Qirgʻizistondagi vaziyat

811
0

Qirgʻizistondagi vaziyat

Qirgʻizistonda siyosiy voqealar jadal surʼatda rivojlanib bormoqda. Chunki joriy holat va sharoitlar aksar xalqning noroziligini uygʻotdi. Shu sababli bu norozilik siyosiy voqealarning oʻzagi boʻlib qolmoqda. Oʻlkamizdagi siyosatchilar har doimgidek mazkur fursatdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib qolish harakatida.

Hozir faol harakat olib borayotgan siyosatchilarni asosan toʻrt guruhga boʻlsak boʻladi, ular:

1. Hukumatni egallab turgan va ularning atrofidagi shaxslar;

2. Atambayev tarafdorlari va ularga qoʻshilganlar;

3. Gʻarbparastlar va ularga kelib qoʻshilganlar;

4. Yuqoridagilarga qoʻshila olmasdan, millatchilik va vatanparvarlik shiorlari ostida birlashganlar va boshqalar…

(Taʼqidlab oʻtish lozimki, maqolada ayrim siyosatchilar tilga olinganida, ularga yakka shaxs sifatida emas, balki davlat siyosatchisi degan nazarda qaraladi)

Xalq tomonidan koʻtarilib, siyosiy voqealar oʻzagiga aylangan va siyosatchilar undan foydalanmoqchi boʻlayotgan ishlar: Xitoyga qarshi ommaviy norozilik kayfiyatining paydo boʻlishi va yangi kodekslarning ishga tushishi boʻldi.

Dastlab, Xitoyga qarshi ommaviy norozilik kayfiyatining paydo boʻlishiga 2018 yil boshida IESdagi avariya sabab boʻldi. U voqea qish chillasida sovuqqotgan xalqda noroziligini paydo qilgan edi. Shunga binoan, Xitoyning TVЕA shirkati ishga oshirgan Bishkek IESini modernizatsiyalash ishi tekshirila boshlandi. Oʻsha paytda fosh boʻlib ketgan baʼzi maʼlumotlar Xitoy shirkati va korrupsionerlarga qarshi xalqda kuchli norozilik kayfiyatini yaratdi. Ayni paytda yangi hukumat fursatdan foydalanib, uni oʻz siyosiy manfaati yoʻliga burib yubordi. Yaʼni u orqali avvalgi hukumatning taʼsirini bartaraf qilishga va hukumatni “atambayevchilardan” tozalashga ishlatdi.

Keyin Xitoy hukumatining Sharqiy Turkiston musulmonlariga qilayotgan zulmi dunyo jamoatchiligiga fosh boʻlib, bu ish dunyo musulmonlarining, jumladan Qirgʻiziston musulmonlarining ham dindosh birodarlarlik tuygʻularini qoʻzgʻab yubordi. Buning ketidan Xitoy ekspansiyasining yuzi ham yorqinroq qoʻrinib qoldi. Bu narsalar xalqda Hitoyga qarshi nafrat uygʻotdi. Bunday ommaviy norozilikni na hukumat, na avvalgi va na keyingi muxolifat xohlagan edi.

Endi esa 2017 yil qabul qilingan yangi kodekslar ishga tushdi. Bu ham halqda norozilikni paydo qildi. Negaki, kodeksning ayrim bandlari bazoʻr roʻzgʻor tabratayotgan insonlarning davlat tomonidan talanishiga yoʻl ochib berar edi.

Mana shu voqealar rivojida siyosatchilar noroziliklarni oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatishga oʻtishdi. “Atambayevchilar” xalqning noroziliklarini amaldagi hukumatga qarshi yoʻnaltirishga urinmoqdalar. Chunki, hukumatning ularga qarshi “ovi” toboro chuqurlashib bormoqda. Masalan hozirda, ularning davrida qurilgan, 400 million dollarga yaqin pul sarflangan “Datqo-Kemin” elektr uzatish liniyasining qurilishi tekshirilmoqda. Shuningdek, “avvalgilar” “hozirgilarni” beqarorlik bilan mashgʻul qilib, vaqtinchalik toʻsiq qoʻyishish orqali savdolashishga chaqirmoqchi. Shuningdek, ular bu masalalarda chuqur ketishmaydi. Bunday holatda zarba kayta kelib oʻzlariga tegishini yaxshi bilishadi hamda bu muammolarning asosiy yechimlariga ham kirishishmaydi. Faqat ular vaqtni choʻzib, siyosiy partiya sifatida parlament saylovlarigacha yetib olishni koʻzlashmoqda. Agar ungacha yetishga imkon boʻlmasa, ularning shimol-janub masalasini koʻtarish xavfi ham bor.

Endi hukumat ham bu vokealardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib qolmoqchi. Aslida, yuqorida aytilgan voqealar – yechilishi zarur boʻlgan muammolardir. Ammo, hukumat ularning muammolar ekanligini yashirishga harakat qilmoqda. Ular “eski safdoshlari” tomonidan uyushtirilgan sunʼiy muammolar ekaniga xalqning eʼtiborini burib, adashtirmoqchi boʻlmoqda. Bu narsa oʻz hokimiyatlarini saqlanib qolish imkoniyatini oshiradi deb oʻylamoqda.

