Putin AQShning yangi sanktsiyalarini muhokama qilish uchun XQ majlisini chaqirdi

395
0

Putin AQShning yangi sanktsiyalarini muhokama qilish uchun XQ majlisini chaqirdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Qoʻmitasining doimiy aʼzolari bilan AQSh tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan yangi Rossiyaga qarshi qaratilgan sanktsiyalar mavzusini muhokama qildi.

“Shuningdek, Vashington tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan, savdo cheklovlari koʻrinishidagi yangi nodoʻstona harakatlar mavzusi tilga olindi”, – deb maʼlum qildi Putinning matbuot-kotibi.

 Bunday harakatlarning xalqaro huquq nuqtai-nazaridan toʻliq noqonuniyligi qayd etildi, deb bayonot qildi Peskov.

 Majlisda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Kremlь maʼmuriyati rahbari Anton Vayno, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB rahbari Aleksandr Bortnikov qatnashdi.

 AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi eʼlon qilingan yangi sanktsiyalar 22 avgustdan kuchga kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.