AQSh va “Tolibon” qoʻshinlarni olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishmoqchi

513
0

AQSh va “Tolibon” qoʻshinlarni olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishmoqchi

Maxsus vakil Zalmay Xalilzod boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi va “Tolibon” harakati Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuvga erishish uchun Qatarda navbatdagi muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda “Tolibon” harakati matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga koʻra, Xalilzod “Tolibon” siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul Gʻani Baradar bilan uchrashgan, ular afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etish borasida fikr almashgan.

Qatar hukumati hozircha Dohada yangi muzokaralar boʻlib oʻtishini tasdiqlamagan.

Amerika delegatsiyasi va “Tolibon” oʻrtasida mart oyida muzokaralar boʻlib oʻtgandi. Tomonlar uning sermahsulligini qayd etishgan, ammo Afgʻonistondan AQSh qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuv imzolanmagandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.