Halab tevaragidagi til biriktiruv, xiyonat va yordamsiz tashlab qoʻyishlar!

952
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Halab tevaragidagi til biriktiruv, xiyonat va yordamsiz tashlab qoʻyishlar!

Savol: 2016 yil 26 noyabrdan eʼtiboran Halabdagi janglarga bir hafta ham oʻtmasdan tinch fuqarolarni va qoʻzgʻolonchi jangchilarni olib chiqib ketish va evakuatsiya qilish haqida gap-soʻzlar boshlandi. Shundan keyin yana bir hafta oʻtmasdan Halabning sharqiy qismi aholisidan, tinch fuqarolar, jangchilar va ularning oilalaridan deyarli boʻshab qolay dedi: (Bayrut-Ammon-Reyter, Oppozitsiya nazorati ostidagi mintaqalardan tashqariga koʻchirib olib chiqib ketuvchi avtobuslarni kutish uchun Sharqiy Halabdagi maydonga minglagan odam toʻplandi. Xalqaro qizil xoch komissiyasi bu evakuatsiyaning yakshanba kuni qayta boshlanishini umid qilmoqda… Aytishlaricha, Halabning Sukkariy rayonidagi bosh maydonga 15 mingga yaqin kishi toʻplandi. Ularning koʻpchiligi oppozitsiya nazorat qilayotgan oxirgi qarshilik oʻchogʻidagi qolgan-qutgan tinch fuqarolardir. Ulardan katta qismi jangchilarning oilalari va boshqa tinch fuqarolardir, oz sondagi jangchilar ham bor. Uyushtiruvchilar har bir oilaga avtobuslarga chiqish ruxsatini beruvchi raqamni berib chiqishdi… Reyter arabiy 2016 yil 18 dekabr). Sharqiy Halabning rejimga bunday tez “taslim” boʻlishiga nima majbur qildi? Oldingi hisobotlarda Halabning rejimga eng kamida bir yil qarshilik koʻrsata olishi aytilgan edi-ku? Bunga sabab jangchilarning zaiflashib qolganimi yoki til biriktiruvchilarning til biriktiruvimi? Javob uchun tashakkur bildiraman.

Javob: Halab Amerika rejalashtirib boshqargan va Rossiya, Eron, tobelar va toʻdalar tomonidan amalga oshirilgan vahshiyona hujumga uchradi. Baland, mustahkam togʻlar ham dosh berolmay ingraydigan bu hujumlarga Halab mustahkam turib qarshilik koʻrsatdi va moʻr-malaxdek yopirilgan ana shu toʻdalarga qaqshatqich, alamli zarbalarni berdi. Bu uzoq davom etishi mumkin edi… Lekin Amerika Turkiyaga Halab chizigʻiga kirishni buyurdi. Amerika buni Rossiya bilan til biriktirish va oʻziga (Turkiyaga) bogʻlangan guruh-otryadlar qayta-qayta chekinib chiqib ketishi uchun ularga bosim oʻtkazish bilan amalga oshirishni buyurdi. Turkiyaning mana shu Amerika buyrugʻini bajarishi toʻs-toʻpolon sarosimani va Halabning “taslim boʻlishi”ga oʻxshash narsani paydo qildi. Demak Amerika rejasini bajarish Turkiyaga topshirildi. Turkiya buni ruslar bilan kelishib amalga oshirdi. Amerikaning bu rejasi rejimning Sharqiy Halabga kira olishiga imkon yaratish uchun ishlab chiqildi… Shunday qilib demak Halabni qulatgan narsa rejimning kuchi emas, balki til biriktiruv boʻldi. Bu til biriktiruv Amerika boshchiligida Rossiya va Turkiya oʻzaro kelishib olgan reja boʻyicha amalga oshdi. Putin bu til biriktiruvni ochiq aytib qoʻya qoldi. U oʻzining sherigi Erdoganni niqoblab oʻtirmadi, balki matbuot konferentsiyasida hammaning koʻz oʻngida uning sharmandasini chiqardi! Chunki Putin matbuot konferentsiyasida Halabda yuz bergan narsa oʻzining Halab xususida Erdogan bilan – u Peterburgga kelgan paytida – kelishib olgan narsaning natijasi ekanligini aytdi: “Rus prezidenti Vladimir Putin Halab sharqidan qurolli jangarilarni evakuatsiya qilish amaliyoti turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan avgust oyida Peterburgga kelgan paytda erishilgan kelishuv boʻyicha amalga oshganini maʼlum qilib bir siyosiy “bomba”ni portlatdi… Rus prezidenti bugun juma kuni Tokioda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida Moskva Turkiyaning ana shu qurolli jangarilarni olib chiqib ketishda ishtirok qilishi xususida Anqara bilan kelishib olganini, qurolli jangarilar eng avvalo tinch fuqarolarni himoya qilish uchun qurol-aslahalarni tashlashga rozi boʻlishganini aytdi. Putin qoʻshimcha qilib bunday dedi: “Mening nuqtai nazarim boʻyicha hukm chiqaradigan boʻlsak yuz berayotgan bu hodisa aniq qilib aytganda biz turk prezidenti bilan uning Peterburgga safari chogʻida kelishib olgan narsadir”…” (Elaf, 2016 yil 16 dekabr, Sputnik Nьyus, 2016 yil 16 dekabr).

