Anqarada rus elchisi oʻldirilishi ortida nima turibdi?

799
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Anqarada rus elchisi oʻldirilishi ortida nima turibdi?

Savol:

2016 yil 19 dekabrda Turkiya poytaxtida xavfsizlik xodimlaridan biri rus elchisiga qarata oʻt ochib uni oʻldirdi. Bu manzara bevosita efirda koʻrsatildi. Bu hodisa elchi Anqaradagi sanʼat koʻrgazmasida nutq soʻzlayotgan paytda roʻy berdi. Turk hukumati bu amaliyot ortida Gulen turganini bildirdi. Bu ayblov qanchalik toʻgʻri? Bu amaliyotga undagan omil nima? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob:

Javob aniq-tiniq boʻlishi uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqish zarur:

Avvalo: yuz bergan narsa voqesi:

Yaqinda Halabda yuz bergan qirgʻin musulmonlar boshiga tushgan yana bir falokat boʻldi. Bu fojianing oʻzi musulmonlarning hislarini junbushga keltirishga, ularning tuygʻularini alanga oldirishga va ularni yuz bergan bu qirgʻinga qarshi rad javobi sifatida qator ishlarni amalga oshirishga undashga kifoya qildi. Zero Turkiya hokimi Erdoganning xiyonati, uning Islom va musulmonlarning birinchi raqamli dushmani Amerika toʻqigan til biriktiruv fitnasini amalga oshirishdagi roli va Amerika xizmatkori Rossiyaning va togʻut Basharning xiyonatkor Eron, uning Livandagi Hizbi va toʻdalari ishtirokida amalga oshirgan jinoyatlaridagi roli aniq koʻrinib qoldi.
Oʻsha politsiyachi rus elchisini otib oʻldirganidan keyin islomiy shiorlarni, arab tilida “Biz tirik ekanmiz jihod toʻgʻrisida Muhammadga bayʼat berganmiz” deb hayqirdi. U turk tilida “Halabni unutmanglar, Suriyani unutmanglar, Allohu Akbar” deb ham hayqirdi. U bularni koʻp marta takrorladi. Bu esa uning yaqinda Halabda yuz bergan hodisalardan va butun Suriyada uning musulmon ahliga qarshi qilinayotgan jinoyatlardan qattiq taʼsirlanganiga dalolat qilib turibdi. Chunki u: “Halab va Suriyada yuz bergan bu zulmda qoʻli bor har bir kimsa buning badalini albatta toʻlaydi” deb hayqirdi. U “Modomiki bizning yurtlarimiz tinchlik-omonlikda boʻlmas ekan sizlar ham tinchlik taʼmini aslo totmaysiz…” deb ham hayqirdi. (Axborot agentliklari, 2016 yil 19 dekabr). Yigit bu xitobni Suriyani vayron qilgan va musulmonlar yurtlariga bosqinchilik qilgan Amerika, Rossiya, ikkovining ittifoqchilari, tobelari va toʻdalariga qarata yoʻllagandek boʻldi. U bu xitobni ularning qilgan jinoyatlari bu Ummat xotirasidan aslo oʻchmasligi va ularga vaʼda qilingan azob kuni ularning boshiga Alloh izni bilan albatta kelishi… mazmunidagi bir noma sifatida yoʻlladi.
Hayron qolingan ish shu boʻldiki, maʼmurlar uni qamoqqa olishmadi, balki uni qasddan oʻldirishdi. Buning qasddan qilingani shundoq koʻrinib turibdi. Chunki togʻutlar agar yigitni qamoqqa olib uni sud qiladigan boʻlishsa uning Halab va Suriya haqidagi shiorlarni, hokimlarning, xususan Erdoganning Halabni yordamsiz tashlab qoʻygani haqidagi shiorlarni baralla hayqirishni davom ettirishidan qoʻrqishdi. Chunki bunda Halabni yordamsiz tashlab qoʻygan Erdogan noqulay holatga tushib qolardi. Shuning uchun bu politsiyachini oʻldirish haqidagi buyruq Erdogan tomonidan kelgan boʻlishi ehtimoldan uzoq emas. Chunki shunda Erdogan noqulay vaziyatlardan va ularning oqibatlaridan qutulib qolardi! Aslida yigitni – garchi u “meni tiriklayin qoʻlga ololmaysizlar” deb hayqirgan boʻlsa-da – bemalol qamoqqa olish imkoni bor edi. Chunki u yerga katta sondagi xavfsizlik xodimlari bostirib kirishgan edi. Yigit esa ana shu soʻzlarni oʻz pozitsiyasida qattiq turishini va hech qoʻrqmasligini bildirish uchun hayqirgan edi. Shunga asoslanib Onadoʻli axborot agentligi 2016 yil 21 dekabrda quyidagilarni bildirdi: “Prokuratura xodimlari sanʼat koʻrgazmasiga bostirib kirgan maxsus kuchlarning politsiyachi Mavlud Oltintoshni tiriklayin qoʻlga olmasdan uni nima sababdan oʻldirishgani boʻyicha tergov olib borishga kirishishdi”. Noqulay vaziyatda qolgan Erdogan xavfsizlik xodimlarini himoya qilib, ularning yigitni oʻldirishganini bunday deb oqlashga urindi: “Uni tiriklayin qoʻlga olmasdan oʻldirishgani sababi haqida turli fol ochishlar boʻlyapti, qarang Beshiktoshda – u yerda hujum qilganlardan birini qoʻlga olishga urinishgan paytda – nima boʻldi”… Lekin bu hodisa Beshiktoshdagi hodisaga aslo oʻxshamaydi. Chunki koʻrgazma zalida politsiyachi bir oʻzi dushman davlat Rossiyaga qarshi islomiy shiorlarni hayqirdi. Yigit Suriyadagi kufr rejimini va bu rejim boshligʻi togʻut Asadni himoya qilish uchun Suriyadagi musulmonlarni kechayu kunduz oʻldirayotgan va ularning yurtini vayron qilayotgan Rossiyaga qarshi islomiy shiorlarni hayqirdi. Chunki Halabda roʻy bergan genotsid (qatli om) butun musulmonlarning qahr-gʻazabini qoʻzgʻadi. Bu gʻazabni politsiyachi yigitning hayqiriqlari va takbirlari ifodaladi… Beshiktoshdagi amaliyot esa kurd millatchi, ilmoniy, separatchi tashkilot uyushtirgan amaliyot boʻlib, uning Islomga va uning maqsad-gʻoyalariga hech qanday aloqasi yoʻq. Chunki bu tashkilotni undovchi maqsadlar Islomdan juda yiroqdir va bu tashkilot siyosiy jihatdan mustamlakachi davlatlar bilan bogʻlangan… Shuning uchun politsiyachi bilan roʻy bergan bu hodisani Beshiktoshdagi ana shu hodisa bilan solishtirib gapirish aldab chalkashtirishning bir turidir, xolos. Demak bu hujjat oʻrniga oʻtmaydi. Aksincha u – uni roʻkach qilayotgan kimsani niqoblamay uning basharasini ochib qoʻyadigan – rad qiluvchi hujjatdir!
Ikkinchi: Bu hodisaga nisbatan bildirilgan munosabatlar:

