Tehron hisobotini kim tayyorladi?

439
0

Tehron hisobotini kim tayyorladi?

Suriya rejimi muxolifatning qoʻlidan Idlibni tortib olish uchun tayyorlanayotgan bir paytda Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari Tehronda yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda qabul qilingan qarorlar boʻyicha 12 moddalik hisobot eʼlon qilindi. Hisobotning 2-moddasida koʻrsatilgan “Suriya Arab Respublikasining suverenitetini hurmat qilish” iborasiga binoan, Ostona uchrashuvlarining sohiblari, jumladan, Turkiya ham Asad rejimini tan olganligi bayon etildi.

Bu yigʻilish avvalgilardan farqli oʻlaroq jonli suratda efirga uzatilar ekan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hisobotda baʼzi soʻzlar noaniq kelganligini bildirdi. Ammo u hisobotni eʼtiborga loyiq deb bilgani uchun oʻzgartirilmay, shu boʻyicha qolishiga rozilik bildirdi.

“Hisobot matnida noaniq ifodalar bor, lekin juda diqqat bilan yozilganligi uchun oʻzgartirilmasin”, dedi Putin.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan esa hisobotning uchinchi moddasiga “otashkesim eʼlon qilish” iborasini qoʻshishni talab qildi.

“Bugun bu yerda otashkesim eʼlon qilishga erishsak, ishonamanki bu yigʻilishning eng muhim qadamlaridan biri boʻladi”, dedi Erdogʻan.

Eron rahbari esa, Suriya inqirozini va mintaqadagi boshqa inqirozlarni nihoyasiga yetkazish uchun muloqotlarni osonlashtirish taklifini kiritdi.

Ostona yigʻilishi va undagi hisobotning tashabbuskorlari sanalgan bu uch davlatdan biri “hisobot matnida noaniq jumlalar bor”ligi aytib tursa, yana biri “otashkesim eʼlon qilish” iborasini qoʻshishni talab qilib tursa, boshqa biri esa yana bir taklif kiritib tursa, bu holat hisobotning boshqa biri tomonidan tayyorlanganligini koʻrsatadi. Shuningdek Erdoganning talabi inobatga olinmaganligi esa, bu hisobotni oʻzgartirish mumkin emasligini koʻrsatadi.

Ammo hisobot matnida “qarshi kurash olib boriladigan tashkilotlar doirasida PKK/PYDning yoʻq”ligi, bu matn AQSh tarafidan tuzilganligiga ishora qiladi.

“Hisobot matniga qoʻshimcha kiritish yoki undan olib tashlash mumkin boʻlmasa, u holda muzokara nima uchun oʻtkazildi?”, degan savol ochiqligicha qolmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.