Qirgʻiziston Bosh prokurori “inson huquqlarini buzgani uchun” ishdan olindi

Qirgʻiziston Bosh prokurori “inson huquqlarini buzgani uchun” ishdan olindi

 Jogorku Kenesh prezident Sooronbay Jeenbekovning bosh prokuror Indira Joldubayevani mansabidan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini tasdiqladi. Qarorni yoqlab 105 deputat ovoz berdi, 2 nafari qarshi chiqdi.

 “Azattыk” radiosining xabar qilishicha, parlament oldida davlat rahbarining taqdimnomasi boʻyicha maʼruza qilgan prezident maʼmuriyati rahbari Muxamedkaliy Abilgaziyev prokuratura oʻz vazifalarini bajarmaganini, inson huquqlarini qoʻpol tarzda buzganini aytib oʻtgan.

 Bundan avval davlat rahbari taqdimnomasini Jogorku Keneshning konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat boshqaruvi, sud-huquq va reglament boʻyicha qoʻmitasi tasdiqlagan edi. Unga qadar esa “Ata Meken” va “Respublika – Ata Jurt” fraktsiyalari bosh prokuror hisobotini qoniqarsiz deya topgan edi.

 Parlament deputati Janar Akayev majlisda bayonot berib mansablaridan ozod qilingan bosh prokuror va MXDQ raisi “siyosiy buyurtmalar” uchun javobgarlika tortilishi kerakligini aytdi.

 “Qirgʻiz amaldori uchun eng katta jazo -bu uning isteʼfosidir. Biz buni tushundik. MXDQ raisi, bosh prokuror insonlar taqdiri bilan oʻynashdilar va bu yerda [parlamentda] takabburona oʻtirishdi, bizga qarshi boʻlishdi. Nima uchun biz ularni eng katta sifatida isteʼfoga chiqarish bilan cheklanib qolishimiz kerak? Bunaqa boʻlishi kerak emas. Ular insonlar taqdiri va siyosiy buyurtmalar uchun javob berishi kerak. Biz ularni javobgarlikka tortishimiz kerak, toki MXDQning yangi raisi va bosh prokuror siyosiy buyurtmalarni bajarmasinlar”, – dedi Akayev.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.