Rus elchisining oʻldirilishi Amerikani tashvishga solib qoʻydi. Chunki Amerika oʻzining Suriyadagi loyihalarini amalga oshirish uchun Rossiyani ishga solmoqda. Amerika Rossiya bilan toʻla ittifoq tuzib, barcha ishlarni u bilan kelishib olib bormoqda. Shuning uchun Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bunday dedi: “Qoʻshma Shtatlar rus elchisi Andrey Karlovning bugun Anqarada oʻldirilganini qattiq qoralaydi…”. (Reyter, 2016 yil 20 dekabr). Kerri uni: “tuban hujum” deb atadi va “oʻzining mamlakati Rossiya va Turkiyaga bu hujum borasida tekshiruv oʻtkazishda yordam berishga tayyor” ekanini bildirdi. Amerika tashqi ishlar vazirligi vakili Kirbi esa: “Biz bu zoʻravonlik amaliyotini – uning kelib chiqish sababi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar – qattiq qoralaymiz. Biz elchi va uning oilasi bilan hamfikr va hamdardmiz” dedi. Oq uy rasmiy vakili, Amerika mudofaa vazirligi va yangi saylangan prezident Tramp komandasi ham rus elchisining oʻldirilganini qattiq qoralashdi. Chunki Amerika va Rossiya bitta safdadir.
Amerikaga malay va Amerika buyrugʻi boʻyicha Rossiya bilan ittifoq tuzgan Erdogan bu hodisa oʻzining Rossiya bilan boʻlgan aloqalariga taʼsir qilishini istamaydi. Biz uning rus samolyoti urib tushirilgani mavzusini qanday hal qilganini va ruslardan uzr soʻraganini koʻrdik. U oʻzining Amerika rejasini bajarish uchun qoʻzgʻolonchilarni aldab ularni Halabdan chiqarish maqsadida qanchalik xiyonat qilganini Alloh dushmani Putin bilan avgustda tuzgan kelishuvi bilan fosh qilib qoʻydi. Erdoganning bu xiyonatini Putinning oʻzi ochib qoʻydi. Bu bilan u oʻzining ittifoqchisi Erdoganning sharmandasini chiqardi va uning savlat toʻkib, hamma yoqni kezib oʻzining yolgʻon qahramonligi va soxta jasurligi bilan maqtanolmaydigan qilib qoʻydi… Vaholanki Erdogan Putinga – ikkalasi avgustda Peterburgda uchrashishgan paytda – xorlarcha xushomad qilib Putinni ittifoqchi va aziz doʻst deb atagan edi! Rus elchisi oʻldirilishining ertasi kuni Erdogan rus elchisi oʻldirilganiga qaramay Suriya masalasi boʻyicha hamkorlikni davom ettirish toʻgʻrisida oʻzining rus hamkasbi Putin bilan kelishib olganini bildirib bunday dedi: “Turli sohalarda, xususan Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiraverishimiz borasida prezident Putin bilan qarashlarimiz bir xil, bu hujum sababli bu hamkorlik toʻxtab qolmasligi kerak…”. (Al-Jazira, 2016 yil 20 dekabr). Uning tashqi ishlar vaziri Chovushoʻgʻli esa oʻzining rus hamkasbi Lavrov bilan Moskvada uchrashib quyidagilarni aytdi: “Turkiya va Rossiya Suriyada va boshqa mintaqalarda siyosiy yechimga erishish uchun oʻzaro hamkorlikni davom ettiraveradi”. U elchini oʻldirish amaliyotini “Ikki tomon oʻrtasidagi aloqalarga zarar yetkazish maqsadidagi qotillik” deb atadi. Chunki Putin bu amaliyotni: “Rus-turk aloqalarini normallashtirishni va Suriyadagi tinchlik protsessini