Novosti: Hizb ut-Tahrirning harakati “Xalifalik davlati”, nomli yagona davlat tiklashga asoslangan

511
0

Novosti: Hizb ut-Tahrirning harakati “Xalifalik davlati”, nomli yagona davlat tiklashga asoslangan

Rossiyaning Tatariston respublikada Hizb ut-Tahrir Islomiy partiyasining rahbari Rossiya federal xavfsizlik xizmati tarafidan “terrorchi” sifatida hibsga olindi. Bu haqida davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli axborot markazi xabar tarqatdi.

Axborot markazining maʼlum qilishicha, Hizb ut-Tahrir rahbari va uning sheriklarini hibsga olish jarayonida Rossiya ichki ishlar vazirligi va Rossiya milliy gvardiyasiga tobe federal kuchlar ishtirok etgan.

Rossiya xavfsizlik xodimlari, ulardan birining uyiga bostirib kirganda katta miqdorda Rossiyada taʼqiqlangan materiallar va Hizbga qarashli kitoblar bilan bir qatorda aloqa vositalari ham topilganligini maʼlum qildi.

Hizb ut-Tahrir Islomiy siyosiy uyushma boʻlib, 50dan ortiq davlatda faoliyat olib boradi. Rosululloh s.a.v.ning tariqatidan ogʻishmaganligi sababli hali biror marotaba moddiy kuch ishlatgani kuzatilmagan. Shuning uchun oʻzlarini demokratik davlat deb daʼvo qiladigan davlatlar uni terrorchi tashkilot roʻyxatiga kiritishga yoʻl topa olishgan emas. Shunday boʻlishiga qaramay, Rossiya va Oʻzbekiston kabi davlatlar unga koʻr-koʻrona terrorchi tashkilot deya boʻhton qilishdan or qilishmaydi.

Novosti” axborot agentligi oʻz xabarida, bir tarafdan Hizb ut-Tahrir Islomiy uyushmasini “Huquqiy hokimiyatga qarshi davlat toʻntarishini tashkil etishga intiladi va oʻz maqsadlariga erishish uchun terrorizmdan foydalanishga imkon beradi” deya terrorchilikka nisbat berar ekan, boshqa bir tarafdan uning harakatlari boshqa davlatlardagi harakatlari bilan bir xil ekanligini tan oldi.

“Dastlabki tergovlar shuni koʻrsatadiki, qoʻlga olingan shaxslar Rossiya ichkarisida mamlakat konstitutsiyasiga zid harakat olib borish uchun Hizb ut-Tahrirning boshqa mamlakatlarda faoliyat qilayotgan rahbarlari bilan muvofiq tarzda ish olib borishgan. Hizb ut-Tahrirning harakati bir necha mamlakatlar va mintaqalarni oʻz ichiga oladigan “Olamiy Xalifalik davlati”, deb atalmish yagona diniy bir davlat tashkil etishga asoslangan”, deyiladi “Novosti” xabarida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.