Xitoyning Sharqiy Turkistonga qarshi shafqatsiz agressiyasi

1236
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savollarga javoblar

Xitoyning Sharqiy Turkistonga qarshi shafqatsiz agressiyasi

Hindiston yarim orolida raketalar ishlab chiqarish ishlari

Birinchi savol: (2017 yil 2 mart kuni Al-Jazira net sayti Xitoy Gʻarbidagi Sharqiy Turkiston (Shinjon) viloyatiga yirik sondagi harbiy kuchlar safarbar qilingani toʻgʻrisida quyidagicha xabar tarqatdi: Ikki kun avval Xitoy rejimi musulmon uygʻur millati istiqomat qiladigan va bir necha yillardan beri mavjud tarang vaziyat tobora murakkablashayotgan Urumchi shahriga oʻn mingdan ziyod askar joylashtirdi. Xavfsizlik kuchlari oʻtkazgan harbiy parad namoyishida oʻnlab tank va zirhli mashinalar qatnashdi, harbiy vertolyotlar parvoz qildi. Joriy yilda viloyatning Xotan, Qashqar va Oksu mintaqalarida ham uchta shunday harbiy parad boʻlib oʻtgan. Ammo bu turdagi yirik harbiy paradga viloyat birinchi bor guvoh boʻlishi). Savol shuki, Xitoy ushbu musulmon viloyatda yana bir qatli omni rejalashtirmoqdami? Tashakkur!

Javob:

Musulmonlarga nisbatan ichi adovatga toʻla boʻlgan Xitoyning niyatlarini fosh qilish uchun Xitoy bilan ayni shu viloyatdagi musulmon uygʻurlar oʻrtasidagi kurash foniga qisqacha toʻxtalib oʻtish lozim:

