Nazarboyev: Qirgʻiziston haqida bir marta ham yomon gapirmadim

837
0

Nazarboyev: Qirgʻiziston haqida bir marta ham yomon gapirmadim

 Nursulton Nazarboyevning maʼlum qilishicha, Qozogʻiston Sooronbay Jeenbekov boshchiligidagi Qirgʻiziston delegatsiyasi koʻtaradigan masalalarni hal qilishga butunlay tayyor.

 “Biz sizlarni kutgandik va katta xursandchilik bilan qabul qildik. Qozogʻiston Sizning boshchiligingizdagi Qirgʻiziston delegatsiyasi koʻtaradigan barcha masalalarni hal qilishga butunlay tayyor. Biz 26 yildan beri mustaqil davlat sifatida qadam tashlab kelmoqdamiz. Men bu vaqt davomida Qirgʻiziston haqida bir marta boʻlsa ham yomon soʻz aytmadim, yomon qadamlarni qoʻymadim. Bu notoʻgʻri. Biz kelamiz va ketamiz, ikki qoʻshni davlat esa bizdan avval ham boʻlgan hamda bizdan keyin ham boʻladi”, – deya murojaat qildi Nazarboyev Jeenbekovga Oqoʻrdadagi uchrashuvda.

 Nazarboyevning taʼkidlashicha, har bir avlodda oʻziga xos masʼuliyat bor – ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlikni, yaxshi oʻzaro munosabatlarni saqlab qolish va avloddan avlodga yetkazish.

 “Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan kelish uchun taklif qilganingizdan chuqur minnatdorman. Bizni samolyotning oʻzidayoq iliq kutib olishdi – buni his qildik. Men mamlakat prezidenti etib saylanganimda, siz juda iliq tabrik yoʻlladingiz, va, fursatdan foydalanib, oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Siz bizning oqsoqolimiz, katta birodarimizsiz. Qozoqlar va qirgʻizlar – birodar xalqlar. Bizda yer bir, bir xil manbalardan suv ichamiz, bir yoʻllardan yuramiz. Men strategik aloqalar, bizning ittifoqchilik munosabatlarimiz mustahkamlanishi uchun barcha saʼy-harakatni amalga oshiraman”, – dedi Sooronbay Jeenbekov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.