barbod qilish maqsadi koʻzlangan provokatsiya” deb atagan edi. Rus prezidenti rasmiy vakili Peskov esa bunday deb bildirdi: “Ikkala mamlakat prezidentlari bu hujum borasida tergov olib borish uchun bir mushtarak komissiya tuzish toʻgʻrisida oʻzaro kelishib olishdi”. Shunday qilib ikkala taraf: rus va turk rasmiylarining bu hodisa toʻgʻrisida bitta fikrdaligini va Suriyada tinchlik protsessi yoki tinch yechim degan niqob ostida Suriya qoʻzgʻoloniga zarba berish uchun oʻzaro hamkorlikni qattiq turib davom ettirish istagida ekanligini koʻrib turibmiz. Turkiya, Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari rus elchisi oʻldirilganining ertasi kuni uchrashishib buni (yaʼni hamkorlikni davom ettirishni) taʼkidlashdi. Ular oʻz bayonotlarida Suriyadagi ilmoniy nizomni saqlab qolish zarurligini ham taʼkidlashdi.
Yevropa ham Suriya qoʻzgʻoloniga qarshidir. Yevropa ham Islomning Suriyada boshqaruvga qaytishiga qarshidir. Shuning uchun ham Yevropa Amerika bilan birga harakat qildi va Suriyada ilmoniy nizomni saqlab qolish va siyosiy yechimni tatbiq qilishni maʼqulladi. Yevropa buni 2015 yil 14 noyabrda oʻtkazilgan Vena konferentsiyada bildirdi. Yevropa xavfsizlik kengashining bunga taalluqli qarorlarini Amerika va Rossiya bilan birgalikda maʼqulladi. Yevropaning butun istak-maqsadi Suriya masalasida va siyosiy protsessda biron rolga ega boʻlish va halqaro maydonda bir chetda yakkalanib qolmaslikdir. Chunki Yevropa ham Amerika va Rossiyaga oʻxshab Islom va musulmonlarga dushmandir va Islomning boshqaruvga qaytishiga qarshi kurashmoqda. Shuning uchun ham Yevropa Ittifoqining tashqi siyosati boʻyicha masʼulasi Federika Mogerini bu oʻldirish hodisasini qattiq qoralab bunday dedi: “Qabul qilib boʻlmaydigan bu hujum qarshisida chuqur shokka tushib qoldim”. (Al-Jazira net, 2016 yil 20 dekabr). Britaniyaning BMTdagi vakili Metьyu Rikroft ham Turkiyadagi rus elchisining oʻldirilganiga afsus bildirib “oʻzining mamlakati Suriya ichkarisi va tashqarisida terrorizmga qarshi kurashda Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi”ni bildirdi. (Al-Jazira net, 2016 yil 20 dekabr). Bu toʻgʻrida Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris ham sharhlar berib “hujumni qoʻrqoqlik va xoinlik” deb atadi. (Rusiyal Yavm sayti, 2016 yil 20 dekabr).
Germaniyada ham hukumat rus elchisi oʻldirilganini qoraladi. Nemis kantsleri Angela Merkelning rasmiy vakili Shteffen Zaybert dushanba kechqurun tvitterdagi tvitda: “Bu suiqasd haqidagi xabar juda qaygʻuli boʻlganini” va nemis hukumati bu behuda amaliyotni qattiq qoralashini bildirdi. (Al-Jazira net, 2016 yil 20 dekabr). Frantsuz tashqi ishlar vaziri Jan Mark Erlot esa: “Bu zoʻravonlik va terrorni hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi” deb aytib elchi oilasiga oʻz taʼziyasini va Rossiya bilan Turkiyani qoʻllab-quvvatlashini bildirdi… (Al-Jazira net, 2016 yil 20 dekabr).

