Gujarat qonxoʻri va Kashmirdagi musulmonlar qotili boʻlgan Modidan Imron Xon qanday qilib yaxshilik kutyapti?!

26
0

Gujarat qonxoʻri va Kashmirdagi musulmonlar qotili boʻlgan Modidan Imron Xon qanday qilib yaxshilik kutyapti?!

Hindiston saylovlarida Narendra Modi gʻalaba qozongandan soʻng Imron Xon xursand boʻldi va 2019 yil 23 may kuni Tvitterda “Men Bxaratiya Janata partiyasi saylovda gʻalaba qozongani uchun Hindiston bosh vaziri Modini tabriklayman, u bilan birgalikda Janubiy Osiyoda tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni roʻyobga chiqarishga harakat qilamiz”, deb uni qutladi. Shunday qilib, Imron Xon Modidan tinchlik izlayapti. Holbuki, 2002 yil musulmonlarga qarshi sodir etilgan Gujarat qirgʻinida Modi ayni shtatning meri edi. Imron Xon bosib olingan Kashmirdagi musulmonlar boshiga zambaraklar bilan bomba yogʻdirgan kimsani tabriklayapti! Pokiston bosh vaziri Pokiston havo boʻshligʻini ochiqdan-ochiq buzib kirgan va kuzatuv liniyalaridan doim oʻq uzib turgan bir kimsadan tinchlik va farovonlik kutyapti! Shuningdek, Imron Xon 2019 yil 8 aprelda – agar hokimiyatga saylansam, konstitutsiyaning Kashmir xususidagi bandini bekor qilaman, deya yuzsizlarcha bayonot bergan kimsadan yaxshilik umid qilyapti! Rajaga taqlid qilib, ochiq togʻutlik qilayotgan Modini tabriklash, dunyoda kuchli islomiy harbiy quvvatga ega boʻlgan bir davlatning rahbariga mutlaqo yarashmaydi! Imron Xon hech boʻlmasa, Rosululloh ﷺning Buxoriy rivoyat qilgan

“وَمَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللهِ وَاليَومِ الآخِرِ، فَلْيَقُلْ خَيْراً أَوْ لِيَصْمُتْ”

“Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi soʻz soʻzlasin yoki jim tursin”, degan hadislariga amal qilib, jim turgani maʼqul edi.

Ey Pokistondagi xususan, qurolli kuchlar safidagi musulmonlar!

Imron Xon xiyonat yoʻlidan ketyapti. Bu yoʻl undan oldingi Musharraf va Navoz Shariflar yurgan yoʻldir. U ham shu ikki bosh vazirning qilmishlarini sodir etib, amerikalik xoʻjayinlarining regional guruh tuzish va unga mushrik Hindistonni yetakchi qilish rejasini amalga oshirishga urinyapti. Reja boʻyicha, Pokiston Hindistondan keyingi yetakchi davlat boʻlishi kerak. Xoʻsh, ushbu xor rejimni qoʻporib tashlashimiz uchun bu kimsaning shuncha qilmishlari kifoya emasmi?! Modi hujumi ortidan bizning qurolli kuchlarimiz harbiy holatni egallab, jangga buyruq berilishini kutgan edilar. Lekin, saylov masalasida Modiga muammo tugʻilmasligi uchun Pokiston rejimi bunga yoʻl qoʻymadi. Oʻshanda bizning qudratli havo kuchlarimiz Allohning madadi ila, havo javobi bilan dushman qalbiga qoʻrquv solgan edi… Biroq shu Imron asir olingan Hindiston uchuvchisini ozod etish bilan Modining obroʻsini saqlab qoldi. Bugun Hindistonning Kashmirdagi bosqinchiligi tang holatga yetgan. Chunki Hindiston Kashmirdagi yirik sondagi xalq qoʻzgʻoloniga duch kelib, undan gʻolib kelishdan umidini uzgan edi. Pokiston rejimi esa, qurolli kuchlarimizning Hindiston davlatini yer tishlatishga va Kashmirdan majburan chiqarib yuborishga qodir ekanini unutgan koʻrinadi. Rejimning shuncha xiyonatlari yetar endi. Uni xiyonatdan tiyib qoʻyib, bunday yoʻlda davom etishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Shunday qilmasak, pushaymon boʻlamiz. Bas, uni agʻdarib, oʻrniga Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqaruvchi davlatni barpo qiling. Paygʻambarlik minhoji asosidagi ushbu davlatgina bosib olingan Kashmirni ozod etadi, Islomni hayot yoʻliga aylantirish orqali haqiqiy tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni taʼminlaydi. Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ وَلِيًّا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ نَصِيرًا

“(Ey moʻminlar), sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan bechoralar yoʻlida jang qilmayapsizlar, (axir ular) – Robbimiz, bizni egalari zolim boʻlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʻz huzuringdan bir doʻst bergin, bizga oʻz huzuringdan bir yordamchi chiqargin”, demoqdalar?!”  [Niso 74]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.