Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekistonga keldi

273
0

Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekistonga keldi

 2019 yil 6 mart kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda mehmon boʻlib turgan Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

 TIV xabariga koʻra, uchrashuvda Afgʻonistonda tinchlik jarayonini boshlash bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilingan hamda mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

 Vazir Afgʻoniston mamlakat tashqi siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolayotganini va Oʻzbekiston uning iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklashda bundan keyin ham har qanday yordamni koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi.

 Maslahatchi Hamidulla Muhib Afgʻoniston va uning xalqi uchun transport, energetika, va yoshlar uchun taʼlim sohalaridagi strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston tomonining ishtirok etishi Afgʻonistonda barqarorlikka erishish, uni mintaqaviy iqtisodiy uygʻunlashuvga jalb qilishning tarkibiy qismi va muhim sharti ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Afgʻoniston kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.