Bu viloyatda Xitoy bilan musulmonlar oʻrtasidagi kurash anchadan beri, xususan, 1863 yildan beri mavjud. Sharq tomondan islomiy yurtlarning eng uzogʻi hisoblangan Sharqiy Turkiston Xitoyning juda koʻp qirgʻinlariga uchradi. 1949 yilda Xitoy Kommunistik rejimi tepasiga Mao Tszedun kelgach, bir milliondan ziyod musulmon uygʻurlar qatli om qilindi… Mao Sharqiy Turkiston viloyati mustaqilligini bekor qilib, Xitoy respublikasiga qoʻshib oldi, viloyatni musulmon aholidan boʻshatishga kirishib, ularni Xitoy ichkarisidagi viloyatlarga tarqatib yubordi… Biroq kuchli musulmon uygʻurlar xitoyliklarga taslim boʻlmay, Xitoy bosqinchiligiga qarshi 1933 va 1944 yillarda qoʻzgʻolon qildi. ularning qoʻzgʻolonlari tinimsiz boʻlib turdi va keyinchalik 2009 yilda ham boʻlib oʻtdi.
Xitoyning musulmon uygʻurlarga qarshi qattiq gina-kudurat saqlashiga asosiy sabab Islomdir. Uning dinimizga adovat zahrini sochishi uchun masjidlar asosiy oʻchoqqa aylanib qoldi. 1949 yilda 25 mingdan ziyod masjidlarni buzib tashladi va bepoyon viloyatda atigi 500 masjid qoldi, xolos. Bugun Xitoy kommunizmning teng yarmidan (yaʼni iqtisodidan) voz kechgan boʻlsada, biroq uning amaldagi siyosati xususan yoshlardagi har qanday diniy koʻrinishga qarshi kurashish boʻlib qoldi.
Mintaqadagi tabiiy boyliklar, ayniqsa, neft sababli Xitoy Shinjon viloyatini uygʻur aholisidan boʻshatishga va ularni Xitoy ichkarisidagi mintaqalarga haydashga, boshqa tomondan esa, u yerga xitoylik millatchi Xanlarni joylashtirishga qattiq harakat qildi. Oxir borib, uygʻurlar (10 millionni) aholining 40 %ini tashkil qiladigan boʻlib qoldi. Uygʻur musulmonlar asosan, viloyatning janubida, qishloqlarda joylashgan. Viloyatning xususan musulmonlar yashovchi janubiy qismi oʻta qashshoqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, xitoylik millatchi Xanlar kam boʻlgan yoki umuman yashamaydigan qishloqlarda ham qashshoqlik kuchli hisoblanadi.
Shularning barchasiga qaramay, Sharqiy Turkistondagi musulmonlar xususan, qishloqlarda islomiy koʻrinishlarni hayotga qaytarishda davom etdilar. Kundan kunga tartibsizliklar davom etdi. Davlatga qarshi sodir etilgan portlatish va zoʻravonlik amaliyotlari hamda Xitoydan ajralib chiqishga boʻlgan mustahkam urinishlar sababli viloyat alohida koʻzga tashlanuvchi beqaror viloyatga aylanib qoldi. Bu esa davlatning ichkaridagi zaif nuqtasi boʻlib qoldi. Buning muqobili oʻlaroq, Xitoy hukumati uygʻur musulmonlar hayotining ikir-chikirigacha aralashmoqda, viloyatda tunlari yashirin tarzda zoʻrlik bilan qamoqqa olish va qatl qilish kabi amaliyotlar sodir etmoqda va buni guvohi boʻlgan shaxslarni ayni holatni axborotga chiqarishiga yoʻl qoʻymayapti. Xitoydan qochib chiqqan va xorijda oʻz ovoziga ega boʻlgan uygʻur musulmonlarni taʼqib ostiga olmoqda, “Terrorizm”, niqobi ostida, ayniqsa, Oʻrta Osiyo va Pokistondagi xalqaro xavfsizlik kanallari orqali ulardan koʻpchiligini qamoqqa olmoqda.
Uygʻurlar qalbida Islomning tirik ekanligi Xitoy togʻutlari qalbiga qutqu soldi. Masalan, uning diniy ishlar boʻyicha masʼuli Van Tszoanь Xitoy Islom uyushmasi milliy kongressida “Ekstremistik mafkura ichki regional mintaqamizga sezdirmay kira boshladi. Prezidentimiz Si Tszinьpin xitoylik musulmonlarni bunday noqonuniy diniy illatga qarshi kurashishga targʻib qildi”, dedi. (Misriy Yavm 2016 yil 29 noyabr China daily rasmiy sahifasiga tayangan holda tarqatdi). Shuningdek, 2017 yil 1 mart kuni Rusiyal Yavm sahifasida kelgan mana bu soʻzlar ham Xitoy hukumatidagi qoʻrquvni tasdiqlab turibdi: “Xitoy Shinjon va boshqa yerlarda sodir etilgan terroristik amaliyotlar ortida xorijiy kuchlar turganidan ogohlikka chaqirdi, bu esa rejimni shafqatsiz reydlar oʻtkazishga undadi”.
Musulmonlar himmat koʻrsatdilar. Bu himmatlari Shinjonda yangi masjidlar qurishda va islomiy fikrlarni yoyishda namoyon boʻldi. Shunda Xitoy rejimi yana oʻzining “maʼrifiy qoʻzgʻolon”ini boshlab, islomiy koʻrinishlarni taqiqladi, musulmonlarga tahdid qilish kampaniyasini qayta boshladi. Rejimning bu kampaniyasi hozirda quyidagi ishlarda koʻrinmoqda:
a) Xorijga chiqish pasportlarini olib qoʻyish: Bi-Bi-Si 2016 yil 24 noyabrda bunday xabar qildi: “Xitoy rejimi yurt gʻarbida joylashgan va aksar aholisi musulmon boʻlgan bepoyon Shinjon viloyatiga har bir vatandoshdan xorijga chiqish pasportlarini politsiyaga topshirishni talab qildi. Bi-Bi-Sining Xitoydagi muxbiri Stiven MakDonellga koʻra, xorijga chiqish pasportlarini politsiyaga topshirish talabi aholiga Internet orqali bildirilgan. Unga binoan, Shinjonda yashovchi har bir fuqaro xorijga chiqish pasportlarini topshirishlari va pasportlari politsiyada saqlanishi shart boʻladi. Bu esa endi xorijga chiqmoqchi boʻlgan har bir shinjonlikning politsiyaga murojaat qilishiga toʻgʻri kelishini anglatadi!”.