Javobni Putin aytgan soʻzlar bilan yakunlashim mumkin edi. Lekin men Halabga, qahramon va boʻysunmas Halabga Turkiya tomonidan ortdan halokatli xanjar sanchish qanday roʻy berganini yanada koʻproq yoritib bermoqchiman. Vaholanki, Turkiya Halabni qizil chiziq deb hisoblashi haqida jar solib kelgan edi. Hozirga kelib uni oʻz qoniga belanib oqib ketayotgan “suyuq” chiziqqa aylantirdi… Halabga hujum qilingan kunda ortiga qarab qochgan guruhlar tomonidan ham ortdan zarba berildi. Bu guruhlar Alloh Subhanahuga, Rosuli Aga va moʻminlarga xiyonat qilgan ana shu xoin davlatlar eshiklarida tilanib ozuqalangan iflos pullar sababli bu davlatlarga tobe boʻlib qolganligi oqibatida shunday boʻldi… Shuning uchun ham men bu ishni yanada koʻproq yoritib bermoqchiman:

Birinchi: Halab va uning atrofidagi qoʻzgʻolonchilar Halabni bir qisqa muddatda bosib olish mumkin boʻladigan darajada hech qachon zaif boʻlmaganlar! Lekin Halab qisqa muddatda bosib olindi. Chunki yaqin ikki hafta ichida va 2016 yil 26 noyabrdan boshlab rejim kuchlari va uning ittifoqchilari Halab shahrining eng katta rayoni Hanonoga bostirib kirdi va oldinga siljib Saxur, soʻngra Shiar va qadim Halab tevaragini burdalab tashladi. Bu kuchlarning kutilmagan shaklda osonlik bilan oldinga siljishiga sabab oʻz yoʻlida qarshilikka uchramagani boʻldi. Agar Erdoganning aralashuvi boʻlmaganida bu kuchlar albatta qarshilikka uchragan boʻlardi. Ikki kun davom etgan tanaffusdan keyin rejim kuchlari shaharning janubiy mehvari boʻylab oldinga siljib Shayx Said rayonini bosib oldi. Bu vaqt oraligʻida bu kuchlar havo va quruqlikdan quturib hujum qilib oldinga siljishni davom ettirdi, oʻz yoʻlida hech narsani, hech kimni ayab oʻtirmadi, tinch fuqarolar qonini toʻkish va uylarni ustilariga agʻdarish haromligini zarracha nazar-pisand qilib oʻtirmadi, aksincha ularni yondirib yubordi. Natijada dahshatli qirgʻinlar va qoʻrquvga solish hamlalari boʻldi. Bularning barchasidan maqsad Halabni tashlab chiqishdan bosh tortgan jangchilar yuragiga qoʻrquv solish edi. Ularni shu orqali shahardan shoshilinch chiqib ketishga majbur qilmoqchi boʻlishdi… Halabga qarshi harbiy hujum boshlanganidan boshlab Turkiya Suriya boʻyicha Rossiya bilan birgalikda qizgʻin harakatlar qildi. Masalan Bi-Bi-Si 2016 yil 2 dekabrda bunday deb bildirdi “Mavlud Chovushoʻgʻlining aytishicha Turkiya Suriya krizisiga oid bir yechimga erishish uchun Rossiya bilan, Asad ittifoqchisi Eron hamda Suriya va Livan bilan maslahatlashmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan esa Suriya mavzusini oʻtgan haftada oʻzining rus hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali eng kamida uch marta muhokama qildi. Chovushoʻgʻli ham xuddi shu mavzuni muhokama qilish uchun payshanba kuni Turkiyada rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi”. Bu xatti-harakatlar Halabda qonli qirgʻinni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun boʻldi. Bundan oldin bu qonli qirgʻin tafsilotlari Vashington bilan birgalikda ishlab chiqildi. Shundan keyin turk va rus taraflari, ularning yugurdaklari bu qirgʻinni amalga oshirishga kirishdi.