Gʻarbparastlarga kelsak, ularni “tekebayevchilar” deb atasak boʻladi. Chunki, gʻarbparastlarning qoʻpchiligi uning atrofiga jipslashmoqda. Yangi hokimiyat avvalgisiga qarshi kurashda gʻarbparastlardan quvvat olishni xohlagan edi. Shuning uchun sobiq prezident Roza Otunbayeva gʻarbparast jurnalistlar va “fuqarolik jamiyati” faollari bilan yaqinlashishga borgan. Gʻarbparastlar ham fursatni boy berishmadi. Atambayev davridagi zarbalardan keyin oʻzlariga kelib olishdi. Mana endi konkret qadamlar tashlay boshladi. Masalan, Roza Otunbayeva konunga binoan Tekebayev avf etilmasligini bilar edi. Shuningdek, Tekebayevning ham avf etishni qabul qilmasligini ham bilar edi. Ammo uning avf qilinishini soʻradi. U bu bilan Tekebayevni siyosat sahnasida ushlab turmoqchi. Tekebayev esa hayot muammolaridan tashqarida, “suvdan quruq” oʻtiribdi. Siyosatda esa, uning tarafdorlari undan qahramon yasamoqdalar. U ertaga saylovga tayyor holda chiqib keladi. Parlament saylovi gʻarbparastlar uchun – strategiyadagi keyingi ishlarini amalga oshirish sari tashlangan – eng muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, ular Xitoy va kodeks masalalariga jiddiy aralashmayapti, hatto oʻzlarini uzoq tutmoqdalar. Demakki, “tekebayevchilar” saylov kampaniyasini boshlashdi.

“Vatanparvar”larga kelsak, ular AQSH yoki Rossiya qoʻllab-quvvatlashiga yetisha olmagan, hatto ularning kadrlariga ham qoʻshila olmagan siyosatchilar guruhidir. Shuning uchun, ular vatanparvarlik shiorini qoʻtarib chiqishmoqda. Ammo, ularning Xitoyga qarshi “vatanparvarlik tuygʻusi” alanga olayotganligi koʻrinmayabdi. Aslida, u “oqsoqollar” bu shiorlar orqali xalq tuygʻusini qitiqlab, saylovda qandaydir bir ovozga erishish niyatida yurishibdi.

Shulardan kelib chiqib, batafsil nazorat qiladigan boʻlsak, siyosatchilar xalqni kofir mustamlakachilar foydasiga va oʻz manfaatlari yoʻlida yetaklayotganini koʻramiz.

Shuning uchun aytamizki, ey siyosatchilar, mustamlakachilarning dunyo matosini deb oxiratlaringni boy berib qoʻymanglar hamda oʻz manfaatlaringiz uchun xalqingizni kurbon qilmanglar. Xalqni nima bilan boshqarib, nima bilan yetaklayotganingizga bir qarang. Avvalombor, kim ekanligingizni aniqlab oling:

Agar kimki, Allohning buyruqlarini bilib turib, u bilan hukm qilmasdan, boshqa qonunlarni “toʻgʻri va hozirgi hayotga muvofiq” deb eʼtiqod qilib, u bilan xukm yuritsa, unda u kofir boʻladi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْكَافِرُونَ

Kimki Alloh nozil qilgan din bilan hukm yuritmasa, bas ular kofirlardir” [5:44]

Kimki Allohning buyruqlarini bilmasdan, nodonlik qilib yoki uning toʻgʻriligi va u bilan hukm qilish farz ekanligiga ishonib, boshqa qonunlar bilan hukm qilish harom ekanligini bilib turib, “harom ish qilyabman” deb, lekin boshqa qonunlar bilan hukm yuritsa, unday insonlar zolim va fosiq boʻlishadi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الظَّالِمُونَ

“Kimki Alloh tushirgan narsa bilan hukm qilmasa, bas, ular zolimlardir” [5:45]

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

“Kimki Alloh tushirgan din bilan hukm qilmasa, bas, ular fosiqlardir»[5:47]

Ey siyosatchilar, sizlar musulmon farzandlarisiz, sizlarning Islomingiz bor! Islom siyosati bilan ish olib boringlar. Buning uchun Islomingizni oʻrganinglar!

Ey musulmonlar, halqning siyosatga aralashishi oʻz yetakchilarini muhosaba qilish bilan boʻladi. Sizlar musulmonsizlar, siyosatchilarga koʻr-koʻrona ergashib ketavermanglar, ularni Islom asosida muhosaba qilinglar. Demak-ki, uning uchun sizlar ham Islomingizni oʻrganinglar! Qiyomatda “Boshliqlarimizga ergashgan edik” deyishingiz foyda bermaydi. Negaki, Alloh bundan ogohlantirib bunday degan:

يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِي النَّارِ يَقُولُونَ يَا لَيْتَنَا أَطَعْنَا اللَّهَ وَأَطَعْنَا الرَّسُولَا * وَقَالُوا رَبَّنَا إِنَّا أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَاءَنَا فَأَضَلُّونَا السَّبِيلَا

“Yuzlari olovda aylandiriladigan – kuydiriladigan kunda, ular: “Koshki edi bizlar ham Allohga itoat etganimizda, paygʻambarga itoat etganimizda”, derlar. Yana ular: “Parvardigoro, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va va kattalarimizga boʻyunsundik, bas ular bizlarni (toʻgʻri) yoʻldan ozdirdilar”, – dedilar (33:66-67)

AbdulHakiym

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.