Endi Erdoganning Fathulloh Gulen jamoatini ayblaganiga kelsak, bu ayblov notoʻgʻridir. Erdogan 2016 yil 21 dekabrda bunday dedi: “Anqarada rus elchisini oʻldirgan qurolli kimsaning Fathulloh Gulenning terrorchi tarmogʻi aʼzosi ekanligida hech shubha yoʻq… Uning koʻrsatma olishidan tortib bogʻlanishigacha boʻlgan barcha aloqalar Gulenning terrorchi tarmogʻiga ishora qilib turibdi…”. (Reyter, 2016 yil 20 dekabr). Bunday ayblov yangilik emas. Chunki Erdogan boshchiligidagi turk davlati haqiqatni yashirish uchun barcha ishda shu jamoatni ayblashga odatlanib qoldi. Masalan bu davlat 15 iyuldagi barbod boʻlgan toʻntarish urinishini rejalashtirgan inglizlar malaylarini yoʻq qilishni yashirish uchun shu jamoatni toʻntarishga urinishda aybladi. Gulenning oʻzi esa elchi oʻldirilganini qattiq qoraladi. Bu haqda shu harakat vakili Aslon Doʻgʻon bunday deb bildirdi: “Janob Gulen bu amaliyotni, rus elchisi oʻldirilganini tamoman qoralaydi, u buni “sharmandalik” deb atadi. U turk hukumatining jamoatni shu oʻldirish amaliyoti ortida turganlik bilan ayblaganini “kulgini qistatuvchi” deb atadi”. (Reyter, 2016 yil 20 dekabr).
Shunisi ham maʼlumki bu jamoat va uning boshchisi Gulen Islom va musulmonlar haqida aslo qaygʻurmaydi. Shuning uchun bu jamoat yahud vujudining Marmara kemasiga vahshiyona hujum qilib 10 turk musulmonni oʻldirganini oqlab chiqdi. Bu jamoat yahudiylar bilan ittifoqchidir va ularni oʻzi kabi moʻminlar deb hisoblaydi. Bu jamoat musulmonlar bilan ittifoqchi boʻlmaydi, ularning masalalariga yordam bermaydi va hech qaysi islomiy masalani tabanniy qilmaydi va qoʻllab-quvvatlamaydi. Bu jamoat Islomiy Xalifalik loyihasiga qarshidir, bu loyiha ustidan istehzo bilan kuladi va uning uchun ish olib borayotganlarga qarshi kurashadi. Bu jamoat 2013 yil oxirigacha Erdoganga sherik boʻlib keldi. Shundan keyin u bilan kelisholmay qoldi. Bu kelishmovchilik Amerika manfaatlariga xizmat qilishda kim oʻzarga musobaqalashish qabilidandir… Demak bu jamoat ham Erdoganga oʻxshab Amerikaga malaydir, u ham Erdogan va uning partiyasiga oʻxshab Amerika manfaatlariga xizmat qiladi, demokratiyani, ilmoniylikni va Amerika loyihalarini qabul qiladi. Shuning uchun bu jamoat biron musulmonga yordam bermaydi va musulmonlar manfaatlari yoki masalalari toʻgʻrisida qaygʻurmaydi. Demak bu jamoat mustamlakachi kofirlarga qarshi harakat qilish ortida turishdan butunlay yiroqdir… Hatto Rossiya ham bu jamoatdagilarni ayblamadi. Rus prezidenti vakili Peskov: “Elchiga suiqasd qilishdan kim javobgar ekanligini aniq aytishga hali erta” deb turk rasmiylarining Gulen jamoatini bu amaliyot bilan ayblashlarini rad etdi. U: bu suiqasd Turkiya haybatiga berilgan bir zarba ekanligi aniqdir – dedi. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 21 dekabr). Bu bayonot Erdoganning shu politsiyachidan va uning oilasidan intiqom olishiga olib keldi. Chunki u politsiyachining ota-onasini, singlisini va boshqa yaqinlari, doʻstlarini (hammasi boʻlib 13 kishini) qamoqqa olish toʻgʻrisida buyruq berdi. Shundan keyin Erdogan rus prezidenti bilan bogʻlanib unga taʼziya bildirdi…!

