Danford: AQSh kuchlari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnitilguniga qadar qolaveradi

81
0

Danford: AQSh kuchlari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnitilguniga qadar qolaveradi

AQSh Bosh shtabi boshqarmasining rahbari Jozef Danford Amerika Qoʻshma Shtatlarining Qurolli kuchlari Afgʻonistonni tark etmasligini bildirdi.

“Afgʻonistonda notinchliklar davom etayotgan ekan, oʻylaymanki, biz terrorizmga qarshi kurashish uchun u yerda kuchlarimizning qolishiga ehtiyoj sezamiz”, dedi Danford kongresda soʻzlagan nutqida.

Biroq AQShning Afgʻoniston masalalari boʻyicha vakili Zalmay Halilzod boshchiligida AQSh va Tolibon harakati oʻrtasida olib borilayotgan muzokaralarda Tolibon taraf barcha xorijiy kuchlarning Afgʻonistondan olib chiqib ketilishini talab qilayotgani aytiladi.

Shuningdek, bundan bir necha kun avval Afgʻoniston Mudofaa vazirligi Nangarhar shahrida qirq uch nafar IShID tashkilotining aʼzosi jumladan, oʻzbek millatiga mansub liderlar oʻldirilganligini maʼlum qilgan edi.

“Xalqaro koalitsiya kuchlari Afgʻoniston quruqlik kuchlari bilan kelishgan holda Nangarharning Dejal Sar mintaqasida Ishid tashkilotiga qarashli mashgʻulot markazlariga ikki marta havo hujumlarini amalga oshirdi. Buning natijasida 43 nafar terrorchi halok boʻldi. Ular orasida oʻzbekistonlik va pokistonlik jangchi qoʻmondonlar ham bor”, deyiladi Afgʻoniston Mudofaa vazirligi tomonidan chiqarilgan bayonotda.

Shuni aytib oʻtish lozimki, AQSh kuchlari afgʻon zaminida qariyb 18 yildan buyon jang olib bormoqda. Bu jang AQSh tarixida eng uzoq davom etgan jangdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.