AQSh: Suriya jangi bizning strategiyamizga mos amalga oshmoqda

527
0

AQSh: Suriya jangi bizning strategiyamizga mos amalga oshmoqda

AQSh bosh shtab boshqarmasining matbuot kotibi general-leytenant Kennet Makkenzi AQSh boshchiligida Suriyaga uyushtirilgan hujumdan, u yerda strategik oʻzgarish yasash koʻzda tutilmaganligini bildirdi. General-leytenantning taʼkidlashicha, Suriya maydonidagi oʻzgarishlar AQShning strategiyasiga muvofiq amalga oshmoqda.

Shuningdek Makkenzi AQShning mintaqadagi harbiy unsurlari hech qachon Rossiyaning tahdidiga duch kelmaganligini ham qayd etdi. “AQSh boshchiligidagi hujum Suriya maydonida nimani oʻzgartirdi”, degan savolga “Bu hujumlar Suriya jangida strategik oʻzgarish yasash uchun amalga oshirildi deb oʻylamayman”, deb javob berdi Makkenzi.

Turkiston:

Suriyada AQShning istagi amalga oshayotganligi hamda soʻnggi harbiy amaliyotlar Suriyada strategik oʻzgarishlar yasash uchun emasligi haqidagi bayonotlar shuni koʻrsatadiki, Suriya maydonida rol oʻynayotgan davlatlar AQShning rejasiga muvofiq harakat olib borishmoqda.

Biroq rejimga qarashli baʼzi harbiy nuqtalarning hujumga tutilishi esa, AQSh tomonidan rol berilgan Rossiyaning oʻzboshimcha harakatlariga javoban, unga yaxshilab haddini bildirib qoʻyish va u yerda kimning gapi oʻtishini takror eslatib qoʻyishdan iboratdir. Chunki Rossiyaning harbiy aralashuvi tufayli Suriyadagi muvozanat rejim foydasiga hal boʻla boshlagach, goʻyoki Rossiya oʻzini gʻolibdek his qilib, Amerikasiz oʻzboshimchalik bilan ish yurita boshladi. Suriya masalasini hal qilish uchun Putinning Sochida konferentsiya tashkil qilishi shular jumlasidan. Chunki u Sochi konferentsiyasi orqali Suriyada oʻziga tobe muxolifat yaratmoqchi boʻldi.

Ammo Amerikaning maqsadi Suriya yechimini oʻz manfaatiga muvofiq tartibga solishdir. AQSh Suriyada oʻzi tanlagan yechimdan boshqasiga aslo yoʻl qoʻymaydi. Hatto u Rossiyaning Suriya yechimida oʻziga sherik boʻlishiga ham rozi boʻlmaydi. Shunday ekan, u ruslarning tanobini tortib qoʻyishi tabiiydir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.