Putin: ShHTning asosiy maqsadi terrorchilikka qarshi kurashdir

506
0

Putin: ShHTning asosiy maqsadi terrorchilikka qarshi kurashdir

 Rossiya prezidenti Vladir Putin, ShHTdoirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishi terrorchilikka qarshi kurash ekanini aytib oʻtdi. Bu haqida “Sputnik” xabar bermoqda.

“Shuni alohida taʼkidlamoqchi edimki, ShHT doirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishi bu –terrorchilikka qarshi kurashdir. Bugungi kunda qabul qilinayotgan, terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash dasturi – ushbu sohada hamkorlikning kelajak 3 yildagi yoʻnalishlarini belgilaydi, birgalikda oʻquv-mashgʻulotlari, aksilterror operatsiyalar oʻtkazishni hamda operativ maʼlumot bilan tezkor almashish imkonini yaratadi”,- dedi Putin.

 Bu borada, Rossiya prezidenti Afgʻoniston masalasida alohida toʻxtalib oʻtdi.

 “Afgʻonistondagi vaziyat alohida eʼtibor talab qiladi. Biz ushbu mamlakatdan tarqalayotgan terrorchilik xavfi va narkotiklar ishlab chiqarishga qarshi birgalikda kurashishimizga kerak. Afgʻonistonga milliy yarashish va iqtisodiy qayta tiqlanishiga yordam berishimiz kerak”,- dedi Vladimir Putin.

ShHT mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi uchun yangi tashkilot tuziladi

 Vladimir Putin ShHTning iqtisodiy davomchisi boʻlishi mumkin boʻlgan yangi “evroosiyo iqtisodiy hamkorligi shartnomasi” haqida toʻxtalib oʻtdi.

 “Rossiya va Xitoy yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi haqida shartnoma tayyorlashmoqda. Ushbu shartnoma, albatta, ShHTning barcha aʼzolari uchun ochiq boʻladi”,- dedi Vladimir Putin.

8 iyunь kuni Pekinda Rossiya prezidenti va XXR raisi Si Tszinьpin uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda ikki mamlakatning iqtisodiyot vazirliklari ushbu shartnomaning texnik-iqtisodiy tomondan asoslab berishgan.

 “Biz oʻzaro mahsulot ayrboshlash va xizmat koʻrsatishni soddalashtirmoqdamiz, ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni olib tashlamoqdamiz, energetika, transport, qishloq xoʻjaligida birgalikda loyihalar ishga tushirmoqdamiz”,- dedi Putin.

 ShHTning navbatdagi 18-sammiti Xitoyning Tsindao shahrida 9-10 iyun kunlari boʻlib oʻtdi. Undan 20dan ortiq hujjatlar imzolangan, ularning eng asosiysi – Tsindao deklaratsiyasidir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.