Ikkinchi: bu qirgʻinni amalga oshirishdan oldingi davr oraligʻida turk rasmiylari “terrorchi”larni Halabdan haydab chiqarish xususida ilgari eshitilmagan gʻalati bayonotlarni beradigan boʻlishdi. “Turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli Suriya shimolidagi Halabda toʻqnashuvlar toʻxtatilishini talab qildi va Jabhatu fathish Shom (oldingi Jabhatun nusra)ni Halabdan darhol chiqib ketishga chaqirdi…”. (Al-Jazira net, 2016 yil 27 oktyabr). Chovushoʻgʻli bunga Suriya xususida Lozannada Amerika boshchiligida oʻtkazilgan yigʻindan keyin chaqirdi. Ana shu davr ichida Amerika maydonni Suriyadagi eng hassos oʻyinchi Turkiya bilan birgalikda tayyorlab oldi. Shuning uchun ertasi kuni turk rasmiylarining bayonotlari sezilarli ravishda yanada keskin tus oldi. Masalan Ittihod Press 2016 yil 17 oktyabrda quyidagi xabarni tarqatdi “Turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli “Halab Nusra terrorchilaridan zudlik bilan tozalanishi kerak, Suriya oppozitsiyasi Nusradan ajralishi lozim” dedi. U buni Rossiya, Amerika, Eron, Iroq, Misr, Turkiya, Saudiya, Qatar, Iordaniya tashqi ishlar vazirlari hamda BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Stefan de mistura bilan Shvetsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan keyin aytdi. Bu pozitsiya Turkiyaning BMT tomonidan terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan Jabhatun Nusraga nisbatan tutayotgan shu turdagi ilk pozitsiyasi hisoblanadi”. Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida tuzilgan kelishuv haqida esa Turk Press 2016 yil 31 oktyabr ertalab Turkiyaning “Eni Shafaq” gazetasidan olib quyidagilarni yozdi. Gazeta qaysi manbalardan olganini maʼlum qilmadi: “Turkiya va Rossiya oʻrtasida yana bir kelishuvga erishildi. Yangi Turk-Rossiya loyihasi boʻyicha Halab, Loziqiya atrofi, Idlib, Hasaka, Dayrizzur, Raqqada Suriya urushi boshlanishidan oldingi vaziyat qayta tiklanadi. Bu mintaqalarning demografik strukturasi ham hisobga olinadi”. Shundan keyin Turkiya (Erdogan) Halabni “taslim” qildirish kelishuvini amalga oshirish uchun gʻoyatda tez qadamlarni tashlay boshladi va harakatlarni Rossiya bilan kuchli muvofiqlashtirishga kirishdi!

Uchinchi: Amerika bir oz parda ortida yashirinib turdi. Suriya sahnasida Erdogan paydo boʻldi va uning atrofi yoritib berildi. Bu Halabga hujum boshlanishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Turkiya toʻsatdan jinoyatchi ruslar bilan oppozitsiyaning muzokarachi delegatsiyasi oʻrtasida muzokaralar borayotganini, delegatsiya tarkibiga “Ahrorush Shom, Jayshul Mujohidin, Faylaqush Shom, Jabhatush Shomiya otryadlari” kirganini eʼlon qildi. (Turk Press, 2016 yil 8 dekabr). Bu delegatsiya Erdogan tuzogʻiga tushdi. Bu tuzoq Vashingtonda tayyorlandi. Bu muzokaralar Rossiya va uning sherigi Erdogan Halab maydoniga zarbalar beradigan tuynuk boʻldi. Shu maqsadda Rossiya “Fathush Shom”ning Halabdan chiqib ketishini talab qildi. Bu talab Halabda quruqlik janglari boshlanishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Ruslar buni ancha vaqtdan beri talab qilib kelishayotgan boʻlsa-da lekin bu talabning Anqarada turk rasmiylarining hozirligida va homiyligida koʻndalang qoʻyilishi qurolli oppozitsiyaga Turkiya endilikda “terrorchilar”dan ajralishni istaydi degan mazmundagi kuchli nomani yetkazish boʻldi! Halabda qirgʻinlar va qoʻrquvga solish roʻy berganiga qaramay muzokaralar davom etdi. Ertasi kuni Rossiya Halabdan barcha jangchilarning chiqib ketishini talab qildi. Qurolli oppozitsiya nomidan muzokara olib borayotganlar ruslarning bu talabi turk tomonining ham talabi ekanligiga ishonch hosil qilishgach Halabdagi qarshilik harakatiga bosim oʻtkazib chekinib chiqib ketishni, yaʼni shaharni rejim va uning ittifoqchilariga topshirishni talab qila boshlashdi. Shunda Anqarada qurolli oppozitsiya nomidan muzokara olib borayotgan delegatsiya – Rossiya, Eron va rejim quruqligu havodan qoʻrquvga solish urugʻini sochayotgan bir paytda – Halab ichkarisini yordamsiz tashlab qoʻyish zaharini sochayotgani aniq boʻlib qoldi… Bu aniq boʻlib qolgach Halab shahri ichkarisidagi qoʻzgʻolonchilar ana shu muzokarachi delegatsiyaga oʻzlarining shahardan aslo chiqib ketmasliklarini va uni mudofaa qilajaklarini yetkazdilar va Halab armiyasi tuzilganligi eʼlon qilindi.