b) Musulmonlarga ibodat qilishda tazyiq oʻtkazish. 2016 yil 6 iyunda “France 24” kanalida bunday xabar qilindi: “Dushanba kuni Xitoy hukumati davlat idoralarida ishlovchi shaxslar va talabalar doxil Shinjon musulmonlariga Ramazonda roʻza tutishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va oshxonalarga ham eshiklarini ochiq qoldirishni buyurdi”. Bu hukumatning 2015 yildan beri qoʻllab kelayotgan chorasi hisoblanadi. Masalan, “i24 news” kanali 2015 yil 18 iyunda tarqatgan xabarida bunday deydi: “Xitoy hukumati Shinjon viloyatida yashovchi mulozimlarga hamda oʻqituvchi va talabalar doxil fuqarolarga Ramazon oyida roʻza tutishni taqiqladi. “Ramazon oyida oshxonalar odatdagidek ishlab turishi”ni buyurdi. Mulozimlarga “joriy haftada oʻtkazilgan majlis ortidan mahalliy hukumat saytlarida tarqatilgan qarorga muvofiq, Ramazon oyi mobaynida roʻza tutish va boshqa diniy marosimlarga aralashmaslik” toʻgʻrisida koʻrsatma berildi”.

v) Islomiy koʻrinishlarni namoyon qilgan kishilarni taʼqib qilish va qamoqqa olish: 2017 yil 23 fevral kuni “Diyor” gazetasi Xitoydagi mahaliy gazetalarga tayangan holda, “Xitoy musulmonlarni quvgʻin qilmoqda… soqol qoʻygan kishilar va niqob taqqan ayollar haqida xabar qilgan shaxsga mukofot belgiladi” sarlavhali maqola chop etdi. Unda Xitoyning shimoliy gʻarbida joylashgan Shinjon viloyati aholisi orasidagi biror soqol qoʻygan kishi yoki niqob taqqan ayol haqida xavfsizlik xizmatiga xabar bergan kishiga “Xitoy hukumati 1000 yuan (275 yevro) miqdorida mukofot vaʼda qilgan”i hamda xitoylik Xanlar bilan uygʻur musulmonlar oʻrtasidagi vaziyat taranglashgani haqida xabar qilindi. Xotan nomli mahalliy kunlik gazetaning yozishicha, yaqin vaqtdan beri siyosiy tartibsizliklar guvohi boʻlayotgan Xotan shahar meriyasi “terrorizmga qarshi kurash”da beriladigan mukofotlarni moliyalashtirish uchun 100 million yuan (13.7 million yevro) ajratgan. Gazetada terroristik hujum rejasi fosh etilgan taqdirda yoki fitna chiqarayotganlarga zarba bergan yoki ularni oʻldirgan yoxud jarohatlagan yoda taʼqib ostiga olgan shaxslarga beriladigan mukofotlar 5 million yuangacha yetishi mumkinligi qoʻshimcha qilinadi”.

