Netanyahu: Xalifalik davlatining qulashi yahudlarning yuksalishiga zamin yaratdi

615
0

Netanyahu: Xalifalik davlatining qulashi yahudlarning yuksalishiga zamin yaratdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali birinchi jahon urushi tugaganligining 100 yilligiga oʻz munosabatini bildirdi.

“Birinchi Jahon urushi Usmonli imperiyasini tugatdi va sionistik harakatning yuksalishi uchun zamin yaratdi”, deya oʻzining koʻz qarashlarini izhor qildi Netenyahu.

Ketma-ket poylashilgan ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali bayonot bergan Netanyahu “yuz minglab yahudiy jangchilar ishtirok etgan bu urush xalqimiz uchun tarixiy jihatdan katta ahamiyatga ega”, “Bu kelajakdagi rivojlanishning belgisi edi, ayni paytda bizning qobiliyatlarimiz oʻzimizni himoya qilish uchun yetarli edi”, deya qoʻshimcha qildi.

Xalifalik davlati Usmoniylar qoʻliga oʻtgandan soʻng 600 yil mobaynida butun musulmon olamini Gʻarbdan himoya qilib keldi. Biroq Britaniya bilan ittifoq tuzgan Najd arab qabilalari Usmonli Xalifalik davlatining yiqilishida katta rolь oʻynadi.

Najd “ulamolari” nazarida Usmonli sulton dinsiz deb eʼtibor qilingan boʻlsa, Usmonli xalifalik davlati esa, kufr davlati sifatida qabul qilingan edi.

Tomas Edvard kabi Xalifalik davlatining Yaqin Sharqdagi hududiga koʻz olaytirgan “aktyor”lar Najd maktabidan foydalanganligi Tarix manbalaridan maʼlum

Xalifalik davlati ichki va tashqi dushmanlarning qoʻli bilan qulatilishi ortidan 1948 yilda muqaddas tuproqdan yahudlar uchun yer ajratib berildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.