Toʻrtinchi: Rossiya qoʻzgʻolonchilarning bir qismi Turkiya bosimlariga boʻysungani, xususan qoʻzgʻolonning harbiy va siyosiy yetakchilari Anqarada Rossiya va Turkiya bilan muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqatdi. Masalan Rusiyal Yavm kanali 2016 yil 16 dekabrda quyidagilarni bildirdi: “General Rudskoyning bildirishicha moʻʼtadil oppozitsiyaning 3500ga yaqin jangarisi qurol-aslahalarini tashlab taslim boʻlishdi. Ulardan 3000 nafari afv qilindi”. Rossiya janglar chogʻida ham shunga oʻxshash xabarlarni tarqatdi… Yaʼni bu Turkiyaga malay guruhlarni shahardan ertaroq chiqarib, ular turgan rayonlarni rejim armiyasiga va uning ittifoqchilariga hamda rejim bilan ittifoq tuzgan kurd otryadlariga topshirish amaliyoti boʻldi. Shu tarzda ana shu guruhlar Turkiyaning yordamsiz tashlab qoʻyishini qabul qildi va Turkiyaning bevosita bosimiga yoki muzokarachi delegatsiya orqali oʻtkazgan bosimiga yoki bu guruhlarning Turkiyada biqsinib yotgan harbiy va siyosiy yetakchilari orqali oʻtkazgan bosimiga boʻysundi. Bu yetakchilar Turkiya, Saudiya va boshqalari tomonidan berilgan iflos, zaharli pullarda bulgʻanib, agʻanab yotishibdi. Bu guruhlar Halabda jang qilishdan voz kechgach Halabni “taslim” qilish amaliyoti haqiqatdan ham roʻy berdi. Bu voz kechish oʻzlarini Turkiya kafolatlari ostida rejim armiyasiga “topshirish” koʻrinishida shaharni tashlab chiqishlari bilan boʻldimi yoki qolgan-qutgan guruhlarni, ayniqsa janubdagi guruhlarni yordamsiz tashlab magʻlubiyat koʻrinishida ortga chekinish bilan boʻldimi, buning farqi yoʻq. Bu koʻrinishlar boʻlmaganida edi jinoyatchining armiyasi Halab ustidan, qoʻzgʻolonning Suriya shimolidagi qalʼasi va Amerika boʻgʻziga sanchilgan tikan boʻlmish Halab ustidan bunchalik tez nazorat oʻrnata olmagan boʻlardi. Chunki harbiylarning bergan baholari Halabdagi qarshilik harakatining toʻliq bir yil mustahkam tura olishini koʻrsatib turgan edi. Osiyo Nьyus ham bu haqda 2016 yil 7 dekabrda quyidagilarni bildirdi: “Oppozitsiya sahifalari oʻz yetakchilari haqida sizib chiqqan maʼlumotlarni tarqatib, ulardagi narsani “qoʻzgʻolonga qarshi xiyonat” deb atadi. Chunki Halabdagi baʼzi qurolli otryadlarning qoʻmondonlari taslim boʻlish va shaharni chorshanba tongidan boshlab butunlay boʻshatib qoʻyish uchun Vashington bilan soʻzlashuvlar olib borishgani haqidagi xabar tasdiqlandi. Buni ular oʻzlarining sahifalarida “Bu Rus-Amerika kelishuvi yetakchilarni Halabni Suriya hukumati va Eronga topshirishga majbur qildi” deb aytishdi”.

Beshinchi: harbiy harakatlar sohasida va Halabga quturib qilingan hujum bilan bir vaqtda Turkiya Bob shahrida Davlat tashkilotiga qarshi yana bir hujum kampaniyasini boshladi. Bu hujum kampaniyasi Halabni taslim qilishga erishish uchun Erdogan sochgan yana bir zahardir. Chunki u bu bilan Halabga qarshi quturib hujum qilinayotgan bir paytda jangchilarni Halabdan tezroq olib chiqish zarurligiga bir bahona topgan boʻladi. Chunki Erdogan oʻzining bu jangchilarga Bob shahrida muhtoj boʻlib qolganini daʼvo qiladi. Chunki Halabdagi musulmonlarni himoya va mudofaa qilish turk prezidenti Erdogan nazdida hech narsaga arzimaydi. Aksincha u zoʻr berib Amerika loyihalarini amalga oshirishga harakat qiladi. Bunda u buning dunyo va oxiratdagi oqibatlariga parvo qilmaydi… Turkiyaning oʻziga malay guruhlarni yordamsiz tashlab qoʻyishni avj oldirishining va ularni Bobdagi “Furot Qalqoni” jangiga qoʻshilishga majbur qilish uchun ularga qattiq bosim oʻtkazishning Halab frontini zaiflashtirishda taʼsiri boʻldi. Yordamsiz tashlab qoʻyish 2016 yil 8 dekabrda shahar janubidagi Shayx Said rayonini mudofaa qilayotgan jangchilarga nisbatan choʻqqisiga yetdi. Chunki bu rayonda rejim armiyasi va uning ittifoqchilari oldinga siljiy olmayotgan edi. Qoʻzgʻolonchilar oʻtgan ikki hafta mobaynida ularga qattiq qarshilik koʻrsatishgan edi… Lekin Turkiyaga malay baʼzi guruhlarning Bobda jang qilish bahonasi bilan chiqib ketishi bu frontni sarosima holatiga keltirdi va uni zaiflashtirdi. Buning oqibatida qoʻzgʻolonchilar nazorati ostida qolgan rayonlar doirasi torayib, faqat janubiy gʻarbdagi Salohiddin va tor maydondagi Sukkariyning baʼzi bir qismlarigina qoldi. Bu rayonlarda boshqa rayonlardan qochib kelgan katta sondagi tinch fuqarolar toʻplanib qoldi. Shu payt qoʻrquvga solishi oldingisidan qolishmaydigan yana bir zarba roʻy berdi. Chunki Turkiya qurolli jangarilarni va tinch fuqarolarni Halabdan koʻchirish uchun Rossiya bilan kelishuvga erishganini eʼlon qildi. “Suriya oppozitsiyasidagi baʼzi manbalarning taʼkidlashicha, oʻt ochishni toʻxtatish va Sharqiy Halabda qamalda qolgan rayonlarni tinch fuqarolardan va qurolli jangarilardan boʻshatish toʻgʻrisida Asad rejimi bilan kelishuvga erishildi. Uni amalga oshirish chorshanba ertalab boshlanadi. Frantsuz axborot agentligi Nuriddin Zangiy jamoatidagi bir masʼulning soʻzlarini keltirdi. Uning aytishicha bu kelishuvga Rossiya va Turkiya homiyligida erishildi. Uni tatbiq etish kelgusi soatlarda boshlanadi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli bugun oʻzining mamlakati Halabda oʻt ochishni toʻxtatishga, ayniqsa tinch fuqarolarning shaharni tark etishlariga keng yoʻl ochib berishga erishish uchun Rossiya bilan bogʻlanishlarini kuchaytirayotganini bildirdi…”. (Axborul An, 2016 yil 13 dekabr). Bu zarba beruvchi manzaraning jirkanch dahshatlaridan biri boshlanishdayoq buni gʻoyatda tez, ertalab soat besh bilan soat yetti oʻrtasida amalga oshirilishini eʼlon qilish boʻldi. Bundan maqsad magʻlubiyat hissini gangitib qoʻyadigan tarzda va boshqa har qanday variant haqida fikrlashga yoʻl qoʻymaydigan tarzda hukmron qilib qoʻyish edi… Bularning barchasini Turkiya “tinch fuqarolarni qutqazish zarurligi” degan bahona bilan niqobladi!