Uchinchi: bu amaliyot ortida turgan undovchi omillar:

Yuz bergan bu hodisa voqesi haqida yuqorida oʻtgan narsalarni va turli tomonlardan bildirilgan munosabatlarni koʻrib chiqish bilan shu narsa ayon boʻladiki, bu politsiyachi amaliyotni yolgʻiz bir oʻzi, hech bir tomon bilan bogʻlanmasdan amalga oshirgan. Bu Rossiyaning Suriyada qilgan vahshiyona jinoyatlari uchun bir intiqom olish boʻldi, bunga undagan omil islomiy tuygʻular boʻldi. Biz hech kimni Allohga pok qilib koʻrsatishga urinmaymiz. Alloh uni rahmat qilsin va uning ahli oilasiga sabr qilishga ilhom bersin.

إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir” [Anfol 46]

Biz Aziz, Hakim Allohdan musulmonlar boshidan gʻam-kulfatlarni ketkazib yorugʻ kunlarga olib chiqishini va ularga Xalifaliklari tiklanishi bilan nusrat berishini soʻrab qolamiz. Oʻshanda Xalifalik har bir mustamlakachi kofirga, har bir zoʻravon togʻutga va har bir munofiqqa oʻzlari loyiq boʻlgan va ular ortida turganlarning kapalagini uchirib yuboradigan eng yomon jazo alamini albatta tottiradi. Xalifalik har bir mazlumga yordam beradi va har bir jarohatni tuzatadi.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ $ بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

“Oʻsha kunda moʻminlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

26 robiul-avval 1438h

25 dekabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.