom davlati soyasidagi Islom tuzumidir. Qachon ushbu Islom nizomi gʻoyib qilingach yoki zaiflashgach, sizga xorlik, zulm va jaholat yetdi, tubanlikka quladingiz, chor atrofdan mustamlakachilar sizga qarshi urush qiladigan boʻldi. Shuning uchun Qurʼonda va Rosulingiz ﷺ Sunnatlarida gavdalangan diningizni mahkam tutmogʻingiz vojib. Yagona talabingiz shu boʻlsin, undan boshqasi boʻlmasin. Alloh Taolo bunday dedi:

أَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِي بِهِ فِي النَّاسِ كَمَنْ مَثَلُهُ فِي الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِنْهَا كَذَلِكَ زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

“Avval oʻlik (kofir) boʻlgan, soʻngra biz uni (dinga hidoyat qilish bilan) tiriltirib, unga odamlar orasida oʻzi bilan birga olib yuradigan nurni (imonni) berib qoʻyganimiz bir kishi – zulmatlarda qolib ketgan va undan hech chiquvchi boʻlmagan kimsaga oʻxshaydimi?! (Moʻminlarga imonlari qanday chiroyli koʻrinsa), kofirlarga ham qilayotgan amallari ana shunday chiroyli qilib koʻrsatib qoʻyildi” [Anʼom 122]

Alloh Taolo yana bunday dedi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʻplanursizlar” [Anfol 24]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.