Oltinchi: Turkiyaga malay guruhlar biron musulmon qabul qilmaydigan qoʻrqoqlarcha Halabni tashlab chiqa boshladi. Rossiya bu haqda jar solib maqtandi “Rus bosh shtabi kengashi 16 dekabr juma kuni Sharqiy Halabda moʻʼtadil oppozitsiyani terrorchilardan ajratish amaliyoti toʻliq nihoyasiga yetganini eʼlon qildi”. Juma kunidan bir oz oldin Suriyada sulh rus koordinatsion markazi “Xmeymim markazi” “qurolli jangarilarni va ularning oilalarini sharqiy Halabdan koʻchirish amaliyotlari nihoyasiga yetdi. Rus mudofaa vaziri Suriya armiyasi ekstremistlarning Sharqiy Halabdagi oʻchogʻini yer bilan yakson qildi, dedi”, deb bildirgan edi. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 16 dekabr). Mana shu yerda Turkiyaning Suriya qoʻzgʻoloniga qarshi qanchalik til biriktirganligi ayon boʻla boshladi. Chunki Turkiyaga malay guruhlar olib chiqib ketildi. Ular oʻz ortida Halab ahlini hamda katta sondagi xolis jangchilarni yordamsiz qoldirishdi. Ularni Rossiya, Eron va rejim – oldinroq turk tashqi ishlar vaziri hamda Xmeymimdagi rus markazi “terrorchilar” deb ataganidek – “terorchilar” degan bahona bilan birma-bir qirib tashlashi uchun ularni yordamsiz qoldirishdi… Ruslar jangchilardan bir guruhini – ularni asir olish yoki yoʻq qilish uchun – burchakka qisib qoʻyish haqida, ana shu burchakda ular bilan birga toʻplanib qolgan tinch fuqarolarning katta sonda ekanligiga hech parvo qilmasligi haqida ochiqdan-ochiq jar solayotgan bir paytda Turkiya evakuatsiya qilish amaliyotlari – ularning toʻxtab qolganiga qaramay – davom etayotganini eʼlon qilmoqda. Bunga sabab Turkiyaning oʻziga malay guruhlar oldida gʻoyatda noqulay vaziyatda boʻlib qolganidir. Bu guruhlarni Halabdan shoshilinch olib chiqib ketilgan edi. Bu guruhlar chiqib ketishga hammani butunlay koʻchirish amaliyoti doirasida rozilik bergan edi. Hozir esa bu guruhlar oʻzlarini Turkiya (Erdogan) tuzoqqa tushirganini bilib qolishdi. Erdogan moʻʼtadil oppozitsiyani “terrorchilar”dan ajratish deb atalayotgan narsa boʻyicha Amerika va Rossiya intilib kelayotgan narsani amalga oshirish uchun bu guruhlarni tuzoqqa tushirdi… Shunday qilib Halabda sunʼiy ravishda yangi voqelik paydo qilindi. Bu voqelikda xolis qoʻzgʻolonchilarni nishonga olish oson boʻladi. Shuning uchun ham Amerika va Rossiya hamda Erdogan Amerika rejasining muvaffaqiyatli amalga oshgani bilan maqtandi. Shundan keyin hodisalar sahnasi uzoq joyga, Qozogʻiston poytaxti Ostonaga koʻchganligi eʼlon qilindi!

