AQSh Rossiya bilan raketalar boʻyicha bitimdan chiqib ketishi mumkin

767
0

AQSh Rossiya bilan raketalar boʻyicha bitimdan chiqib ketishi mumkin

 Amerika Qoʻshma Shtatlarida Oʻrta va kichik masofadagi raketalar boʻyicha bitimdan (OʻKMRB) voz kechish taklif qilinmoqda. Bunday xatti-harakatlar haqida prezidentning milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton bayonot berdi, deb yozadi The Guardian.

Gazeta maʼlumotiga koʻra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, sababi Davlat departamenti va Pentagonning bir qator xodimlari bu tashabbusga qarshi chiqishmoqda. Dushanba kuniga rejalashtirilgan muhokamalarni kechiktirish haqida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanishicha, Bolton 2010 yilda AQSh va Rossiya oʻrtasida tuzilgan strategik hujumkor qurollarni qisqartirish hamda cheklash boʻyicha shartnomani uzaytirishni ham bloklab qoʻyishni xohlamoqda.

Shartnomaga koʻra, davlatlar yadroviy jangovar kallaklar, qitʼalararo ballistik raketalar va boshqa strategik qurollarni kamaytirishlari kerak.

Oʻrta va kichik masofadagi raketalar boʻyicha bitim (OʻKMRB) tomonlarga harakatlar masofasi 500 dan 5,5 ming kilometrgacha boʻlgan, yerda joylashuvchi ballistik raketalar va qanotli raketalarga egalik qilishga ruxsat bermaydi. Hujjat 1987 yilda imzolangan. Rossiya va AQSh muntazam ravishda bir-birini uning shartlarini buzganlikda ayblab keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.