Muborak qurbon hayiti tabrigi

917
0

Muborak qurbon hayiti tabrigi

Biz Hizb ut-Tahrir-Sudan viloyati a’zolari yuksak mamnuniyat ila, butun Islom Ummatini muborak qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Aliy Hakim Alloh Subhanahu va Taolodan toat-ibodatlarni va solih amallarni qabul aylashini so’raymiz. U Zot kelasi yilgi qurbon hayitini Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida, Rosululloh Aning la ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh Uqob-bayrog’i ostida kutib olishimizga bizni nasib qilsin.

Ha, hayit xursandchilik va surur baxsh etadi. Biroq bugun uning ta’mi anavi tog’utlar va zararkunanda hukmdorlar kasofati tufayli og’izlarimizni achishtiruvchi taxir ta’mga, yuraklarimizni o’rtovchi g’am-anduhga aylandi. Bugun hayit kirib kelayotgan bir paytda, Shomda, xususan Suriyada birodarlarimiz zamona iblisi Bashar Asadning ho’lu quruqni ayamay yoqayotgan portlovchi bochkalari olovi ostida yashamoqdalar. Qo’shni davlatlardan boshpana so’rashlari ham xorlikdan o’zga narsa keltirmadi. Natijada ular Yevropaga ko’z tikib, xatarli dengiz safarini tanlamoqdalar va olovdan qochib o’limga tutilmoqdalar… Liviya, Yaman, Iroq kabi boshqa islomiy yurtlarimizdagi ahvolni ham yaxshi deb bo’lmaydi.

Ammo Sudanga kelsak Darfurda, Kordofanda va bulardan boshqa qaynoq nuqtalarda birodarlarimiz hanuz o’ldirilmoqda. Siyosatchilar va hukmdorlar soxta mustaqillikdan yarim asrdan ko’proq vaqt o’tganidan keyin aslida islomiy yurt bo’lgan va parchalangan yurtning o’zligini soxta dialog orqali izlashmoqda. Buni Islomga va musulmonlarga dushman bo’lgan G’arbni rozi qilish maqsadida qilishmoqda. Shuningdek ular, Alloh Subhanahu va Taolo boshqaruv olamlar parvardigori hukmlari bilan bo’lishi vojibligini belgilaganidan keyin ham qanday va nima bilan hukm qilish to’g’risida bahslashishmoqda.

Alloh Taolo bunday dedi:

 «Yo’q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to’la taslim bo’lmagunlaricha-bo’ysunmagunlaricha zinhor mo’min bo’lolmaydilar» [Niso 65]

Alloh Taolo yana bunday dedi:

«Dinsizlik hukmron bo’lishini istaydilarmi, imonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qiluvchi kim bor?!» [Moida 50]

Biz Alloh Subhanahuga duo qilib, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun er yuzining mag’ribiyu mashriqida faoliyat olib borayotgan zotlarga nusrat ato etishini so’raymiz.

Yurtu fuqaro kofirlar va ularning islomiy yurtlardagi malaylari tug’yonidan xalos bo’lishi, Ummat qayta kuchga to’lib, butun ummatlar etakchisiga aylanishi va butun dunyoga kapitalizm zulmi, adolatsizligi to’lib toshishi ortidan, qayta ezgulik va adolat ulashishi uchun biz Ummatni, xususan, qudrat va yordam ahlini haq da’vatni qo’llab-quvvatlashga, Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga da’vat qilamiz.

Hayitingiz muborak bo’lsin!

Eslatma: Insha Alloh, hayit bilan Hizbning matbuot bo’limini tabriklash muborak qurbon hayitining uchinchi kuni, ya’ni shanba kuni peshindan oldin soat o’n ikkida Sharqiy Xartumda bo’lib o’tadi.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil) Hizbut Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Telefon: 0912377707 – 0912240143

Elektron pochta: spokman_sd@dbzmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.