Yettinchi: Amerika esa – garchi u Obama maʼmuriyati uchun qolgan muddat torligi taqozo qiladigan gʻaraz sababli va Amerikaga juda sodiqligini isbotlagan turk rejimidek oʻyinchi borligidan xotirjam boʻlganligi sababli parda ortida berkinib turgan boʻlsa ham lekin – hech qachon hodisalar maydonidan uzoq boʻlmadi. Shuning uchun Amerika oʻzining koʻp xursandligini bildirish uchun boshini chiqardi:

Turk prezidenti Toyyib Erdogan Suriya va Iroqdagi vaziyatni payshanba kuni Amerika prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali muhokama qilganini aytdi. Erdogan “Turkiya tinch fuqarolarni Halabdan koʻchirishni nazorat qilishni davom ettiraveradi” dedi. (Reyter, 2016 yil 15 dekabr).

Prezident Obama prezident Erdoganga uning mamlakati Halabda oppozitsiyani va tinch fuqarolarni tinch koʻchirish imkonini yaratish uchun oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida vositachilik qilishda katta kuch-gʻayrat sarflagani uchun tashakkur bildirdi. (Amerika tashqi ishlar vazirligining tvitterdagi sayti, 2016 yil 16 dekabr).

Amerika tashqi ishlar vaziri 2016 yil 15 dekabrda chiqib Halabdan fuqarolarni koʻchirish amaliyoti haqida bayonot berdi. Bu bayonotda Amerikaning bu natijadan qanchalik roziligi ochiq koʻrinib turibdi. Chunki bu natija Amerika uchun oʻzi qon bilan amalga oshirgan “tanaffus” davrida yoki undan oldingi yillarda bir katta orzu boʻlib kelgan edi. Bu rozilikni Kerrining ushbu soʻzlari ham koʻrsatib turibdi: “Halab boʻyicha hozir va oldinga siljish davom etishidan oldin biz istayotgan narsa qarama-qarshilik amaliyotlarini darhol va doimiy toʻxtatishdir. Muzokaralar bu urushga barham berishning yagona yoʻlidir. Oppozitsiya ham muzokaralarni qayta boshlashga ragʻbat koʻrsata boshladi…”. (Amerika tashqi ishlar vazirligining tvitterdagi sayti, 2016 yil 16 dekabr).

“Qabas” yuqori darajadagi rasmiy manbalardan bilishicha – bu manbalar oʻtgan shanba kuni Parijda Halab va butun Suriyadagi vaziyat xususida tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtgan yigʻinning bir qismida hozir boʻlgan edi – Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri yigʻin chogʻida aytgan narsa “Suriya siyosiy va qurolli oppozitsiyasidan Rossiya, Eron va Bashar Asadga butunlay taslim boʻlishni talab qilish darajasiga aniq yetdi”. Manbaning “Qabas”ga bergan maxsus intervьyusida yana aytishicha, Kerri yigʻinda barcha jangchilarni Halabdan chiqarishni va Suriya oppozitsiyasini Jenevadagi muzokaralar stoliga hech qanday shart qoʻymasdan borishga majbur qilishni talab qildi… Manbaning qoʻshimcha qilishicha, yigʻin ishtirokchilari Asad va uning ittifoqchilariga bosim oʻtkazish uchun tayanish mumkin boʻlgan variantlar haqida soʻrashgan paytda qaysidir darajada shokka tushib qolishdi. Chunki Kerri aylantirib oʻtirmasdan “Mening prezidentim – yaʼni prezident Obama – bu urushga faqat IShIDga qarshi jang qilish uchungina borishga qaror qilgan…” deb javob berdi. (Qabas gazetasi sayti, 2016 yil 13 dekabr).

Sakkizinchi: mana shu qonli sahnadir, anavilar esa uning yugurdak qurollaridir. Mana bular esa Turkiya prezidenti Erdogan Suriyadagi musulmonlar qonini arzon sanab va Amerikani oʻzidan rozi qilish uchun qilgan xiyonatlardir. Halabda oqizilgan qon daryolari, soʻyib tashlashlar va qirgʻinlar… Halab shahri jasadiga sochilgan bu zaharlarning barchasi guruhlar qoʻmondonlari Turkiya, Saudiya va boshqa davlatlardan olgan iflos pullar sababli boʻldi. Mana shu iflos pul uchun ularning boʻyinlari egildi va azmu qarorlari soʻndi. Vaholanki ular xalq va qonni sotmasliklarini daʼvo qilib kelishgan edi. Mana bugun ular Turkiya va Saudiyadagi qul bozorlarida tentirab yurishibdi. Sotish bitimining birinchi qismi toʻliq nihoyasiga yetib uning vayron qiluvchi natijalari koʻrinib qolganidan ular mana shu ahvolga tushishdi. Bundan ibrat-saboq oluvchi bormi? Siyosiy pulni qabul qilish oʻz joniga qasd qilishning aynan oʻzi ekanligini tushunib yetgan kishilar bormi?!

