Saudiya qiroli Islom tuproqlarida cherkovlar qurish bitimini imzoladi

1081
0

Saudiya qiroli Islom tuproqlarida cherkovlar qurish bitimini imzoladi

Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz poytaxt Riyozdagi “Yamoma” saroyida Vatikanning dinlararo muloqot boʻyicha papa kengashining raisi kardinal Jan-Luis Tauranni qabul qildi. Qirol Salmon bilan kardinal Tauran oʻrtasida Saudiya Arabistonidagi masihiylar uchun cherkovlar qurish boʻyicha bitim imzolandi. Bu haqida bir qancha veb-saytlarda, jumladan “mustaqil Misr” veb-saytida chop etilgan hisobotda eʼlon qilindi.

Shuningdek, “Misriyyul yavm” veb-sayti ingliz sahifasining yozishicha, Saudiyadagi keng miqyosli oʻzgarishlar ortidan Riyoz hukumati qirollik tarixida birinchi marta xristianlar uchun cherkovlar qurish boʻyicha hamkorlik qilish shartnomasini imzolagan. Bu harakatdan “ekstremizm” va “terrorizm”dan voz kechishdagi dinlarning muhim roliga chaqirish koʻzda tutilganligi daʼvo qilinmoda.

Islom olami robitasining bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim Iso va Vatikanning dinlararo muloqoti boʻyicha papa kengashining raisi va frantsuz katolik cherkovi kardinali Jan-Luis Tauran tomonlar oʻrtasida mushtarak maqsadlarga erishish uchun bitimga imzo chekishdi.

Vatikan tomonidan chop etiladigan Italiyaning “Lobservatore Romano” gazetasiga koʻra, Frantsuz kardinal Shayx Abdulkarim Iso bilan uchrashuvi chogʻida fuqarolarning diniy eʼtiqodiga qaramay, hatto dinsiz boʻlsalar ham, barcha insonlarga teng huquqli munosabatda boʻlish zarurligini taʼkidlagan va ibodat joylarini qurish uchun mushtarak asoslarga chaqirgan.

Tauran Saudiya safaridan qaytgandan soʻng “Vatikan” gazetasi bilan oʻtkazgan suhbatda “yaqinlik boshlanishi”dan baxtli ekanligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Saudiya hukumati mamlakat kelajagiga yangicha tasvir berish uchun tayyordir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.