Rossiya Tojikistonga taklif bilan chiqdi

439
0

Rossiya Tojikistonga taklif bilan chiqdi

 Rossiya Tojikistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) doirasida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif qildi, deya xabar berdi Rossiya bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Igorь Shuvalov.

 “Biz Tojikistonga ikki tomonlama kun tartibi fonida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida kuzatuvchi davlat maqomiga jiddiy eʼtibor qaratishni taklif qildik”, – deya aytib oʻtdi Shuvalov RF-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yigʻilishi yakunlari boʻyicha.

 Uning taʼkidlashicha, bunday maqom ittifoqda aʼzolikni anglatmaydi, hech qanday siyosiy jihatga ega emas, biroq tovar aylanmasi va iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishiga xizmat qiladi.

 “Fitosanitar nazorat, veterinariya nazorati, texnik tartibga solish, standartlar masalasi – bu tovarlarning erkin harakatlanishiga olib keluvchi barcha narsalar. Biz oʻzimiz bilan kun tartibini rivojlantirayotgan MDH davlatlari YeOII boʻyicha sheriklar bilan nimalar qilayotganimizni tushunishidan manfaatdormiz”, – deya aniqlik kiritgan Shuvalov.

 “Biz Rossiyada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlar RFning Tojikistondagi urugʻlik fondi yordamida ishlab chiqarilishi hamda Rossiya va boshqa davlatlar bozoriga yetkazib berilishidan manfaatdormiz”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.