Amerikaning “tanaffusi” nihoyasiga yetganidan keyin Halab sahnasining qolgan-qutgan koʻrinishlariga kelsak, ular xorlik va sharmandalikda oldingilaridan aslo qolishmaydi. Shuning uchun bir ozgina boʻlsa ham hayo-uyat hissi saqlanib qolgan kimsadan talab qilinadigan ish bu koʻrinishlarni Qozogʻiston poytaxti Ostonada fosh qilib uloqtirib tashlashdir. Chunki Rossiyaning BMTdagi vakili Churkin “Halab ozod qilinganidan keyin eng birlamchi vazifa jang harakatlarini butunlay toʻxtatish va Suriyadagi taraflar oʻrtasida muzokaralarni qayta boshlashdir” dedi. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 16 dekabr). Rusiyal Yavm kanaliga koʻra Putin bundan oldin 2016 yil 15 dekabrda Suriya rejimi va qurolli guruhlar vakillariga muzokaralarni birgalikda taklif qilishni Erdogan bilan kelishib olganini bildirgan edi. Turk Press ham 2016 yil 16 dekabrda quyidagilarni bildirdi: “Rus prezidenti Vladimir Putin turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan Qozogʻiston poytaxti Ostonada uchrashishini aytdi. Uchrashuvda Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni mustahkamlash yoʻllari muhokama qilinmoqchi. Putin Yaponiyaga ketishdan oldin bergan intervьyusida Suriya boʻyicha BMT vositachiligida oʻtgan Jeneva muzokaralaridagi kelishuvlar tatbiq qilinishini aytdi. Rus prezidenti kelgusidagi qadam butun Suriya boʻylab oʻt ochishni toʻxtatish boʻlishini koʻrsatib oʻtdi. Putin Suriyadagi nizolashayotgan taraflarga yangi muzokaralarni boshlashni taklif qilish toʻgʻrisida turk prezidenti bilan kelishib olganini va Halab shahrida oʻt ochishni toʻxtatishga toʻliq erishish hamda qamaldagilarni evakuatsiya qilish amaliyotini osonlashtirish uchun oʻzining turk hamkasbi bilan birgalikda tinimsiz kuch sarflashini ham koʻrsatib oʻtdi”.

Bu yoʻl taslim boʻlish va Asad rejimini – uning yirtigʻini “yamab” – mustahkamlash yoʻlidir. Turkiya (Erdogan) qurolli oppozitsiya guruhlarini Amerika rejasi doirasida shu yoʻl sari yetaklamoqda. Shuning uchun agar ixlos bu guruhlar qoʻmondonlari qalbidan batamom yoʻq boʻlib soʻngan boʻlsa ular Suriyani va oʻzlarini arzimas toʻlov evaziga dor sirtmogʻiga qoʻyib berish uchun Qozogʻiston poytaxti Ostonaga borishadi. Ammo agar ularda bir ozgina ixlos saqlanib qolgan boʻlsa u holda ular darhol Erdogan “kemasi”dan sakrab tushib qolib sidqidildan xalq bilan bir tan, bir jon boʻlishlari lozim. Aks holda xalq ularni danakdek tuflab uloqtirib tashlaydi. Bu tuflab tashlash boshlandi ham… Endi ana shu guruhlardagi xolis kishilar haqida aytadigan boʻlsak ular oʻz yetakchilarini toʻgʻri yoʻlga qaytarishlari yoki ularni oʻzgartirishlari lozim. Chunki qanday qilib Ummat qoʻzgʻolonini qaysidir guruhlar qoʻmondonlari mana shu tarzda Alloh, Rosuli va moʻminlardan hech uyalmay bir necha million dollar evaziga oʻzlarining dushmanlari Rossiya va Amerikaga sotib yuborishlari mumkin axir?! Suriya ahli haqida aytadigan boʻlsak, Alloh Oʻz dini markazi joylashgan, musulmonlarning eng yaxshi manzillari boʻlmish bu joyda pokni nopokdan ajratish uchun ularga mana shu sinovlarni taqdir qildi.

لِيَمِيزَ اللَّهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَى بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ أُولَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ

“Alloh nopokni pokdan (kofirni moʻmindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun (toʻplanurlar). Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir” [Anfol 37]

Toʻqqizinchi: soʻzimiz oxirida Erdoganga va Alloh Subhanahu va Rosuli Aning dushmanlarini rozi qilish uchun Halabga qarshi til biriktirgan, uni taslim qilib topshirishga va jangchilarni yordamsiz tashlab qoʻyishga hissa qoʻshgan har bir kimsaga Rosululloh Aning ushbu hadisini eslatamiz. Bu hadisni Ibn Hibbon oʻzining sahihida Qosimdan, u ummul moʻminin Oisha Idan rivoyat qildi: Rosululloh A shunday dedilar:

“مَنْ أَرْضَى اللهَ بِسَخَطِ النَّاسِ كَفَاهُ اللهُ، وَمَنْ أَسْخَطَ اللهَ بِرِضَا النَّاسِ وَكَلَهُ اللهُ إِلَى النَّاسِ”

“Kimki odamlarni gʻazablantirib Allohni rozi qilsa Alloh unga (yordam berish va himoya qilish toʻgʻrisida) kifoya qiladi, kimki odamlarni rozi qilib Allohni gʻazablantirsa Alloh uni odamlarga topshirib qoʻyadi”.