Yuqorida aytib oʻtilgan ishlarga koʻra, Xitoy hukumati Sharqiy Turkiston (Shinjon) viloyatidagi uygʻur musulmonlarga qarshi repressiv kampaniyasini, koʻpincha tayyor, taxt holatda ushlab turadi, istagan paytda uni amalga oshiradi. Bunga viloyatda davlatga qarshi sodir etilayotgan koʻplab zoʻravonliklarni tayyor bahona qilib, oʻzining keng koʻlamli kampaniyasiga bahona yaratib oladi… Shundoq ham viloyatga minglagan askarlar, tanklar, zirhli mashina va vertolyotlar safarbar qilingan… Kommunistik partiyaning Shinjondagi sekretari Shin Tsuan Ju, yaqinda joriy yil bir necha mintaqalarda ish tashlash amaliyotlari boʻlishi ortidan “viloyatdagi jangovor holat xavfsizlikni taʼminlash va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan”, dedi (al-Jazira net 2017 2 mart).
Alam qiladigani shuki, Xitoy hukumatining Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmon birodarlarimizga qarshi olib borayotgan bunday vahshiyona repressiyasini butun dunyodagi millionlab musulmonlar koʻrib-eshitib, hech narsa qilmayapti. Nega shunday?! Negaki, bu millionlagan musulmon tarqoq boʻlib, bitta davlatda jamlanmagan, qoʻldan boy berilgan roshid Xalifalik boʻlmish Islom davlati ostida birlashmagan. Holbuki, har bir qodir musulmonga ushbu davlatni qayta barpo etishga harakat qilish va ishlarni oʻz oʻrniga qoʻyadigan, musulmonlarni himoya qilib, ularga qalqon boʻladigan bitta imom-xalifa saylashi farzdir. Masalan, sahihi Buxoriyda Abu Hurayra G Rosululloh Adan rivoyat qilgan:
”إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ“

“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”. Qachon ushbu Xalifalik davlati barpo boʻlsa, Xitoy va boshqa mustamlakachi davlatlar bitta musulmonga ham ozor yetkazishga botinolmay qoladi, chunki ular bu oʻzlariga juda qimmatga tushishini biladilar, Allohning qudrati kengdir.

Ikkinchi savol:

Soʻnggi paytlarda Hindiston yarim orolida qator raketa uchirish tadbirlari kuzatilmoqda. 2017 yil 1 mart kuni Hindiston “Abdulkarim” orolida (Bengal koʻrfazidagi Orissa qirgʻogʻida) ilgʻor raketa-perexvatchik (raketa tutuvchi) tizimini sinovdan oʻtkazdi. Shu yilning boshida Pokiston 2200 km. uzoqlikka uchadigan va bir necha boyegolovka (harbiy qalpoqcha)larni koʻtara oladigan “Abobil” raketasi tizimini sinovdan oʻtkazdi. Savol shuki, ushbu raketa sinovlari Hindiston bilan Pokiston oʻrtasidagi navbatdagi qurollanish poygasimi, bu sinovlar qanchalar regional salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jazakallohu xoyron?

Javob:

Hindiston va Pokistondagi raketa sinovlari shu ikki davlatning “ikkinchi zarba”ni yoʻllash qobiliyatini oshirish orqali atomning omon qolishiga erishishni koʻzlagan saʼy-harakatlari davomidir. Buni yaxshiroq tushunib olish uchun Hindiston yarim orolidagi yadroviy qurollanish poygasi mohiyatini tushunmoq zarur.

