Xitoy AQSHni ikki xil yondashuvda aybladi

435
0

Xitoy AQSHni ikki xil yondashuvda aybladi

Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin AQSHning yangi strategiyasiga munosabat bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Oq uy maʼmuriyati Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Chuninning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar koʻp bora boshqa mamlakatlardan qurollar ishlab chiqish bilan bogʻliq tadqiqotlarni kamaytirishni talab qilgan.

“Shu bilan birga, AQSH oʻz ommaviy qirgʻin qurollarini rivojlantirishda davom etishi haqida maʼlum qilmoqda. Bu – ikki xil standartdir”, – deya aytib oʻtdi Chunin.

Shuningdek, Chunin AQSH BMT Xavfsizlik kengashining boshqa doimiy aʼzolari bilan birgalikda global barqarorlikka koʻmaklashishiga umid bildirdi.

Avvalroq AQSH yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi ekani xabar qilingandi.

AQSHning raketalardan mudofaa boʻyicha yangi strategiyasi shuni nazarda tutadiki, bunda mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turishning asosiy vositasi sifatida koʻrishda davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.