Mana u (yaʼni Erdogan) oʻzi haqida odamlar qanday gʻazab bilan gapirayotganlarini koʻrib, eshitib turibdi. Hatto uning doʻsti Putin ham uni niqoblab oʻtirmadi, aksincha uni matbuot konferentsiyasida barchaning koʻz oʻngida sharmanda qildi! Javobning boshida oʻzimiz aytib oʻtgan quyidagi narsalarni qaytarishning zarari yoʻq:

“Rus prezidenti Vladimir Putin Halab sharqidan qurolli jangarilarni evakuatsiya qilish amaliyoti turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan avgust oyida Peterburgga kelgan paytda erishilgan kelishuv boʻyicha amalga oshganini maʼlum qilib bir siyosiy “bomba”ni portlatdi… Rus prezidenti bugun juma kuni Tokioda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida Moskva Turkiyaning ana shu qurolli jangarilarni olib chiqib ketishda ishtirok qilishi xususida Anqara bilan kelishib olganini, qurolli jangarilar eng avvalo tinch fuqarolarni himoya qilish uchun qurol-aslahalarni tashlashga rozi boʻlishganini aytdi. Putin qoʻshimcha qilib bunday dedi: “Mening nuqtai nazarim boʻyicha hukm chiqaradigan boʻlsak yuz berayotgan bu hodisa aniq qilib aytganda biz turk prezidenti bilan uning Peterburgga safari chogʻida kelishib olgan narsadir”…”. (Elaf, 2016 yil 16 dekabr, Sputnik Nьyus, 2016 yil 16 dekabr). Bundan tashqari Alloh Islom Ummatiga qarshi jinoyat qilgan yoki Islom zaminini zoye qilishga hissa qoʻshgan har bir kimsaga tayyorlab qoʻygan alamli azob ham bor.

سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir” [Anʼom 124]

Anavi yovuzlarga kelsak, ularga oʻzimiz oldin aytgan soʻzlarni yana qaytarib aytaman: “Bularning barchasiga qaramay Halab qanchalik vayron qilinmasin oyoqqa yana albatta turadi va butun Shom zamini, xususan Halab Amerika, Rossiya, tobelar va toʻdalar boʻgʻziga sanchilgan zaharli xanjar boʻlib qolaveradi, bu dushmanlarning tinchini buzaveradi, ularning jinoyatlari bilan ularning oʻzini oʻldiraveradi, bu dushmanlar oʻzlari daʼvo qilishayotgan “gʻalaba” bilan aslo quvonisholmaydi. Chunki ular shaharga faqat uni vayron qilishganidan keyingina kira olishdi. Shuning uchun u yolgʻon gʻalabadir… Bu dushmanlar biron jangchini yenga olishmadi, unga faqat shahid boʻlganidan keyingina yeta olishdi. Bu esa magʻlubning gʻalabasidir… Bu dushmanlar yuzlab kishilar yoki bir necha ming kishiga qarshi vayron qiluvchi raketalarni, portlovchi bochkalarni va muntazam armiyalarni toʻplashdi. Shunga qaramay bu oʻgʻlonlarga yuzma-yuz kela olishmadi, faqat havodan bombalarni tashlashdi va harbiy kemalardan raketalarni otishdi, xolos. Demak bu erkaklarning erkaklariga qarshi turishdan qoʻrqib oʻtakasi yorilgan qoʻrqoqlarning “gʻalabasi”dir. Bunday “gʻalaba” esa albatta zavolga mahkumdir…

Amerika, Rossiya, ularning ittifoqchilari, toʻdalari va tobelari oʻzlarining vahshiyona jinoyatlari bilan oʻtmishdagi “birodar”lari salibchilar va moʻgʻul-tatarlarning Iroq va Shom oʻlkasida qilgan jinoyatlarini takrorlamoqchi boʻlishyapti. Lekin bu dushmanlar ana shu bosqinchilar qismatidan ibrat olishmadi. Chunki ana shu bosqinchilarni musulmonlar oʻz yurtlaridan sugʻurib, uloqtirib tashlab yana oyoqqa turganlar. Islom va musulmonlar azizligi qayta tiklangan, ularning Xalifaligi kuchaygan. Natijada musulmonlar Irakli shahrini fath qildilar va u Islom shahariga (hozirgi Istanbul)ga aylandi. Musulmonlar Moskvaga yaqin bordilar va Vena darvozalarini qoqdilar. Zero kunlar almashib turadi. Ertangi kun esa uni kutayotgan uchun yaqindir.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ

“Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar” [Shuaro 227]”

19 robiul-avval 1438h

18 dekabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.