Davlatlar yadroviy qurollarga ega boʻlishga asosan ikki sababga koʻra harakat qiladi: Birinchi sabab: Anʼanaviy harbiy ustunlikni oshirish uchun. Masalan, Shimoliy Koreya ushbu yoʻnalishni tasdiqlaydi. Chunki u Janubiy Koreyaning anʼanaviy harbiy ustunligidan gʻolib kelish hamda qurolsizlantirilgan Koreya mintaqasiga minglab kuchlarini joylashtirib olgan Amerikaning jigʻiga tegish uchun yadro qurollarini muhim deb biladi. Ikkinchi sabab: Yadroviy qurolga ega davlatlar bir-biriga qarshi turish uchun. Masalan, Sovet Ittifoqi “yadroviy zontik”ni kengaytirish va bu kengaytirishni Koreya urushi orqali Xitoygacha olib borish masalasida omadi chopmadi. Ana shunda Xitoy yadroviy qurolga ega boʻlishni qasd qildi… Bu esa Hindistonni oʻz yadroviy dasturini davom ettirishga undadi. Oʻz navbatida, Pokiston ham yadroviy dasturini ishga tushirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, shu uch davlat oʻzaro yadroviy hujumlar sodir boʻlishini oldini olish uchun bir-birlari bilan yadroviy tenglik holatiga erishishga urinmoqda: Waltz, K. (1981). The Spread of Nuclear Weapons: More May Be Better: Introduction. The Adelphi Papers, 21 (171), pp.383-425
Biroq yadro boyegolovkalariga ega boʻlishning oʻzi, yadroviy qurolga ega boʻlgan dushmanni harbiy harakatlardan tiyib turishga yetarli emas. Yadroviy tiyib turish gʻoyasi amalga oshishi uchun yadroviy boyegolovkalarga ega davlatlar oʻz yadroviy arsenallarini har qanday ehtimoliy hujumdan himoya qilishga qodir boʻlishlari kerak. Yadroviy harbiy boyegolovkalarni uchirib, dushman tarafdagi yadroviy nishonni ura olish, “birinchi zarba”, (yaʼni birinchi boʻlib zarba berish) deb ataladi. Ushbu “birinchi zarba”ni koʻtara olib, yadroviy qasos zarbasini berish, “ikkinchi zarba”, deb ataladi. Yaʼni “birinchi zarba” natijasida omon qola olishi va yetarli yadroviy harbiy boyegolovkalarga ega boʻlib turishi lozim boʻladi. “Yadroviy uchlik”, deb shuni aytiladi. Yaʼni davlat yadroviy raketalar uchira oladigan suv osti kemalariga ega boʻlsa “yadroviy uchlik”ni qoʻlga kiritadi. Chunki suv osti kemalari fosh boʻlish qiyin boʻlib, aviatsiya imkoniyatini ishdan chiqaruvchi kontrataka yoʻllashga qodirdir.
Yadroviy davlatlar oʻrtasidagi yadroviy tiyib turish ikki davlatning “ikkinchi zarba”ni berishga qodir boʻlganida yaxshi ishlaydi. Bu esa har ikkala tarafda ham vayronagarchilik yuz berishini taʼminlaydi. Mana shundan qoʻrqish tomonlarning “birinchi zarba”ni yoʻllashdan toʻsib turadi. Yadroviy starteglar bu holatni oʻzaro muqarrar vayronagarchilik (MAD), deb atashadi. Binobarin, anʼanaviy qurollardan farqli oʻlaroq, yadroviy qurollarning haqiqiy mohiyati dushmanni oʻzining yadroviy qurollarini ishga solishdan tiyib turishidadir.
1998 yilda Hindiston bilan Pokiston yadroviy sinovlarni boshlagandan buyon yadro olimlari, strateglar va siyosatchilar mazkur yadroviy tiyib turish nazariyasini hayotda tatbiq qilishga harakat qilib kelishmoqda. Oʻzaro muqarrar vayronagarchilik sababli har ikkala tomon ham yadroviy tinchlik Hindiston yarim orolida mavjud deya ishonishadi. Raketa texnologiyasini tezkor rivojlantirish va raketalarga yuklash uchun boyegolovkalarni kichraytirish va uchirish amaliyotlarini rivojlantirish ortida turgan asosiy omil mana shudir. Bir vaqtning oʻzida, Soʻnggi vaqtlarda boʻlayotgan Pokiston bilan Hindiston oʻrtasidagi raketa sinovlarini tushunish uchun yadroviy tiyib turish istiqbolidan (oldindan eʼtiborga olingan rejalaridan) foydalanish lozim. Oʻtgan oʻn yil mobaynida raketa texnologiyasi sohasida ham, “birinchi zarba” variantini taʼminlash borasida ham har ikkala taraf bir muncha yutuqqa erishdi. Shunga qaramay, soʻnggi oʻzgarishlar “ikkinchi zarba” variantini saqlab qolish uchun koʻp harakatlar olib borilayotganini koʻrsatmoqda. Quyidagi misollarga qarang:
a) Suv osti kemalari ballistik raketalari (SLBM): 2017 yil 9 yanvarda Pokiston Tinch okeanining nomaʼlum yerida “Bobir-3” raketasi sinovini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Unda suv ostidan 450 km.ga qanotli raketa uchirdi, soʻng dengizda fosh boʻlib qolmaslik choralarini koʻrdi. Pokiston armiyasiga koʻra, bu bilan Islomobodga “ikkinchi zarba”ni yoʻllash qudratini beradigan “Bobir-3” raketasi sinovi amalga oshirildi. https://www.wsws.org/en/articles/2017/02/28/inpk-f28.html

