Putin:Oʻzbekiston iqtisodiyoti va oʻzbek xalqi hayotida katta ijobiy oʻzgarishlar roʻy beradi

1019
0

Putin:Oʻzbekiston iqtisodiyoti va oʻzbek xalqi hayotida katta ijobiy oʻzgarishlar roʻy beradi

Oʻzbekiston Rossiyaning ishonchli ittifoqdoshidir, davlatlar ikkiyoqlama hamkorlik bazasini kengaytirishda davom etadi va respublikada allaqachon yuzaga kelgan ijobiy oʻzgarishlar bu hamkorlikka yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oʻtkazilgan tor doiradagi muzokaralarda.

 Rossiya yetakchisi Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasining “ishonchli ittifoqdoshi va strategik hamkori” ekanligini alohida qayd etdi.

 “Oʻzbekistonda vaziyat tubdan oʻzgarayotgani, islohotlar qanday tashkil etilayotgani va amalga oshirilayotganini guvohi boʻlib turibmiz. Oʻzbek iqtisodiyoti va oʻzbek xalqi uchun bunday oʻzgarishlar zarur edi”, – dedi Rossiya prezidenti.

 Putinga koʻra, uzoq istiqbolda emas, balki yaqin kelajakda, Oʻzbekiston iqtisodiyoti va oʻzbek xalqi hayotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy beradi.

 “Bu bizga munosabatlarni yangi asosga tayanib boshlashga imkon bermoqda. Siz hozir Oʻzbekistonda tashkil etayotgan oʻzgarishlar tufayli, biz savdo-iqtisodiy aloqalarimizni jiddiy kengaytirmoqdamiz”, – deb qayd etdi Putin.

 “Biz keyinchalik ham shu jadallikda ishni davom ettirishni rejalashtirganmiz, barcha harakatlarimiz bizning hamkorlik bazamizni kengaytirishga yoʻnaltiriladi, shu jumladan, mintaqaviy hamkorlik orqali ham bu aloqalarni rivojlantiramiz”, – deb davom etdi Rossiya yetakchisi.

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, oʻz navbatida suhbat avvalida keyingi ikki yil davomida ikki davlatning strategik hamkorligi va ittifoqdoshlik munosabatlari sifat jihatdan yangi  bosqichga chiqqanini taʼkidladi.

 “Bizning hamkorligimiz barcha yoʻnalishlarda davom etmoqda”, – dedi Oʻzbekiston prezidenti.

 Hamkorlik sohalari orasida harbiy-texnik hamkorligi ajratilib koʻrsatildi. Shuningdek, davlatlar ilm-fan, taʼlim va madaniy sohada ham hamkorlikni kuchaytirishgani qoʻshimcha qilindi.

 Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda qurilayotgan birinchi atom elektr stantsiyasini Rossiya bilan yangi strategik hamkorlik yoʻnalishi sifatida tilga oldi.

 AES qurilishiga juma kuni Putin va Mirziyoyev ishtirokida start berildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.