NATOni kuchaytirish uchun 150 mln dollar ajratiladi

403
0

AQSh kongressining vakillar palatasi 2016 moliyaviy yilda NATO uchun qo’shimcha mablag’ ajratish to’g’risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Qonun loyihasiga ko’ra prezident tomonidan 2015 moliyaviy yilda so’ralgan summadan ko’proq 150 mln dollar ajratilishi ko’zda tutilmoqda. Unda ushbu mablag’lar harbiy qismlarni tayyorlash va tinchlikni qo’llab quvvatlashdagi infrastruktura ob’ektlarini qurishga yo’naltiriladi.

Hujjat mualliflari uning Rossiya tomonidan xavfga qarshi, shuningdek Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan bo’ladigan xatarlarga qarshi kurashish uchun yo’naltirilishini ta’kidlagan.

Turkiston:

Rossiya tomonidan Qrimni anneksiya qilinishi ortidan AQSh bir tomondan NATOga a’zo Yevropa davlatlarini rus bosqinidan himoya qilish va ularni qo’llab-quvvatlash bahonasi bilan imkon qadar Rossiyaning tumshug’i ostiga kelib olishga harakat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan NATOning Sharqqa tomon kengaytirishga intilmoqda. 2014 yilning 16 may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o’zaro hamkorlik bo’yicha NATO byurosi rasman ochildi. Bundan tashqari NATO kuchlari Qozog’iston harbiylari bilan qo’shma harbiy mashg’ulotlarni boshlab yubordi. BUnday harbiy mashg’ulotlarning birinchi bosqichi 3 aprel, juma kuni”«Cho’l burguti — 2015” nomi ostida o’tkazilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichi iyun oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu ishlar esa o’z navbatida Rossiya uchun istalmagan holat bo’lib, prezident Putin NATOning o’z ta’sir maydonini Sharqqa tomon kengaytirmasligi haqidagi avval bergan va’dalarini bajarmayotganlikda ayblagan va “Biz NATO infratuzilmasini borgan sari Rossiya chegaralariga yaqinlashayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. Bunda Rossiyaning manfaatlari hisobga olinmayapti”, – degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.