Shunday boʻlsa-da, Pokiston atom suv osti kemalariga ega emas. Shu bois “Bobir-3”ni dizel va elektrda ishlovchi suv osti kemalariga yuklashga majbur. Dizel va elektrda ishlovchi suv osti kemalari esa cheklangan muddatda suv ostida qola oladi. Aytish mumkinki, Pokistonning “Bobir-3”i Hindistonning “K4” raketa tizimigi javob hisoblanadi. “K4” Hindistonning suv osti kemalari ballistik raketalari (SLBM) tomonidan otiladi. Bu raketa 2014 yil may oyida otib-sinab koʻrilgan. “K4” 3000 km.ga uchish qudratiga ega boʻlib, Pokiston va Xitoyga yeta oladi. Shunday qilib, demak, Pokiston ham, Hindiston ham “ikkinchi zarba”ni yoʻllash imkoniyatiga ega.

b) Bir necha joylarni nishonga oluvchi asosiy bosh qism (MIRV): 2016 yil dekabr va 2017 yil yanvar oylarida Hindiston yadroviy imkoniyatga ega boʻlgan ikki raketani sinovdan oʻtkazdi. Birinchisi (Agni-V) nomli “er-er” rusumidagi ballistik raketa boʻlib, yadroviy arsenalning jadal rivojlanishi hisoblanadi. Ikkinchisi “Agni besh” nomli 5000 km.ga ucha oladigan bir qancha yerlarni nishonga oluvchi yadroboyegolovkalar oʻrnatilgan. Bundan tashqari, Nьyu-Dehli 2017 yil yanvarda ham 4000 km.ga uchuvchi “Agni toʻrt”ni ham sinovdan oʻtkazdi. “Agni besh” raketasi Xitoyda joylashgan yadroviy nishonlarga zarba berish imkoniga ega. Bu yil Pokiston “Abobil” raketasini sinovdan oʻtkazdi. Bu bir necha joylarni nishonga oluvchi asosiy bosh qismga ega boʻlgan raketalar tizimi (MIRV) hisoblanadi. Pokiston armiyasi tomonidan chiqarilgan matbuot bayonotida bunday deyiladi: “2200 km.ga ucha oladigan va bir necha boyegolovkalar joylashtirilgan “er-er” rusumidagi “Abobil” ballistik raketalarining dastlabki sinovi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. “MIRV” texnologiyasidagi ushbu raketa yuqori aniqlikda bir necha nishonlarni urishga va dushman radarini magʻlubiyatga uchratishga qodir”. https://www.dawn.com/news/1310630. “Abobil” raketalari loyihasi yadroviy tiyib turuvchi sifatida, Hindistonning ballistik raketalari mudofaasini yakson qilish uchun ishlab chiqildi. Shuningdek, Hindiston ham Pokistonning ehtimolli yadroviy raketalarini urib tushirish uchun “Ashvin” kabi raketa-perexvatchiklarni sinamoqda. “MIRV” texnologiyasi keng yoyilsa, bitta yadroviy raketa bir necha yadroviy raketalarga aylanishi mumkin. Bu esa raketa-perexvatchiklar imkoniyatini bekor qiladi.

Hech shubha yoʻqki, Hindiston bilan Pokiston oʻrtasidagi bu yadroviy qurollanish poygasi, “ikkinchi zarba” variantiga hozirlik koʻrish uchundir. Bu esa, Hindistonning raqibi bilan (yaʼni Xitoy bilan) boʻlgan yadroviy balansni ostin-ustin qilib yuboradi. Chunki, Xitoy yadroviy tiyib turish masalasiga minimal darajada harakat qilmoqda. Hindiston rahbarlari “MIRV” texnologiyasini rivojlantirishga va raketa tashuvchi suv osti kemalariga qattiq qiziqishmoqda. Ularning armiya bosh qoʻmondoni general Bipin Ravat Hindistonni “ikki frontda jang qilishga tayyor” ekanini, yaʼni bir vaqtning oʻzidi ham Pokiston, ham Xitoyga qarshi jangga kirisha olishi toʻgʻrisida bayonot berdi. http://www.ibtimes.co.uk/india-prepared-two-front-war-pakis.
Hindistonning “Agni-V” raketasini sinovdan oʻtkazishi Xitoyni gʻazablantirdi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot voizasi Xua Chunьin bunday dedi: “Agar Hindiston yadroviy qurollarni tashuvchi ballistik raketalarni rivojlantirgudek boʻlsa, bu haqda BMT qoshidagi Xavfsizlik Kengashida aniq qonun-qoidalar bor”. Xitoy vazirligi Hindistonning “Agni-V”dan koʻzlagan maqsadi Xitoyga qarshi turishdir, deyishgacha yetib bordi. http://www.upi.com/…/India-tests-Agni-V-ball…/9001482862013/.

Hindistonning bunday provokatsion siyosatni AQSh qoʻllab-quvvatlovisiz amalga oshirishi mumkin emas. Zero, AQSh 2005 yil imzolangan “123” bitimi orqali uni qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu bitim Hindistonga fuqaroviy reaktorlar uchun yonilgʻi yetkazib berilishi, binobarin, ayni yonilgʻidan oʻzining yadroviy dasturida ham foydalanishi imkonini beradi. Darvoqe, Tramp maʼmuriyati sobiq AQSh maʼmuriyatining Hindistonga vaʼda qilgan istiqbolni bino qilish istagida ekanini ochiq aytdi. Masalan, 2017 yil 8 fevralda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis hindistonlik hamkasbi Manoxar Parrikar bilan oʻtkazgan telefon suhbati chogʻida, soʻnggi vaqtlarda Hindiston qoʻlga kiritgan “ulkan istiqbol”ni yuksak baholab, “ikki davlatning mudofaa sohasida hamkorlik qilayotganlari”ni olqishladi. Soʻng yangi maʼmuriyat “shunday impulьsni saqlab turish va uni oʻziga asos qilishga astoydil harakat qilmoqda”, dedi. https://www.wsws.org/en/articles/2017/02/15/inus-f15.html.
Demak, Amerika Hindiston yarim orolidagi yadroviy qurollanish poygasidan foydalanib, Xitoyni ayni poygaga aralashtirmoqchi. Bu poygaga aralashtirishdan maqsad, Xitoyni iqtisodiy faoliyatdan uzoqlashtirib, harbiy faoliyat bilan mashgʻul qilish va shu orqali uni yemirilishini tezlashtirishdir, xuddi Sovet Ittifoqini qilgani kabi. Hozirda Xitoy yadroviy tiyib turish masalasiga minimal darajada harakat qilishda davom etmoqda hamda yadroviy qurollanish poygasiga aldanishni istamayapti.

12 jumodus-soniy 1438h

11 mart 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.